Мавзу: Жисмоний тарбия дарсларида таълимнинг замонавий


Mashqni bajarish vaqti bilan


Download 237 Kb.
bet14/16
Sana08.03.2023
Hajmi237 Kb.
#1248351
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
8-9 sinflarda dars o\'tish uslubiyoti

7.Mashqni bajarish vaqti bilan.
O’qituvchi 5 minut davomida yugurishni vazifa qilib beradi. Yugurish tezligi va masofani uzunligi o’quvchilar tomonidan boshqariladi. Chidamlilikni oshirish, shunga olib keladiki, o’quvchi bir necha mashqlanishdan so’ng 5 minut ichida ko’proq masofani yugurib o’tadi.
8.Tanaffusni davomiyligi va vazifani bajarishdan oldin ularni xarakterini o’zgarishi bilan.
9.Boshqa faoliyatlar bilan uni kuzatish yo’li orqali mashqlarni murakkablashtirish bilan.
10.Mashqni bajarish usulini qisman o’zgartirish bilan. Masalan kuch mashqlarni bir oz siltash bilan engillashtirish mumkin.
11.Mashqlarni bajarish sur’ati bilan. Suratni ma’lum chegaragacha oshirish organizmga ta’sirini kuchaytiradi, lekin haddan tashqari surat mashqlar tartibini buzilishiga olib keladi va o’rgatishga salbiy ta’sir etadi. Surat harakatda qatnashayotgan muskullar massasiga bog’liq. Ya’ni tos suyagini oson suyagi bilan bog’lovchi bugunga nisbatan, oyoqni tizza bo’g’inidan bukib yozish oson va tez.
12.Dastlabki holat bilan. Agar o’quvchilar yotib tayangan holda qo’llarni buksa jismoniy yuklar xar xil bo’ladi.
Shuni yodda tutish zarurki, o’qituvchi yukni boshqara borib bir vaqtni o’zida ikki-uch usulni qo’llash mumkin. Misol uchun, dastlabki holatni og’irlikni qo’llash va suratni o’zgartirish orqali o’zgartirishi mumkin. O’qituvchi faqat yukni oshirishgaemas, pedagogik nuqtai nazardan yukni oshirishga intilmog’i kerak. Tabiyki, yuqori jismoniy yuksiz mashqlanish darsini o’tib bo’lmaydi, lekin mashqlarga o’rgatishda xalaqit berishi mumkin.
Xar bir darsda ko’pgina faoliyatlar o’rgatiladi: harakatli xizmat qiluvchi, aqliy dam olish. Jismoniy tarbiya vazifasini xal etish uchun ularni ahamiyati xar xil, lekin ularni hammasi zaruriy, o’qituvchini darsdagi ishini samaradorligini muhokama qilganda bolalar faoliyatini aktivligigagina baho berib qo’ymaslik zarur. Pedagogni u yoki bu faoliyatini maqsadga muvofiq ekanligini xar tomonlama baholash, uni darsga tayyorgarlik ko’rganligini, ta’lim va tarbiya vazifalarni qanday hal etganligiga ham e’tibor berish kerak. Shu munosabat bilan hamma faoliyatlarni pedagogik maqsadga muvofiq va pedagogik maqsadga muvofiq emasligi bo’lishi zarur. Pedagogik maqsadga muvofiq quyidagilar kiradi: jismoniy mashqlarni bajarish; pedagogik eshitish; o’qituvchi va o’rtoqlari tomonidan bajarilgan mashqlarni kuzatish; o’zlashtirilishi kerak bo’lganini to’g’ri anglash; bajariladigan faoliyatni rejalashtirish; bajarilgan harakatlarni tahlil qilish; o’zaro nazorat; baholash; muhokama qilish; snaryadlarni o’rnatish va almashtirish; o’quv qurollari va asbob anjomlarni tarqatish va yig’ish; mashg’ulot o’rnini tayyorlash; dam olish.
Darsni xar tomonlama baholash va bajarilayotgan mashqlarga organizmni ma’lum reaktsiyasini aniqlash uchun o’quvchini yurak urishini ma’lum o’lchashda foydalaniladi. Bu maqsadda kuzatish ostiga “o’rtacha” o’quvchi olinadi. Dars boshlangunga qadar, ya’ni tinch holatda 3-4 ta turgan o’quvchini yurak urishi sekundomer bilan o’lchanadi. O’lchashni qisqa daqiqada tugallash maqsadidia o’lchovni to’rt barmoq bilan o’lchanuvchini chap qo’l bilagidagi yurak urish tomirini topadi va uni 10 sekund davomida sanaydi, shu vaqtni ichida o’quvchini yurak urishi qancha bo’lsa shuni 6-ga ko’paytiriladi, natijada 1 minutli yurak urishi aniqlanadi. Kuzatuvchi avvaldan o’zi tayyorlab qo’ygan protokolga natijani ketma-ket yozib boradi. Dars boshlanishidan to oxirigacha kuzatilayotgan o’quvchi almashtirilmaydi, ya’ni 45 minutli dars jarayonida o’quvchining butun faoliyati kamida 15-20 marta o’lchanishi zarur.

Download 237 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling