Savol va topshiriqlar
1. Jek Londonning birorta asarini o’qiganmisiz? O’qigan bo’lsangiz, asarga munosabat bildiring.
2. Uning “Hayotga muhabbat” hikoyasini diqqat bilan o’qing. Asarga tayanib, uning shaxsi haqida mulohaza bildiring.
3. Ikki hamrohning holatini tasavvur qilishga urinib ko’ring. Orqada qolgan odamning gapiga Billning javob bermagani bu vaziyatda oddiy holmi yoki Bill uni eshitmadimi?
4. “Odam endi hayot uchun kurashmay qo’ydi. Undagi hayotning o’zi o’lishini istamas, shuning uchun uni ilgariga haydardi” kabi xulosa haqida o’ylab ko’ring. Muallifning xulosasiga qo’shilasizmi?
5. Asarning nima uchun “Hayotga muhabbat” deya nomlangani haqida o’ylab ko’ring. Siz uni qanday nomlagan bo’lardingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |