Mavzu: Jamiyatning iqtisodiy negizlari Iqtisodiy negiz tushunchasi
Mulk shakllari, ularning teng huquqliligi
Download 434.16 Kb. Pdf ko'rish
|
Jamiyatning iqtisodiy negizi referat
Mulk shakllari, ularning teng huquqliligi
O'zbekiston Konstitutsiyasining 53-moddasi qoidalaridan kelib chiqilsa, 0 ‘zbekistonda mulk turli shakllarda mavjud bo'lishi ayon bo'ladi. Yana shu konstitutsiyaning shu normasida mamlakatda xususiy mulk va umummilliy boylik hisoblanuvchi davlat mulki mavjudligini ko'rish mumkin. Umummilliy boylik hisoblanuvchi obyektlar Konstitutsiyada bevosita davlat mulki deb atalmasa-da, boshqa qonunlarda ularning davlat mulki maqomi ko'rsatib qo'yilgan. O'zbekistonda mulkiy munosabatlarni “Fuqarolik kodeksi” tartibga soladi1. M azkur kodeksning 167-moddasi “M ulk shakllari” deb nomlanib, unda O'zbekiston Respublikasida mulk xususiy va ommaviy mulk shaklida bo'ladi, deb belgilangan. 168-moddasida fuqorolar, yuridik shaxslar va davlat mulk huquqining subyektlari sifatida e’tirof e’tilib, mol-mulk fuqaro, yuridik shaxs yoki davlatning mulki bo'lishi mumkinligi belgilanadi. Kodeksning 16-bobi “Xususiy m ulk”, 17-bobi “Ommaviy mulk”ka bag'ishlangan. Kodeks normalariga asosan, xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq qo'lga kiritilgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. Xususiy mulk bo'lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi. Bu yerda mulk qonun hujjatlariga muvofiq qo'lga kiritilgan, degan so'zning m a’nosi keng. Chunki, qonun hujjatlarida mulkni qo'lga kiritishning ko'plab yo'llari ko'rsatilgan, masakan sotib olish, xususiylashtirish, asrash, meros olish, hadya olish, yutib olish va boshqalar. Qonun bilan man etilgan ayrim ashyolardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk bo'lishi mumkin. M ulkka bo'lgan huquqning vujudga kelish asoslari Fuqarolik kodeksida belgilangan. M ulkning ikkinchi turi ommaviy mulkdir. Respublika mulki va m a’muriy-hududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulk) iborat bo'lgan davlat mulki ommaviy mulkdir, ya’ni ommaviy davlat mulkiga nisbatan qo'llaniladigan atama. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo'shlig'i, o'simlik va hay* vonot dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar, davlat hokimiyati va boshqaruvi respublika organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega bo'lgan madaniy va tarixiy boyliklar, respublika budjetining mablag'lari, oltin zaxirasi, davlatning valyuta fondi va boshqa fondlari respublika mulkidir, shuningdek korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, o'quv, ilmiy tadqiqot muassalari va tashkilotlari, intellectual faoliyat natijalari, basharti bular byudjet yoki davlatning o‘zga mablag'lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan bo'lsa, respublika mulki bo'lishi mumkin. Respublika mulki hisoblangan mol-mulkni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti, hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, tasarruf qiladilar. Respublika mulki bo'lgan mol-mulkni davlat yuridik shaxslarga xo'jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida biriktirib qo'yishi mumkin. Respublika mulki respublika budjetiga tushadigan soliqlar, yig'imlar va boshqa majburiy to'Iovlardan, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan asoslarga muvofiq boshqa tushumlar hisobidan vujudga keladi. Respublika mulki obyektlari qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan tartibda va shartlar asosida xususiy mulk qilib berilishi mumkin (214-modda). Qonunga asosan ommaviy (davlat) mulk Respublika (umumdavlat) va munitsipal (mahalliy) mulkka bo'linadi. Davlat hokimiyati mahalliy organlarining mol-mulki mahalliy budjet mablag'lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo jalik, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar xalq ta limi, madaniyat, sog'liqni saqlash muassasalari, shuningdek boshqa mol-mulk munitsipal mulk bo'ladi. Bunday mulklarni, qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, mahalliy hokimiyat organlari yoki ular vakil qilgan organlar tasarruf etadi. Munitsipal mulk xo'jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida yuridik shaxslarga biriktirilib qo'yilishi mumkin. Munitsipal mulk mahalliy budjetga tushadigan soliqlar, yig'imlar va boshqa to'Iovlardan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga muvofiq tushumlar hisobiga vujudga keladi. Munitsipal mulk obyektlari qonunda belgilangan tartibda xususiy mulkka o'tkazilishi mumkin (125-modda). Mulk shakllari davlat tomonidan teng muhofaza qilinadi. Ular teng mavqega ega. Xususiy mulkning daxlsizligi va davlat tomonidan Muhofaza etilishi 70 yil davomida faoliyat ko’rsatgan sotsialistik tuzum xususiy Mulk degan tushunchani mutlaqo rad etdi va iqtisodiy faoliyat Umummilliy davlat, jamoat mulkiga tayanishini e’tirof etdi. Shu Bilan birga, shaxsiy mulk degan tushuncha ham turm ushga kiritilib, u hech qanday daromad keltirmaydigan, faqat shaxsiy ehtiyoj • Sifatida foydalaniladigan, o‘ta cheklangan mulk hisoblanar edi. Xususiy mulk sotsialistik tuzum ga yot bo’lgan, burjua tuzumiga xos Va uning tayanchi, har qanday haq-huquqsizlikning, ekspluatatsiyaning asosi deb hisoblanar edi. Sotsializm, uning g’oyalari oxir-oqibat tamom bo’ldi, o’zining Hayotiy emasligini ko’rsatdi. Umumiy mulk g’oyasi asosida ishlab Chiqarishni tashkil qilish sam ara bermadi. Aksincha, bozor munosabatlariga asoslangan davlatlar rivojlanib, xalqning turmush Darajasi yuksalib bordi. Shuning uchun O’zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy Munosabatlarni tashkil qilar ekan, bu borada yangilik yaratishga Harakat qilmay, butun dunyoda tan olingan va iqtisodiy rivojlangan, Farovon turm ushni ta’minlash qoidalariga tayanishga harakat qildi. Shu tufayli iqtisodiyotning negizini xilma-xil shakllardagi mulk Shakllari tashkil qilishi, mulk shakllaridan biri hisoblanuvchi xususiy mulk davlat tomonidan muhofaza qilinishi Konstitutsiyada Mustahkamlab qo’yildi. Ana shu maqsadda Konstitutsiyaning O’zida va boshqa moddalarda hamda boshqa qonun hujjatlarida Tegishli qoidalar belgilandi. Masalan, Konstitutsiyaning 53-moddasida, mulkdor faqat qonunda belgilangan tartibda mulkidan mahrum etilishi mumkinligi, 36-moddada har bir shaxs mulkdor bo’lish huquqiga ega ekanligi. Bankka qo’yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun Bilan kafolatlanishi belgilab qo’yildi. Juda ko’p sonli qonunlarda Xususiy mulkni himoya qilish tartibi belgilandi. Xususiy mulkka zarar yetkazganlik, mulkka bo’lgan huquqlarni buzish uchun turli javobgarliklar belgilandi 0 zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida mulkni bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-taroj qilish, firibgarlik, o'g'rilik yo'li bilan egallaganlik (164-169-moddalar) uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bundan tashqari, mulkni qo'riqlashga vijdonsizlarcha munosabatda bo'lish, mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, transport vositalarini olib qochish uchun (172, 173, 267-moddalar) jinoiy javobgarlik belgilangan. Jinoyat kodeksining bu moddalari avvalgi tuzumdagi kabi sotsialistik mulkni qonunsiz egallash uchun alohida og'irroq jazo, shaxsiy mulk uchun alohida yengilroq jazo o'rnatmay, umuman, mulkni nazarda tutgan va bu xususiy mulkning bir xilda muhofaza etilishini ko'rsatadi. M amlakatimizning yigirma yillik tarixini ko'radigan bo'lsak, xususiy mulkni rivojlantirish yo'li olib borilayotganligini, bunga misol qilib, tadbirkorlar huquqining alohida tartibda himoya qilinishi, o'rta va kichik biznesni rivojlantirish choralari ko'rilayotganligi, ommaviy mulkni xususiylashtirish izchillik bilan amalga oshirilayotganligini ko'rsatish mumkin. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasi ham mulkka egalik hissini shakllantirishga qaratilganligida ko'rinadi. “Iqtisodiy islohotlarning eng muhim yakunlaridan biri - aksariyat yurtdoshlarimizda mulkka egalik, mulkdorlik tuyg'usining uyg'onishi va rivojlanishi jarayoni, o'rta qatlam, kichik va xususiy korxona egalarining, mulkning, yer uchastkalarining aksiyalarning, boshqa qimmatli qog'ozlarning, xullas, daromad keltiradigan mulkning shakllanishidir” 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi ma’ruzasida bu masalaga alohida to'xtalib shunday dedi: “Birinchi navbatda, xususiy mulkning huquq va himoyasini mustahkamlashimiz, har qaysi xususiy mulkdor qonuniy yo'l bilan qo'lga kiritgan yoki yaratgan oz mulkining daxlsizligiga aslo shubha qilmasligini ta minlaydigan ishonchli kafolatlar tizimini yaratashimiz zarur. Har bir tadbir- kor, avvalo, shuni aniq-ravshan bilib olishi kerakki, davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir” 1. M a’ruzada bozor iqtisodiyotining negizi hisoblanuvchi xususiy mulkka nisbatan davlat tomonidan berilayotgan asosiy kafolatlarni mustahkamlovchi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g ‘risida”gi Qonunni ishlab chiqib, qabul qilish zarurligi ta’kidlandiki, bu qonun xususiy m ulkning daxlsizligi va himoyasini yanada kuchaytiradi. 2011-yilning “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e’lon qilinishi ham xususiy mulkning daxlsizligini, himoyasini kuchaytirish va. shu orqali mam lakat iqtisodiyotini rivojlantirish nazarda tutadi Download 434.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling