Stratifikatsion tizimlar: qullik, kasta, klan va sinf. Stratifikatsiya kishilik jamiyatining paydo bo’lishi, tug’ilishi bilan yuzaga keladi.
1. Quldorlik - kishilarni qaram qilishning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy shaklidir. Tengsizlik darajasining ko’rinishidir.
2. Kastalar (lat. Partugal. guruh, toifa, tabaqa) – odam tug’ilganidan boshlab a’zo bo’lib qoladigan ijtimoiy guruhlar (stratalar) dir.
3. Tabaqalar - taomillar yoki huquq, qonunlari bilan mustahkamlangan nasldan-naslga o’tuvchi huquqlar va burchlarga ega bo’lgan ijtimoiy guruhlar.
4. Sinflar - sinflar paydo bo’lishi XVIII-XIX asrlar bilan bog’liq AQSH - o’rta sinflar jamiyati.
Jamiyat sotsial strukturasi rivojining zamonaviy tendentsiyalari.
Jamiyat sotsial strukturasi rivojining zamonaviy tendentsiyalari.
Zamonaviy jamiyat sotsial strukturasining rivojlanishidagi asosiy tendentsiyalar:
jamiyatning yangi sottsial guruhlarini va tabaqalarini paydo bo’lishi;
iqtisoddagi dunyo integratsiyasi jarayonlari jamiyat strukturasiga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Sotsial siyosatda ikkala tendentsiyalar ham nazarda tutiladi, va ular bir-birlari bilan organik va dialektik bog`liqdir.
Bu sotsial struktura va dinamikaning rivojlanishi uchun zarur bo’lib, bu jarayonlarni ilmiy boshqaradi. Sotsial struktura va mobillilik muammolari grajdanlik jamiyati muammolari bilan bog`liqdir. Gegelga ko’ra, grajdanlik jamiyati – xususiy mulkchilikka va huquqqa suyanadigan ijtimoiy munosabatlar sistemasidir.
Bozor munosabatlari sharoitida sotsial strukturaning o’zgarishi O’zbekiston Respublikasida jamiyat ijtimoiy tuzilishi bozor munosabatlari bilan bog’liq bo’lgan mulkchilikning 4 ta turi va shunga muvofiq sinflar yuzaga keldi.
Jamiyatning moddiy ishlab chiqarish jarayoni sotsiologiyada ijtimoiy tizim sifatida olib qarab o’rganiladi. Moddiy ishlab chiqarish tizimi – ijtimoiy hayot sohasi bo’lib, kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish faoliyati bilan bogliq.
Har qanday ijtimoiy jarayonlar inson faoliyati bilan uyg’unlashadi. Muayyan ijtimoiy birlik sifatida uyushgan kishilarning katta-katta guruhlari, sinflar, millatlar milliy-etnik, ijtimoiy-demografik, nisbatan kichik tizimlar: o’quv-tarbiyaviy, oila-turmush va boshqa guruhlar, ijtimoiy tashkilotlar, birlashmalar, ittifoqlar–jamiyatning ijtimoiy tarkibini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |