- Bilvosita kommunikatsiyada (indirect communication) xabarlar pochta qutisi (mailboxes) yoki portlar (ports) – xabarlarni uzatish, saqlash va qabul qilish uchun mo’ljallangan tizimli tuzilmalar orqali uzatiladi va qabul qilinadi. Aniqlik uchun pochta qutisi atamasidan foydalanamiz.
- Har bir pochta qutisi yagona identifikatorga ega bo’ladi.
- Jarayonlar faqat ular umumiy pochta qutisiga ega bo’lsagina o’zaro aloqa o’rnatadi.
Aloqa chizig’i bu holatda quyidagicha xossalarga ega bo’ladi: - Agar jarayonlar umumiy pochta qutisiga ega bo’lgandagina aloqa o’rnatiladi.
- Bitta jarayondan ko’plab jarayonlarga aloqa o’rnatish mumkin (ular yagona pochta qutisiga ega).
- Jarayonlarning har bir juftligi bir nechta aloqa chizig’iga ega (ya’ni, xabarlar turlicha pochta qutilariga uzatilishi mumkin).
- Aloqa yo’naltirilmagan yoki ikki yo’nalishli bo’lishi mumkin.
Bilvosita kommunikatsiya usulida jarayonlar quyidagi ko’rinishdagi amallar to’plamini qo’llaydi: - Yangi pochta qutisini hosil qilish.
- Xabarlarni pochta qutisi orqali jo’natish (qabul qilish).
- Pochta qutisini o’chirish.
- Asosiy kommunikatsiya amallar quyidagi ko’rinishlarga ega bo’ladi:
- send (A, message ) – xabarlarni A pochta qutisiga yuborish.
- receive (A, message ) – xabarlarni A pochta qutisidan qabul qilish.
- Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, jarayon-vakilining nomi yoki adresi qo’llanilmaydi, ularning o’rniga pochta qutisi nomi ishlatiladi.
Umumiy pochta qutisidan foydalanishda paydo bo’ladigan muammolar. Bu muammoni qanday hal qilish mumkin? - Mumkin bo’lgan yechimlar:
- Ma’lumki, har bir yechim o’zining afzalliklari va kamchiliklariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |