Mavzu: jahonning global iqtisodiy muammolari
Iqtisodiy muammo nima va uning turlari
Download 54.23 Kb.
|
Mavzu jahonning global iqtisodiy muammolari
1.Iqtisodiy muammo nima va uning turlari
Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyot va uning vazifalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko‘p qirrali va g‘oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko‘payib, rivojlanib hamda ularning o‘zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo‘lgan narsaga o‘xshab ko‘rinadi. Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shug‘ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari kerak. Shuning uchun har bir kishi, o‘zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari – kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega bo‘lish, bilim olish kabi ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan pul daromadlarini qaerdan, nima hisobiga topish kerak degan muammolarga duch keladi. Shu muammolarni yechish va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli yo‘nalishlarda, sohalarda faoliyat ko‘rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir. Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan, iqtisodiy faoliyat deb ataladi. Ushbu faoliyatdagi mutanosibliklar hamd muvozanatning buzilisi natijasida iqtisodiyotdagi muammolar yuzaga keladi. Iqtisodiyotdagi kelib chiqqan muammolar o’tmish davrlaridan buyon mavjud bolib, boshlanishida kichik miqiyosda keyinchalik esa katta kolamda yuzaga kelgan va ulardan bazilari haligacha jahonning global iqtisodiyotidagi muammolari hisoblanib keladi. Jahon hamda mamlakatlarning ichki iqtisodiyotidagi muammolar asosan ikki xil boladi deb xisoblayman. Xususan buni 20chi hamda 21chi asr mobaynida yuz bergan hamda davom etayotgan jahon iqtisodiy muommolarida ham ko’rishimiz mumkun. 1-Qisqa vaqt ichida sodir bolib yakunlanadigan muammolar. Bular qanday bo’ladi? Bunday muammolar GLOBAL SHOKlar ham deb atashimiz mumkun va hamda ularning aksaryati o’z o’zini tog’irlab ketadi,yani o’zi sababchi bolgan muammoga o’zi yechim boladi. Ularga misol tariqasida 2008 yilda sodir bolgan bank tizimi hamda moliya tizimining inqirozi natijasida yuzga kelgan turg’unlikni keltirish mumkin.Biroq bu qisqa muddatli muammolar 2-turdagi jahon iqtisodiy muamolariga (qaysiki uzoq muddat davom etadigan) sabab bo’lishi mumkun. 2-Uzoq vaqt ichida sodir bolib davom etadigan muammolar. Bular qanday boladi? Boshqa global muammolar uzoq muddatli bo'lib, echimlarni topishda strategik yondashuvni talab qilishi mumkin. Ushbu muammolarga global tengsizlik va teng bo'lmagan iqtisodiy rivojlanish, global qashshoqlik, qayta tiklanmaydigan resurslarning kamayib ketishi va yo’qolishi, atrof-muhitning zararlanishi va global isish va moliyaviy bozorlarning etarli darajada tartibga solinmasligi bilan bog'liq tizimli muammolar kiradi. Yuqoridagilarga quyida batafsilroq to’xtalamiz. Download 54.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling