Mavzu: Jismoniy mashqlarning odam organizmi funksiyalariga


Tamaki chekish nafas olish sistemasiga ham zararli


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana28.10.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1732351
1   2
Bog'liq
3-sport taq

Tamaki chekish nafas olish sistemasiga ham zararli
ta’sir qiladi. Tamaki tutuni tarkibidagi zaharli moddalar
turli xil o‘pka xastaliklari – bronxit, sil, hattoki saraton
(rak) kasalliklariga olib kelishi kuzatilgan.
Tamaki ovqat-hazm organlariga ta’sir qilishi natijasida
kishida ishtaha yo‘qoladi, og‘izda bemaza ta’m paydo
bo‘ladi, so‘lak bezlari faoliyati buziladi. So‘lak bilan
oshqozonga tushgan nikotin kislotasi uning devorlarini
zararlaydi. Jig‘ildon qaynaydi. Me’da keragidan ortiq
shira ishlab chiqaradi. Bu esa me’da o‘n ikki barmoqli
ichak yarasi kabi kasalliklarning kelib chiqishiga sabab
bo‘ladi.




Alkogolizm — tibbiyot nuqtai nazaridan spirtli ichimliklarni mudom ichaverish oqibatida roʻy beradigan
surunkali kasallik; ashaddiy ichkilikbozlik. Keng maʼnoda — spirtli ichimliklarni meʼyoridan ortiq
ichishning kishilar sogʻligʻi va mehnat qobiliyatiga, maʼnaviy va maishiy hayotiga, shuningdek jamiyat
farovonligiga yetkazadigan zararlari majmui. Alkogolizm individual va ijtimoiy hayotning hamma
shakllariga taʼsir koʻrsatadi. Ichkilik taʼsirida odamlar jamiyat va davlat oldida mas’uliyat sezish hissini
yoʻqotib qoʻyadi, bezorilik va qonunni buzishga aloqador boshqa xatti-harakatlarni qilishi mumkin. 
Alkogolizm ishlab chiqarishga zarar yetkazadi, mehnat intizomining buzilishi va unumdorligining
pasayishi, odamlarning xastalanib qolishi va hatto bevaqt halok boʻlishiga olib keladi. Mastlikda
odamning muvozanatni yaxshi saqlay olmasligi, diqqati chalgʻib, atrofdagi vaziyatni aniq bila olmasligi
baxtsiz hodisalarga sabab boʻladi.
Alkogolizm odam organizmidagi hamma sistemalar va aʼzolar faoliyatiga putur yetkazadi. Ichkilikboz
odam oʻzi ichayotgan ichkilik miqdorini bilmay qoʻyadi, markaziy va periferik nerv sistemasi faoliyati
buzilib (psixik kasalliklar, nevritlar va boshqa paydo boʻladi), ichki aʼzolar funksiyasi izdan chiqadi. 
Ichkilikning zaharli taʼsiri moddalar almashinuvi, ayniqsa vitaminlar almashinuvining buzilishiga olib
keladi. Ichkilikboz odam qoʻl barmoqlari, koʻz qovoqlari, til uchining titrab turishi, shuningdek har kuni
bajarib yurgan odatdagi ishini bajara olmay qolishi mumkin. Koʻp ichadigan odamda koʻz xiralashib, 
baʼzan quloq ham ogʻir tortib qoladi. Ichkilikning meʼdaga taʼsiri natijasida shu aʼzoning barcha
funksiyalari buziladi. Ichkilik ayniqsa jigarga zararli taʼsir koʻrsatib, jigar sirrozi yuzaga keladi. 
Alkogolizm pankreatit, qand kasalligi, stenokardiya va miokard infarkti kasalliklariga ham sabab boʻladi. 


E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling