Mavzu: jismoniy madaniyatning jamiyatdagi vazifalari va shakllari


Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalari (sog‘lomlashtirish, ta'limiy, tarbiyaviy masalalari)


Download 93 Kb.
bet3/5
Sana18.02.2023
Hajmi93 Kb.
#1210919
1   2   3   4   5
Bog'liq
8 MAVZU

5. Jismoniy madaniyat tizimining maqsad va vazifalari (sog‘lomlashtirish, ta'limiy, tarbiyaviy masalalari).
Jismoniy madaniyat tizimi nisbatan mustaqil bo'lib, o'z maqsadlari, vazifalari va ishlash printsiplariga ega.
Maqsad jamiyatdagi jismoniy madaniyatning butun tizimini ishlashning markaziy, tizimlashtiruvchi komponentidir. Bu uzoq kelajakda erishishni istaydigan yakuniy natijalarni anglatadi.
Jismoniy madaniyat sohasida odamlar va umuman jamiyatning oldiga qo'ygan maqsad insonning bu jarayonda nimaga aylanishi kerakligini va turli xil ehtiyojlarni qondirish va shakllantirish bilan bog'liq bo'lgan jismoniy madaniyat faoliyatining turli xil turlarini kiritish natijasida yuzaga keladigan aqliy kutishdir.
Shaxsning jismoniy madaniyati - bu ma'lum bir darajadagi maxsus ta'lim, jismoniy madaniyat va sport faoliyati, turmush tarzi madaniyati, ma'naviyati va psixofizik salomatligi, jismoniy kamolot, motivatsion va qiymat yo'nalishlari va ta'lim natijasida olingan va integratsiyalashgan ijtimoiy va ma'naviy qadriyatlar bilan tavsiflanadigan, sifatli, tizimli, dinamik holat bo'lgan shaxsning umumiy madaniyatining ijtimoiy jihatdan aniqlangan sohasi.
Hozirgi davrda texnika taraqqiyoti sharoitida rivojlangan ishlab chiqish organizm funktsiyasining yuqori harakatchanligini talab etadi. Bu aniq va tez javob bera olishni, irodali, chiniqqan, mard, chidamli, qiyinchiliklardan qo’rqmaydigan insonlarni taqozo etadi. Jismoniy tarbiyaning maqsadi Vatan mudofaasiga, hayotga va mehnatga tayyorlashdir. Bu maqsad mamlakatimizda kishilarning jismoniy tarbiyasini amalga oshiruvchi hamma muassasa va tashkilotlar uchun yagonadir.
Ko’rsatilgan maqsad asosida:
1.Sog’lomlashtirish,
2.Ta’limiy
3.Tarbiyaviy vazifalar hal etiladi.
1. Sog’lomlashtirish vazifalari - bola hayotini muhofaza etish, sog’ligini mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm ish qobiliyatini funktsional takomillishtirish va ish qobiliyatini oshirish, shuningdek chiniqtirish eng muhim vazifalardir. Bular asosan maktabgacha yoshdagi bolalar organizmning ximiyaviy xususiyatlari uncha rivojlanmagan, tashqi muxitning noqulay shartlariga tez bo’ysinadigan, ko’p kasal bo’lishlari natijasida vujudga kelgan noxushliklarni bartaraf qilishdan iboratdir. Bu xususiyatlarni xisobga olgan holda sog’liqni mustahkamlash vazifalari har bir tizimida, aniqroq shaklda yechilishi shart
Suyak, pay, bo’g’in tizimi holatini, shuningdek qismlarining turli yo’nalishlarda harakatlanish imkoniyatini ta’minlaydi. Suyak apparati bog’lam va bo’g’inlarni to’g’ri va vaqtida rivojlantirish tanani me’yorda ushlab turishga hamda hamma organ va tizimlarni rivojlantirishni ta’minlaydi. Umurtqa pog’onasining qiyshayishi, bukirlik, yassi oyoqlik muhim organlarning ish faoliyatlarini buzadi, bu esa kelajakda kasallikka olib keladi. Bolalarda suyak tizimi nisbatan bo’sh, chunki unda bir qancha pay hujayralari bo’ladi: bo’g’inlar ancha harakatchan, bog’lash apparati oson cho’ziladi, paylari kattalarnikiga qaraganda bo’sh va kalta. Shu munosabat bilan suyakning qotishini umurtqa pog’onasi egilishlarini bog’lash bo’g’in apparat oson chњzilishini mustahkamlashni to’g’ri va o’z vaqtida yordam berish zaruriyati kelib chiqadi. Undan tashqari tana qismlari nisbatan to’g’ri rivojlantirishga, bo’yi va tana massasini boshqarishga imkon berish zarur.
Mushak tizimi tananing ayrim qismlarini ma’lum holatda mustahkamlaydi va bu holatni o’zgartiradi, ya’ni muvozanatni saqlagan holda harakatni bajaradi, shuningdek ximoya vazifasini bajaradi, suyak tizimini ichki organlar urilishlardan, sovuq oldirishdan saqlaydi.
O’quvchilarda mushaklarga nisbatan bo’sh rivojlangan va tana massasini 20-22%ini tashkil etadi. Ayniqsa, yangi tug’ilganlarda qo’l va oyoq mushaklari bo’sh, sekin qisqarib uzoq vaqt to’g’rilana olmaydilar. CHaqaloqning birinchi oylarida mushaklarning egilish tonusi to’g’rilanish tonusi yuqori bo’ladi. Bolalar mushaklarida suv ko’p bo’lib, oqsil moddalari va yog’ kam bo’ladi. Ayrim mushaklarining rivojlanishi bir tekisda bo’lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda mushaklarning hamma guruhlari (tana, orqa, qorin, oyoq, qo’l, barmoq, panja, oyoq tagi, bo’yin, yuz, ko’z, hamma ichki organlar bog’lami va mushaklari)ni rivojlantirish zarur. Mushaklarning sust rivojlangan guruhlarini mustahkamlashga alohida e’tibor berish kerak.

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling