Mavzu: jamg’arma va unga ta’sir etuvchi omillar. Mundarija: kirish I bob jamg‘arma funksiyalari mutanosibligini ta’minlash muammolari


II BOB JAMG’ARISHNING MOHIYATI, OMILLARI VA SAMARADORLIGI


Download 251.2 Kb.
bet8/9
Sana03.12.2023
Hajmi251.2 Kb.
#1799154
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu jamg’arma va unga ta’sir etuvchi omillar Mundarija kiri fayllar

II BOB JAMG’ARISHNING MOHIYATI, OMILLARI VA SAMARADORLIGI.
2.1Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.
muammolari Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini sarflarining pul shaklidagi ko’rinishidir. U pul mablag’lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag’lari ko’rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu mablag’lariga sotib olish mumkin bo’lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi. Investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar – investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs - investor deyiladi.
Investitsiyalarning manbalaridan biri bo’lib, aholi keng qatlamlarining jamg’armalari hisoblanadi. Shuni ta‘kidlash lozimki, azalda jamg’arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo’lishi va bo’lmasligi ham mumkin. Investitsiya jamg’armalari ko’pchilik sub‘ektlar tomonidan amlga oshiriladi, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub‘ektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa korxonalar jag’armasi ham ivestitsiya manbai bo’lib hisoblanadi. Bu o’rinda “jamg’aruvchi” va “investor” bir sub‘ektda mujassamlashadi.
Investitsion faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
- investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foya, amortizatsiya aratmalari, pul jamg’armalari va h.k)
- qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligitsiya, zayomlari, bank kreditlari).
- jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoiy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa tulovlari)
- davlat byujeti mablag’lari;
- chet elliklar mablag’lari.
Mamlaktimizda investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari tuzilishi ham yillar davomida o’zgarib bormoqda. Jumladan, yildan yilga davlat byudjeti mablag’larining ulushi kamayib, korxona mablag’lari; to’g’ridan – to’g’ri xorijiy investiiyalar hamda nobyudjet fondlar mablag’larining ulushi oshib bormoqda.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:
Investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;
Foiz stavkasi.
Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini qachonki ular foyda keltiradigan bo’lsa, sotib oladilar.

Download 251.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling