. Bugungi kunda O’zbеkistоn ijtimoiy jarayonlar tarkibi va tizimini xaraktеrlovchi 12 ta stratifikatsion tizimlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Ular quyidagilar.
. Bugungi kunda O’zbеkistоn ijtimoiy jarayonlar tarkibi va tizimini xaraktеrlovchi 12 ta stratifikatsion tizimlarni ajratib ko’rsatish mumkin. Ular quyidagilar.
1) Ijtimoiy kasbiy tasnifga ko’ra tiplar.
2) Qavm-sulolaviy asoslarga ko’ra tiplar.
3) Madaniy-estеtik darajalarga ko’ra tiplar.
4) YOsh davrlariga ko’ra tiplar.
5) Еtno-hududiy tiplar.
6) Diniy-konfеssional tiplar.
7) Partiyaviy-e’tiqodiy farqlarga ko’ra tiplar.
8) Uruғ-qabilaviy tiplar.
9) Muayyan manfaatlar doirasida uyushgan korporativ tiplar.
10) Jinsiy tasnifga ko’ra tiplar.
11) Huquqbuzarlikka moyillikka ko’ra tiplar.
12) Madaniy-ramziy intilishlarga, qiziqishlariga ko’ra aholi tiplari.
Sotsial mobillilik-bu insonlarning bir sotsial guruhidan va tabaqasidan (strata) boshqalariga o’tishi bo’lishi mumkin bo’lgan sotsial mobillik:
gorizontal-sotsial stratifikatsiyaning osha darajada o’tishi;
vertikal-ierarxik tartibda o’tishi.
Mobillilikka quyidagi holatlar ta’sir qiladi:
hayot sharoitlarining o’zgarishi;
yangi kasbning buyurilishi;
inson faoliyatining to’rini o’zgarishi (masalan, siyosatga o’tib ketishi);
u yoki bu kasblar va faoliyat turlarining afzalliklari haqida ijtimoiy fikr.
Sotsial mobillikda ma’lumotning, o’z kasbini puxta egallash va tadbirkorlikning ahamiyati katta.
Sotsial harakatchanlik (mobillik) to’g’risidagi sotsiologiya klassiklari: M.Veber, E. Giddens, T. Parsons, P. Sorokin va boshqalarning qarashlari Sotsial A sotsial stratifikatsiya darajalarga qarab, ikkinchisi esa gorizontal yo’nalishda bo’lib, unda bir ijtimoiy darajadagi o’zgarishni anglatadi.
Frantsuz sotsiologlari P.Bertu va R.Burdonlar ham sotsial mobillikning jamiyat hayotining rivojlanishidagi muhim ahamiyatini ko’rsatib berganlar. Keyingi yillarda rus sotsiologlaridan akademik T.I.Zaslavskaya va professor R.V.Rivkinalar ham sotsial mobillikning Rossiya ijtimoiy hayotidagi ahamiyatini tadqiq qilmoqdalar
Do'stlaringiz bilan baham: |