Mavzu: jahon siyosiy xaritasi reja: kirish I. Bob. Jahon siyosiy xaritasi va uning shakllanishi
-rasm Jahonning hozirgi siyosiy xaritasi
Download 1.3 Mb.
|
ASADBEK 11
1.1.1-rasm Jahonning hozirgi siyosiy xaritasi.
Yuqoridagi xaritaga qaraydigan bo`lsak, bu xaritada 250 ga yaqin davlatlar joylashgan,bu xarita ushbu holga kelguncha juda ko`p miqdor va sifat o`zg`arishlariga dush kelgan, va bugungi ko`rinishiga yetib kelgan hozirgi kunda ham jahon siyosiy xaritasida miqdor va sifat o`zgarishlari bo`lib turibdi. Siyosiy kartasining ahamiyati g’oyat katta bo’lib, u mamlakatlarning xalqaro o’rnini, dunyoda egallagan mavqeini, ichki siyosiy-ma’muriy strukturasi xususiyatlarini o’zida yaqqol aks ettiradi. Mamlakatlar va halqlarning butun xayoti ularning davlat (siyosiy) chegaralari belgilangan o’z xududlarida o’tadi. Ularning aynan shu yo’nalishda o’rganish iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy geografiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bir tomondan, dunyo va regional muammolar ayrim mamlakatlarning muammolaridan o’sib chiqadi va shakllanadi, boshqa tomondan esa, ularning rivojlanishi boshqa ko’plab mamlakatlarga bevosita katta ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda halqaro hayotda siyosiy, iqtisodiy (shu jumladan, sanoat, transport va boshqa sohalardagi xo’jalik qurilishlari), ekologik muammolarini bir nechta davlatlarning birgalikdagi sa’y- harakatlari, umumiy mablag’lar hisobiga hal etish yo’llari tobora ko’payib bormoqda. Bunday muammolar yechimi davlat xududlari suverenitetining tugaganligini aslo ko’rsatmaydi. Mustaqil davlatlarning tashkil topishi shakllanishi, rivojlanishi shuningdek, ularning barbod bo’lishi yoki suverenitetining tugatilishi o’zgarishi yoki tubdan o’zgarilishi va boshqalari g’oyat murakkab tarixiy jarayonlar bo’lib, ko’plab ichki va tashqi amallar-siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, etnik, diniy va boshqalar bilan belgilanadi. Bunda ko’pincha mamlakatlar va halqlar hayotining murakkab muammolari ko’p yillar, ba’zan asrlar davomida yechilmay qoladi.[2] Dunyo siyosiy kartasi g’oyat o’zgaruvchan xususiyatga ega. U quyidagi asosiy siyosiy-geografik o’zgarishlarni aks ettiradi: muayyan davlatning boshqa davlat bilan qo’shilishi (birlashishi, bir davlatning boshqa davlat tarkibiga kirishi va .b); davlatchilikning (siyosiy suverenitetining) yo’qotilishi, davlatlar (mamlakatlar) maydonining hududlar va akvatoriyalar, ular chegaralarining o’zgarishi; poytaxtning almashishi (o’zgarishi); davlat, mamlakat va poytaxt nomlarining o’zgarishi; davlat boshqaruvi shaklining o’zgarishi, boshqalar bu elementlarning barchasi siyosiy-geografik kartaning asosiy mazmunini belgilab beradi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling