Mavzu: Jamoaviy holatda bolalar bilan ishlash metodikasi
Yaqqol eshitish metodlari
Download 88.13 Kb.
|
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Yaqqol eshitish metodlari harakatlarni ovoz orqali boshqarishga asoslanadi. Cholg‘u musiqasi va ashula eng yaxshi eshitish ko‘rgazmasi hisoblanadi. Ular bolalarda estetik his va emotsional ko‘tarinkilik uyg‘otadi, harakat xaraktcrini bdgilaydi, uning sur’ati va ritmini boshqaradi. Ko‘pincha bolalar bog‘chalarida musiqa asbobini chalishni bilmaydigan tarbiyachi harakat sur’ati va ritmini boshqarishda chirmanda (buben)dan foydalanadi, bu ritmik ko‘rinishlarni o‘zgartirishda o‘zini yctarli darajada oqlaydi. Bundan tashqari o‘zining hazil mazmuni va ritmi bilan bolalarni jalb etuvchi xalq termalari, sherlari va boshqa matnlarini boshqarishga xizmat qilishi mumkin.
Shunday qilib, ko‘rgazmalilik usullari bolaning harakat- larini to‘g‘ri idrok qilishi va tasavvur etishi, hissiy ongini kengayishiga, harakatlarni bajarishda o‘z o‘zini nazorat qilish- ning vujudga kelishiga, harakatlar sur’ati va ritmini eshitish orqali boshqarishga, sensor qobiliyatining rivojlanishiga xiz- mat qiladi. Og‘zaki metodga oid usullar. Harakatlarga o‘rgatishdagi og‘zaki usullar quyidagilarda ifodalanadi: bolalarga ularda- gi mavjud hayotiy tajriba va tasavvurga tayangan holda yangi harakatlarni aniq, qisqa bir vaqtda bayon etish va tushuntirish- da; harakatlarni aniq ko‘rsatish yoki uning ayrim elementlarni aniqlash asnosidagi sharhda; tarbiyachi tomonidan ko‘rsatilgan harakatlarni qayta bajarishda yoki mashqlarni bolalar mustaqil bajarishlarida zarur bo‘ladigan ko‘rsatmalarda; yangi jismoniy kulrang oq ona echki bor ekan. Uning kichik bolalari bor o‘rgatishda ularni tushuntirish, harakatli o‘yin syujeti va hoka- zolarni aniqlashtirish talab etilganda oldindan o‘tkaziladigan suhbatda; tarbiyachi jismoniy mashqlarni bajarilishidan oldin harakatlarni bajarish izchilligini anglash; darajasini aniqlash yoki syujetli harakatli o‘yinlar obrazl ari haqidagi tasavvur- ning boryo‘qligini tekshirish, qoidalarni, o‘yin harakatlari va boshqalarni aniqlashtirish maqsadida bolalarga beriladigan savollarida. Bundan tashqari ko‘rsatib o‘tilgan usullar turli komanda- lar, farmoyish va signallarni aniq, emotsional va ta’sirchan tarzda berishda ham ifodalanadi. Masalan, tarbiyachi shun- day deydi: “Sakrab oyoqlarni yelka kengligida ochib turing!” yoki “To‘xtang! Bir, ikki, uch – yuguringlar!” va hokazo. Bu komandalar bolalarning javob harakat reaksiyasining tezligi va aniqligini vujudga keltiradigan turli intonatsiya va dinamikani talab qiladi. Bular qatoriga baland ovozda dona-dona qilib sanash va o‘yin boshlanmalarini ifodali talaffuz etishni ham kiritish mumkin. Xalq og‘zaki ijodi bunday narsalarga juda boydir. Qofiyali matnlarning musiqiyligi va ritmliligi bolalarda emotsional ruh uyg‘otadi, natijada bu qofiyalar ular tomonidan oson o‘zlashtiriladi va keyinchalik mustaqil o‘yinlarda foydalaniladi. Download 88.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling