Mavzu: jahon xalqlari pedagogik manbalari. Pedagogik metodlar va ularning klassifikatsiyasi


Download 40.03 Kb.
bet4/9
Sana11.05.2023
Hajmi40.03 Kb.
#1454570
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
JAHON XALQLARI PEDAGOGIK MANBALARI. PEDAGOGIK METODLAR VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI

Sinf-dars tizimi. Komenskiy o’qituvchi butun sinf bilan jamoa bo’lib ish olib borishini, ya’ni o’qitishni olib borishni tavsiya etdi. Dars vaqtida utgan darsni qaytarish, yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa berish kerakligini ko’rsatadi. Darsni rejalashtirish va olib borish to’g’risida ko’rsatmalar berdi.
Axloqiy tarbiya. Intizom. U qo’yidagilarni axloqiy tarbiya vositalari deb biladi a) ota-ona, o’qituvchi, o’rtoqlarning namunasi, B) bolalarga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ular bilan suhbat o’tkazish, V) bolalarni yaxshi xulqqa o’rgatishda mashqlar o’tkazish, yalqovlik, o’ylamay ish qilishga, intizomsizlikka qarshi kurashish.
Komenskiy intizomning katta ahamiyati borligini ko’rsatib «Intizomsiz maktab suvsiz tegirmondir» degan chex maqolini keltiradi. O’rta asr maktablarida kaltak vositasi bilan o’rnatiladigan intizomga u qarshi chiqadi. Kaltak, xipchin-qullik qurolidir, deydi. Bolalarga insoniy muomalada b6lishini aytdi. Intizom a) xayrixohligi, b) o’qituvchining bolaga bo’lgan to’g’ri munosabati, v) bolani ko’pchilik oldida o’rtoqlari ichida oqilona maqtash yoki qoralash intizomlilikka olib keladi.
O’qituvchining roli va unga quyiladigan talablar. Komenskiy o’z davridagi iste’dodsiz, ma’lumotsiz o’qituvchilarni qattiq tanqid etdi. O’qituvchilikni «yer yuzidagi har qanday kasbdan kura yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» deb hisobladi.
Shunday qilib, ajoyib slavyan pedagogi Komenskiy butun dunyoda pedagogika ilmiga asos solib maktab taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi. Uni ko’p G’arbiy mamlakatlari maktab ishimni yaxshilash maqsadida taklif etdilar. Uning darsliklari ko’p tillarga, jumladan rus tiliga tarjima etildi. 300 yildan ortiq davomida uning yozgan asarlari boshlang’ich ta’lim uchun darslik sifatida xizmat qildi. Komenskiyning ko’rsatmalari hozirgacha ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
Iogann Genrix Pestalosiy Shveysariyada vrach oilasida tug’ildi. Pestallossining otasi u kichikligida o’lgan edi, shuning uchun ham uni onasi hamda oddiy ayol- ularning sobiq xizmatchisi tarbiyalab o’stirdi.
Pestalosiy avval boshlang’ich maktabda, so’ngra lotin maktabida o’qib ilm oldi. Pestalosiy o’rta maktabni tamomlagach, ko’proq gumanitar fanlar o’qitiladigan oliy o’quv yurtiga - kollegiumga, uning filologiya va falsafa bo’limlariga kirib o’qidi. Pestalosiy kollegiumni tamomlamay turib, xalqning ahvolini yaxshilash to’g’risida o’zining azaldan orzu qilib kelgan niyatini amalga oshirishga qaror qildi.
Keyingi sakkiz yil davomida Pestalosiy o’sha davrning eng muhim masalasini dehqon ho’jaliklarini qanday qilib tiklash, ularning turmushini qanday qilib yaxshilash, mehnatkashlarning axloqiy va aqliy holatini qanday qilib yaxshilash masalasini hal qilishga jamoatchilik e’tiborini tortishga intilib adabiy faoliyat bilan shug’ullandi. U «Lingard va Gertruda» degan ijtimoiy-pedagogik roman yozib, bu romanda xo’jalikni oqilona usulda olib borish va bolalarni to’g’ri tarbiyalash vositasi bilan dehqonlarning turmushini yaxshilash to’g’risidagi o’z g’oyalarini olga surdi.
O’rta internat ochilib unda o’qituvchilar tayyorlaydigan alohida bo’lim ham tashkil etildi, bu maktabga Pestalosiy boshliq qilib tayinlandi. XIX asrning boshlaridayoq Pestalosiyning «Gertruda o’z bolalarini qanday qilib o’qitadi», «Onalar kitobi yoki onalar uchun o’z bolalariga kuzatish va gapirishni qanday o’rgatish haqida qo’llanma», «Kuzatish alifbesi yoki o’lchash haqida ko’rsatmali qo’llanma», «Son to’g’risida ko’rsatmali ta’lim» degan kitoblari bosilib chiqdi, bu kitoblarda boshlang’ich ta’limning yangi usullari bayon qilindi.
Pestalosiyning ijtimoiy-pedagogik va falsafiy qarashlari. Pestalosiyning dunyoqarashi demokratik xarakterda bo’lsa ham, lekin tarixdan cheklangan edi. U o’z xalqini oyoqqa turg’izishni orzu qildi, lekin soddalik qilib mehnatkashlarni o’qitish va tarbiyalash yo’li bilan ularning turmushini o’zgartirish mumkin, deb ishondi. U o’z zamonidagi jamiyatda odamlarning ijtimoiy va huquqiy tengsizligini tushunmadi. U xalq boshiga tushgan kulfatlarining manbasi iqtisodiy sharoit emas, balki ma’rifatning yo’qligi deb bildi.
Pestalosiy hamma odamlar tarbiya va ilm olish huquqiga ega bo’lishi lozim, deb davo qilib maktablar jamiyatni ijtimoiy jihatdan o’zgartirishning muhim vositalaridan biri bo’lishi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, har bir kishining haqiqiy insoniy kuchlari harakatga kelib, mustahkamlangandagina eng muhim ijtimoiy masalalar hal qilinadi, tubdan ijtimoiy o’zgarishlar ro’y beradi. Bunga tarbiya yo’li bilangina erishish mumkin.
Pestalosiyning fikricha, mehnat odamni tarbiyalash va o’stirishining eng muhim vositasidir, mehnat odamning jismoniy kuchlarnigina emas, shu bilan birga aqlini ham o’stiradi. Shuningdek, unda axloq ham tarkib topadi. Mehnat bilan shug’ullanayotgan odamda mehnatning jamiyat hayotida juda katta ahamiyati bor degan ishonch tug’iladi, bunday ishonch esa odamlarni ahil va mustahkam ijtimoiy ittifoq qilib, bir-biriga bog’lovchi eng muhim kuchdir.
Tarbiyaning maqsadi va mohiyati. Pestalosiyning fikricha, tarbiyaning maqsadi odamning barcha tabiiyiy kuchlarini va qobiliyatlarini o’stirish, o’stirganda ham har tomonlama va bir-biriga uyg’un ravishda o’stirishdir. Tarbiyaning bolaga ko’rsatayotgan ta’siri uning tabiatiga uyg’un bo’lishi lozim.
Barcha insoniy kuchlar va har bir bolaga xos bo’lgan tug’ma kuch va qobiliyatlar kurtaklarini tabiiy tartibga muvofiq, odam kamolotining abadiy va o’zgarmas qonunlariga muvofiq holda muntazamlik bilan mashq qildirib, o’stirish kerak.
Elementar ta’lim nazariyasi. Pestalosiy pedagogika tizimining o’zagidir, bu nazariyaga kura tarbiyalash eng oddiy elementlardan boshlanib, asta-sekin tobora murakkabroq darajaga ko’tarilib borishi lozim.
Pestalosiyning elementar ta’lim nazariyasi jismoniy tarbiyani, mehnat tarbiyasini, axloqiy va estetik tarbiyani hamda aqliy tarbiya va o’qitishni o’z ichiga oladi. Tarbiyaning mana shu hamma jihatlarini Pestalosiy birabiriga bog’lab olib borishni taklif qildi, mana shunday tarbiyalash natijasidagina insonning hamma jihatlari bir-biriga uyg’un bo’lib kamol topishini ta’minlash mumkin, dedi.
Jismoniy va mehnat tarbiyasi. Pestalosiy bolaning barcha jismoniy kuchlari va imkoniyatlarini o’stirishi ularni jismoniy jihatdan tarbiyalashning maqsadi deb, bolaning harakatga, o’ynashga, bir joyda o’tirib qolmaslikka, hamma narsaga yopishishga, hamisha harakatda bo’lishga majbur qiluvchi tabiiy intilishini jismoniy tarbiyalashning asosi deb hisobladi.
Pestalosiy inson shaxsini kamolotga yetkazishda jismoniy tarbiyaga juda katta ahamiyat beradi va uni bolalarning o’sishiga kattalarning oqilona ta’sir ko’rsatishining birinchi turi deb hisobladi.
Axloqiy tarbiya. Pestalosiy tarbiyaning asosiy vazifasi - kelgusida ijtimoiy hayotda qatnashib foyda yetkaza oladigan va hamma jihatlari uyg’un bo’lib kamol topgan inson yetishtirishdir deb biladi. Bolani boshqalarga foyda keltiradigan ishlarda mashq qildirish yo’li bilan uning axloqi voyaga yetkaziladi. Pestalosiyning fikricha, bola organizmining kundalik ehtiyojlarini qondirish asosida bolada onaga nisbatan tugilayotgan mehr-muhabbat axloqiy tarbiyaning eng oddiy elementidir. Bolaning axloqi uchun oilada asos solinadi. Bolaning onaga bo’lgan muhabbati asta-sekin oilaning boshqa a’zolariga ham o’tadi.
Aqliy ta’lim. Pestalosiyning aqliy ta’lim to’g’risidagi ta’limoti boy va mazmunli ta’limotidir. Pestalosiy o’zining insonning hamma jihatlarining bir-biriga uyg’unlashib kamolga yetishi to’g’risidagi asosiy g’oyasiga tayanib, aqliy ta’limni axloqiy tarbiya bilan bog’lab olib borish kerakligini ko’rsatadi va tarbiyalovchi ta’lim olib borishini talab qiladi.
Har qanday ta’lim kuzatishga va tajribaga asoslanishi hamda xulosalar va umumiylashtirish darajasiga ko’tarilishi lozim, deydi Pestalosiy kuzatishlar natijasida bolada ko’rish, eshitish sezgilari va boshqa sezgilar hosil bo’ladi, bu sezgilar bolada fikrlash va so’zlash ehtiyojini tug’diradi, deydi.
Boshlang’ich ta’limning xususiy metodikalarini yaratish. U o’zining umumiy didaktik qoidalariga tayanib turib, boshlang’ich ta’limning xususiy metodikasi asosini yaratib berdi.
Pestalosiy ona tili o’qitishning asosiy vazifasi bolaning nutqini o’stirish va uning so’z boyligini orttirishdan iborat bo’lishi lozim, deb hisoblaydi. Pestalosiy savod o’rgatishda tovush metodini birinchi o’ringa quydi, bunday qilish harflarni qo’shib o’qitish metodi hukmronlik qilib turgan o’sha vaqt uchun g’oyat muhim edi.
Pestalosiy pedagogika nazariyasi va tajribasining ahamiyati.
Pestalosiy burjua-demokratik pedagogikasining kuzga ko’ringan nazariyachisi va amaliyotchisi bo’ldi. U kambag’allarning bolalarini tarbiyalash ichiga o’zining butun kuchini fidokorona sarfladi.
Pestalosiy odamning barcha tabiiy kuchlarini va qobiliyatlarini bir-biriga uyg’un qilib o’stirishdek vazifani tarbiyaning asosiy vazifasi deb bildi. U bolani jismoniy tarbiyalash, mehnatda tarbiyalash, axloqiy, aqliy tarbiyalash tug’risida bir qancha juda qimmatli fikrlarni aytib utdi.
Adolf Disterverg (1790-1866) Adolf Distervergning ijtimoiy-pedagogik faoliyati. U xalqqa ma’rifat berish ichiga o’zini bag’ishlashga qaror qildi va dastlab Mersa-Reynda, sungra esa Berlinda o’qituvchilik seminarlariga uzoq vaqt boshchilik qildi, ularni namunali seminarlarga aylantirishga muvaffaq bo’ldi. Disterverg seminarda pedagogika, matematika va nemis tilidan dars berdi, ayni vaqtda o’sha seminarlar huzuridagi boshlang’ich tajriba maktablarida ham o’qituvchilik qildi. Disterverg pedagogika sohasida samarali ish olib borish bilan bir vaqtda, adabiy ham metodik ishlarini ham zo’r muvaffaqiyat bilan bajarib turdi. U «Nemis o’qituvchilarini o’qitish uchun qo’llanma» degan kitobini nashr qildirdi (1835). Bu kitobda Disterverg ta’limning umumiy vazifalarini va prinsiplari to’g’risidagi o’zining progressiv qarashlarini bayon qilib berdi, shuningdek u matematika, nemis tili, geografiya, astronomiyaga doir yigirmadan ortiq darslik va qo’llanmalar nashr qildi, bu darsliklar va qo’llanmalar Germaniyadaa va boshqa ko’pgina mamlakatlarda katta shuhrat qozondi.
Disterverg tirik chog’idayoq asarlari Rossiyada mashhur bo’lgan eli. Chunonchi, 1861 yilda uning «Elementar geometriya» si rus tilida nashr etildi. Rossiyaning ilg’or pedagoglari bu kitobni boshlang’ich maktablarda geometriya o’qitish uchun eng yaxshi qo’llanma deb hisobladilar.
Disterverg 1827 yildan to umrining oxirigacha «Tarbiya va ta’lim uchun Reyn varaqalari» degan jurnal chiqarib turdi. U bu jurnalda pedagogikaning turli masalalariga doir turt yuzdan ortiq maqolasini bostirdi. Boshlang’ich maktablarining o’qituvchilarini tayyorlash ishini tubdan yaxshilash uchun kurashdi. U nemis xalq o’qituvchilarining birlashtirish uchun judda ko’p ish qildi.
Disterverg umrining oxirgi kunlariga qadar progressiv ijtimoiy pedagogika ishlari bilan shug’ullandi.
Tarbiyaning mohiyati, maqsadi va asosiy prinsiplari.
Disterverg umuminsoniy tarbiya g’oyasini himoya qilib chiqdi, shu g’oyaga tayanib turib, pedagogikaga oid masalalarni yuqori toifaviy va shovinistik manfaatlarni kuzlab hal qilishga qarshi kurashdi. Uning fikricha, maktabning vazifasi «chinakam prussiyaliklar» emas, balki insonparvar kishilar va ongli grajdanlar tarbiyalab yetishtirishdir. Odamlarda insoniyatga va o’z xalqiga bo’lgan muhabbat bir-biriga chambarchas bog’langan holda rivojlantirilishi lozim. Disterverg «inson - mening nomim, nemis mening laqabimdir» - deydi. Disterverg Pestalosiy singari tarbiyaning eng muhim prinsipini tabiatga uyg’un bo’lishidir, deb hisobladi.
Aqliy ta’lim. Disterverg ham Pestalosiy singari, ta’limning asosiy vazifasi bolalarning aqliy kuchlarini va qobiliyatlarini o’stirishdan iboratdir, deb hisoblaydi. Lekin u formal ta’lim moddiy ta’lim bilan chambarchas bog’langanligini ko’rsatib, Pestolossiga nisbatan olg’a tomon katta qadam quydi. Disterverg, umuman sof formal ta’lim bo’lmaydi, lekin o’quvchining o’zi mustaqil olgan bilimlari va malakalarigina qimmatga egadir, deb uqtirdi. U tabiat va matematika fanlariga ayniqsa yuksak baho berdi, bu fanlar bolaning aqliy o’sishi uchun muhim vosita ekanligini ko’rsatdi va hamma tipdagi umumiy ta’lim maktablarida bu fanlar o’qitilishi lozim deb hisobladi.
O’qituvchiga nisbatan qo’yiladigan talablar. Distervergning fikricha, o’qitish chog’ida bolalarning tashabbuskorligini o’stirish, ularni bilimlar bilan qurollantirish o’qituvchi rahbarlik rolini o’ynagandagina mumkin bo’ladigan ishdir. U ham Komenskiy singari o’qitish ishida puxta ishlangan o’quv rejasi va yaxshi darslikning bo’lishiga katta ahamiyat beradi. Distervergning Komenskiydan farqi shuki, u ta’limning muvaffaqiyatli bo’lish oqibati, darslik yoki metodga emas, balki o’qituvchiga bog’liq deb ta’kidlaydi .
Disterverg o’qituvchilarni amaliy pedagogik mahorat va malakalari bilan qurollantirishga katta ahamiyat berdi.
Rus pedagogikasining asoschisi K.D.Ushinskiy 1824 yilda Tula shahrida tug’ildi. U Novgorod - Severskdagi gimnaziyada o’rta ma’lumot olgach, 1840 yilda Moskva universitetining Adliya fakultetiga o’qishga kirdi. Universitetni tamomlagach 22 yoshda Yaroslavldagi adliya liseyida qomus, (ensiklopediya) qonunshunoslik, davlat huquqi va moliya fanlari kafedrasiga professor lavozimini bajaruvchi qilib tayinladi. Ushinskiyning xalqparvar harakati lisey rahbariyatiga yoqmadi, oqibatda uni liseydan ishdan bo’shatdilar, shu sababli u boshqa o’quv yurtlariga o’qituvchilik ishiga kira olmadi.
60-yillardagi ijtimoiy pedagogik Ushinskiyning pedagogik iste’dodini shakllanishiga yordam berdi. 1854-1859 yillari u do’stlari yordamida Gatchina yetimxonalar institutiga ishga kirdi avvaliga rus tilidan o’qituvchi, keyin esa sinflar inspektori bo’lib ishladi. U institutda o’quv rejasi va dasturlariga, ta’lim jarayoniga jiddiy o’zgarishlar kiritdi, metodik yo’llanma berdi.
Ushinskiy 1857 yildan e’tiboran «Jurnal dlya vospitaniya» sahifalarida o’z maqolalarini chop ettira boshladi. 1860 yilda u «xalq maorifi» jurnalining muharriri qilib tayinlandi.
1861 yilda o’zining birinchi asari - «Bolalar dunyosi» nomli o’qish kitobini nashr ettirdi. Bu kitob shu yilning o’zidayoq ikki marta nashr etildi. K.D.Ushinskiyning Smolniy asilzoda qizlar institutidagi faol pedagogik faoliyatini ayrim reaksion kayfiyatdagi amaldorlarning o’qituvchilarning noroziligini uyg’otdi va 1862 yili ishdan bo’shab, pedagogikadan darslik to’zish bahonasida chet elga ketadi.
Amerika Qo’shma Shtatlarida bolalar 6 yoshdan 17 yoshgacha 12 yil o’qiydilar. Ta’lim tizimi quyidagicha tashkil etilgan:
1. 3 yoshdan 5 yoshgacha maktabgacha tarbiya muassasalarida.
2. Boshlang’ich maktab. Bu bosqich 1—5-sinflarni o’z ichiga oladi.
3. To’liq bo’lmagan o’rta maktab. Bu bosqich 6—8-sinflardan iborat.
4. Yuqori maktab. Bu bosqich 9—11-sinflar bo’ladi. Mazkur YUqori maktab bilan Oliy ta’limni aralashtirmaslik kerak.
Amerika maktablarida 9-sinfgacha asosiy e’tibor matematikaga emas, balki tabiiy fanlarga qaratiladi, yuqorida tasdiqlangan yagona dasturlar bo’lmaydi. O’quvchilar uchun yagona, majburiy darsliklar, qo’llanmalar yo’q. Amerika maktablarida texnikaviy jihatdan yaxshi jihozlangan, sinflar kompyuterlashtirilgan. Har bir maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilarini tashiydigan maxsus avtobuslar, stadionlar, turli laboratoriyalar bor. Amerika maktablarining aksariyati davlat ixtiyorida bo’lib, davlat mablag’i bilan ta’minlanadi. Lekin shaxsiy maktablar ham anchagina. Katta shaharlarda yashovchi o’ziga to’q ota-onalar farzandlarini shaxsiy maktablarga berishga harakat qilishadi. Davlat maktablarida tekin, shaxsiy maktablar esa — pullik o’qitiladi. Vashington shahridagi shaxsiy maktabda bolani o’qitish uchun bir yilga taxminan o’n ming dollar to’lash kerak. Bunday maktablarda boy oila farzandlari ta’lim oladilar. SHaxsiy maktablarning har biri o’zi xos xususiyatlarga, maxsus dasturlarga, maxsus o’qituvchilarga ega. Bunday maktablarda sinfda o’qiydigan o’quvchilar soni kam bo’ldai. SHaxsiy maktablarda boshlang’ich sinflardan boshlab estetik tarbiyaga, san’atga alohida e’tibor beriladi.
Amerika davlat maktablarining yuqori sinflaridagi o’qish-o’qitish tizimi biznikidan tubdan farq qiladi. Yuqori sinflardagi har bir o’quvchiga alohida o’qituvchi-murabbiy biriktiriladi. U shu o’quvchining qobiliyati, qiziqishlarini sinchiklab o’rganib, faqat shu o’quvchiga mos alohida reja tuzadi, uning o’qishiga rahbarlik qiladi. U o’rganishi lozim bo’lgan majburiy fanlar ro’yxatini tuzib chiqadi. Masalan, 9-sinf o’quvchisi bir fandan, deylik, kimyodan kuchli bo’lsa-yu, chet tilidan oqsasa, bu o’quvchiga 9-sinfda o’ninchi sinf rejasi bo’yicha kimyoni o’rganishga ruxsat etiladi. U chet tilini 9-sinf hajmida yoki yengillashtirilgan reja bo’yicha o’rganishi mumkin. Kimyodan yoki matematika, biologiya, fizika va boshqa tabiiy fanlardan maktab rejasini muddatidan oldin tugatgan, barcha kontrol ishlarini topshirgan o’quvchiga maktabda o’qib yurgan vaqtidayoq shu fanlar bo’yicha o’zi kirmoqchi bo’lgan kollejning birinchi kursi imtihonlarini ham topshirishiga imkoniyat yaratiladi.
Amerikaning Yuqori maktablarida shunday o’qituvchilar borki, ular kollejlarning birinchi kurslarida o’qitiladigan ma’lum fanlardan dars berishlari hamda imtihon olishlari shart. Amerika maktablarida bitirish imtihonlari yo’q. Oliy o’quv yurtlariga kirish uchun bizdagidek kirish imtihonlari olinmaydi. Biroq har bir abituriyent oliy o’quv yurtiga kirish uchun matematika va ingliz tilidan sinov (test) topshiradi. Bunday testlar Amerikada har yili 3—4 marta o’tkaziladi. Sinov savollari kitob shaklida har yili chop etiladi. Ularda mingga yaqin mashqlar, masalalar va ularning yechimlari ko’rsatiladi. Sinflarda qanday savollar bo’lishi bizga o’xshab sir tutilmaydi, balki ochiq-oydin «matematika va ingliz tilidan bu yil mana shu savollarga javob berish lozim» deb ko’rsatiladi. O’quvchilar bu kitobni olib, kirish sinovlariga tayyorlanadi.
Amerikada talabalar matematika va ingliz tilidan kirish sinovlarini 10-12 sinflarda o’qib yurgan vaqtlarida, o’zlariga qulay paytda topshira oladilar.
Amerika oliy o’quv yurtlariga kirish uchun belgilangan sinov (test)lar ikki xil bo’ladi:

Download 40.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling