Mavzu: Jamiyat sotsial strukturasi va stratifikatsion jarayonlar bot 4 08 guruh talabasi Jadilova Ruxsora


Stratifikatsiya asoslari va mezonlari: iqtisodiy holat, mavqe, ta’lim va hokimiyat


Download 13.23 Kb.
bet2/6
Sana14.11.2023
Hajmi13.23 Kb.
#1772548
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Jamiyat sotsial strukturasi va stratifikatsion jarayonlar-fayllar.org

Stratifikatsiya asoslari va mezonlari: iqtisodiy holat, mavqe, ta’lim va hokimiyat. Stratifikatsiya sotsiologiyaning asosiy tushunchalaridan biri sifatida jamiyatning ijtimoiy tarkibi, ijtimoiy guruhlari va ularni tabaqalanishi belgilari tizimini o’zida aks ettiradi. Hozirgi zamon stratifikatsion yondashuvining nazariyotchilari ijtimoiy guruhlarning ishlab chiqarishdagi ishtiroki, jamiyatning asosan mulkka bo’lgan munosabat asosida tabaqalashuvi xususidagi marksistik yondashuvini inkor etib jamiyat, ma’lumot, ruhiyat, maishiy shart sharoitlar, bandlik darajasi, daromad ko’lamlari va boshqa belgilarga ko’ra tabaqalanishini asoslab beradilar. Ular yuqoridagi belgilarga ko’ra ajraluvchi ijtimoiy guruhlardan tashqari, yuqori tabaqa, o’rta tabaqa va quyi tabaqa doimiy amal etishini ta’kidlaydilar.

Stratifikatsiya va sotsial differentsiya. Stratifikatsiya (lot stratum - qatlam va fatsio – bajaraman) - jamiyat tuzilmasi, alohida qatlamlari, ijtimoiy tabaqalanish belgilari tizimi va tengsizlikni ifoda etuvchi sotsiologik tushunchadir.


  • Stratifikatsiya va sotsial differentsiya. Stratifikatsiya (lot stratum - qatlam va fatsio – bajaraman) - jamiyat tuzilmasi, alohida qatlamlari, ijtimoiy tabaqalanish belgilari tizimi va tengsizlikni ifoda etuvchi sotsiologik tushunchadir.

  • Sotsial stratifikatsiya - sotsiologik tushuncha bo’lib, jamiyat va uning ayrim qatlamlari tuzilishini, ijtimoiy tabaqalanish, tengsizlik belgilari tizimini ifodalaydi. yoki boshqacha aytganda: jamiyatning mulk, maqom va hokimiyat munosabatlaridan kelib chiqadigan tizimi bo’lib, u ijtimoiy rollar va vazifalarni o’zida aks ettiradi. Sotsial stratifikatsiya jamiyatdagi mehnat taqsimotida turli guruhlarning ijtimoiy differentsiatsiyasidan (tabaqalanishuvi), shuningdek u yoki bu faoliyatning ahamiyatini va ijtimoiy tengsizlikni qonuniylashtiruvchi qadriyatlar va madaniy namunalar (standartlar) tizimining xususiyatidan kelib chiqadi.



Download 13.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling