Mavzu: Jinoyatlarga qarshi kurashning optimal xarajatlari.
G.Bakkerning jinoyat va jazo iqtisodiyot nazariyasi
Reja.
1.Jinoyatlarga qarshi kurashning optimal xarajatlari.
G.Bakkerning jinoyat va jazo iqtisodiyot nazariyasi.
2. Erlix modelining asosiy mazmuni.
3. Iqtisodiyotning kriminallashishiga qarshi kurash yo‘llari.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Jinoyatlarga qarshi kurashning optimal xarajatlari.
G.Bakkerning jinoyat va jazo iqtisodiyot nazariyasi.
Inter-American development bank tadqiqotchisi Laura Jautmanning
fikriga
ko‘ra jinoyatga xarajatlar quyidagi uch tasnifga ega:
1. Jinoyatlarga ijtimoiy xarajatlar (sodir etilgan
jinoyatlar
yuzasidan jinoyatchidan jabrlanuvchiga
undiriladigan yoki davlat
tomonidan qoplab beriladigan harajatlar)
2. Xususiy sektor xarajatlari (jinoyatlarga
qarshi kurashish, xususan,
xavfsizlik xizmatiga yo‘naltiriladigan xususiy sector qatnashchilarining
mablag‘lari)
3. Hukumat xarajatlari (Davlat
organlari, xususan, militsiya,
sud-huquq tizimi
va qamoqxonalar uchun sarflar)
Jinoyatlarga qarshi kurashish hamma davlatda har xil
yondashuvlarga
asoslanadi. 2014 2017-yillar davomida tadqiqotchilar
Karib dengizida va
Janubiy Amerikada joylashgan 17 ta mamlakatda tadqiqotlar olib bordi.
Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ushbu mamlakatlar jinoyatlarga
qarshi kurashish
uchun YaIM ning o‘rtacha 3 % iga teng mablag‘ni sarf etar ekan. Bu
ko‘rsatkich eng yuqori 3.57 % ni va eng past 2.41 % ni tashkil etgan. Bir yil
mobaydida esa ushbu 17 ta davlatda jinoyatchilikka qarshi kurash uchun 174
milliard AQSh dollari miqdorida mablag‘lar sarf etilgan.