Yong’inga qarshi devorlarning yong’inga chidamlik darajasini binodagi yonadigan materiallarning (mebel, uskunalar va boshqalar) miqdoriga qarab belgilanadi. Agar bu materiallarning miqdori 100 kg/m2 bo’lsa, devorning yong’inga chidamlik darajasi 5 soat, 100kg/m2dan 200 kg/m2 gacha bo’lsa - 7soat va 200kg/m2 dan ortik bo’lsa – 9 soat bo’lishi shart. Yong’inga qarshi devorlarda o’rnatilgan eshiklarning yong’inga chidamlilik darajasi esa 1,5 soat bo’lishi lozim. Jamoat binolarida muxim yong’inga qarshi tadbirlardan biri bu odamlarni tez evakuatsiya qilishdir. Evakuatsiyani asosiy ko’rsatgichi bu binodagi odamlarni tez vaqtda olib chiqib ketishdir. Majburiy evakuatsiya vaqtining ruxsat etiladigan ko’rsatgichi aloxida xonalar uchun quyidagicha bo’ladi: tomosha zalidan - 1,5-minut; butun binodan 6 minut. Jamoat binolarida muxim yong’inga qarshi tadbirlardan biri bu odamlarni tez evakuatsiya qilishdir. Evakuatsiyani asosiy ko’rsatgichi bu binodagi odamlarni tez vaqtda olib chiqib ketishdir. Majburiy evakuatsiya vaqtining ruxsat etiladigan ko’rsatgichi aloxida xonalar uchun quyidagicha bo’ladi: tomosha zalidan - 1,5-minut; butun binodan 6 minut. Odamlar soni 50 kishidan ortiq bo’lgan xamma jamoat binolari va aloxida xonalar kamida 2 ta evakuatsiya eshiklari bilan ta’minlangan bo’lmogi lozim. Ko’p kavatli bino bo’lsa ikkita zinapoya bilan ta’minlanishi kerak.
Evakuatsiya chiqishlarining sxemalari.
A-binoning past qismini yassi tomonidan; b,v-ochiq galereyalardan; 1-tomosha zali; 2-faye; 3-yassi tom; 4-zinapoyalar; 5-savdo zallari; 6-yong’inga chidamli devor; 7-ochiq galereyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |