Mavzu: Jismoniy tarbiya darsi vositalari va ta'limiy metodlari. Reja
– chizma ДАРСНИНГ АСОСИЙ
Download 0.64 Mb.
|
Mavzu Jismoniy tarbiya darsi vositalari va ta\'limiy metodlari
3 – chizma
ДАРСНИНГ АСОСИЙ ҚИСМИДА ТАЪЛИМНИНГ ХУСУСИЯТЛАРИ Юкламанинг соғломлаш-тирувчи эффекти хусусияти Моддий-техник таъминланган-лиги хусусияти Умумий ва хусусий вазфа-ларни ҳал қилиш Асосий қисм компонентлари учун вақтни сарфлаш хусусияти Ўқувчилар фаолиятини ташкиллаш Жисмоний, руҳий, кординация-вий тайёрлиги хусусияти Билим бериш ва харакат малакаси-ни ўзлаштириш, мустахкамлаш такомиллаштириш хусусияти Ўқувчининг фаолиятини бошқариш Boshlang’ich sinflarda o’tkazilgan mashg’ulotlardan so’ng o’quvchilarini o’qituvchining o’zi kiyinish xonasiga kuzatib qo’yadi. Biz quyda darsning yakunlov qismini taxminiy tuzilmasini 4-chiz-ma tarzida ifodaladik. O’qituvchining darsni asosiy qismi tugagan-ligi haqidagi xabaridan so’ng o’quvchilarin mashg’ulot o’tkazilgan mayon (sport zali)ni aniq belgilangan joyida saflanish uchun buyruq beriladi va o’quvchilar ko’rsatilgan joyja darning yakunlov qismida rejalashtirilgan vazifalarni bajarishga kirishadilar. Yakunlov qismining taxminiy tuzilishi o’z ichiga quyidagi elementlarni oladi: 4-chizma Darsning yakunlov qismini tuzilishi
Turli xil yoshdagi o’quvchilar bilan o’tkazilgan Jismoniy madaniyat darslarining tayyorlov, asosiy va yakunlov qismlarini taqqoslash natija-lari tahlili birinchidan, qonuniy ravishda ularni bir-biridan farqlanishini ko’rsatdi. Ikkinchidan, Jismoniy madaniyat darslarining bir xil yoshdagilar chegarasida o’tkazilgan asosiy qismlari darsning turiga bog’liq. Uchinchidan, darsning tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlarini davomiyligini o’zgarishi o’quvchilarning yoshiga bog’liq. Boshlang’ich sinflarda darsning asosiy qismlari nisbatan bir xilda, ya’ni tayyorlov va yakunlov qismlarining davomiyligi asosiy qismning davomiyligidan ozgina farqlanadi xolos. Yuqori sinflarda esa tayyorlov, yakunlov qismlarining davomiyligi asosiy qismning davomiyligidan keskin farq qiladi. Boshlang’ich sinflarda bolalar psixologiyasi va ularning fiziologik xususiyatlari, jismoniy kuchining ozligi darsning asosiy qismida ularni organizmini va diqqatini oldinda turgan qiyin harakat faoliyatlarini bajarishga tayyorlash uchun ko’p vaqt sarflashni talab qiladi. Bundan tashqari tayyorlov mashqlarini tushuntirish va ko’rsatish katta yoshdagilarga nisbatan sekin olib borilishi darsni qismlarida o’qituvchi tomonidan ko’p vaqt sarflashni taqozo etadi. Kichik maktab yoshdagilarda yakunlov qismini asosiy qism hisobi-dan uzunroq bo’lishining sababi navbatdagi darsga o’tishga oldindan tayyorlanish lozimligidan kelib chiqadi va shu bilan asoslanadi. O’rta va yuqori sinfga o’tgan sari darsning tayyorlov va yakunlov qismlari uchun sarflangan vaqt qonuniy ravishda kamayib boradi. Chunki bu yoshdagi o’quvchilarda turli xildagi saf va tayyorlov mashqlarini aniq bajarish malakasi yuqori bo’ladi. Tushuntirish va ko’rsatish uchun kam vaqt sarflanadi, asosiy qismda o’quvchilar tomonidan katta hajmdagi yuklama bilan jismoniy mashqlarni bajarish uchun talab vujudga keladi, shunga ko’ra tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlarining turli xil yoshdagi o’quvchilar bilan o’tkazilishi turlicha va o’zlarining xususiyatlari bilan farqlanadi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fan sifatida. jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislami tayyorlashda hamda maxsus bilim olishda asosiy fan hisoblanadi. Pedagogika institut va Universitetlarida jismoniy tarbiya fakultetlarining o‘quv rejalarida bu fan jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy madaniyat va sport haqida bilimlaming to‘la tizimida o‘tish kursini ta’minlaydi. Uning mazmunini jismoniy madaniyat nazariyasining asoslari, jismoniy tarbiya, akademik Iitsey va kasb-hunar kollejlarda, katta va keksa yoshdagi kishilami jismoniy tarbiyasi hamda sport mashg^lotlari tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisalarga taalluqlidir. Bu hodisalarni tavsiflash uchun talablar: jismoniy tarbiyaning kelib chiqish sabablari; uning jamiyat hayotida tutgan o‘mi; jismoniy tarbiyaning tarixiyligi mavjud. Prezidentimiz o‘zining f,0 ‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli kitobida; «Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men, awalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli kuchni tasawur qilaman» degan. Bu esa keng qamrovli, chuqur ilmiy gcoya yangicha fikr, ta’limtarbiyaning yangicha metodik asosini boshlab beruvchi yo‘nalishlardan biridir. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishida mehnat faoliyatining mazmuni va xarakteri, fan yutuqlari va boshqa omillaming ahamiyati kabilami anglab olishlari shart. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, bu omillar jismoniy tarbiyaga alohida-alohida emas, balki murakkab bogMangan holda ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy tarbiyaning mohiyatini tushunish uchun, eng awalo, uning maxsus mazmunini aniqlash lozim. Jismoniy tarbiya har xil, ya’ni ijtimoiy va tabiiy fanlar tomonidan o‘rganiladi: jismoniy tarbiya nazariyasi, sport fiziologiyasi, sport psixologiyasi, jismoniy mashqlar biomexanikasi hamda sport turlarining nazariyasi, uning metodikasi va h.k. Jismoniy madaniyat nazariyasi - pedagogik fandir. U inson barkamolligini boshqarishning umumiy qonunlarini, shuningdek, bu qonuniyatlar asosida 0 ‘zbekiston fuqarolarining jismoniy tarbiyasi vazifalarini, metodlarini va ish maqsadlarini aniqlaydi; Jismoniy tarbiya nazariyasining mazmuni jismoniy kamol toptiradigan va Vatan mudofaasiga tayyorlaydigan tarbiya to‘gcrisidagi bilimlami tashkil qiladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotidagi hamma turlarni hamda aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi. Buni o‘rganish hamma sport-pedagogik mutaxassislariga umumnazariy asos boMadi. Chunki tarbiyani, awalo, insonning o‘ziga qaratilganligi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqib amalga oshirilayotgan "0‘zbek modelida" aniq ko‘rsatilgan - o‘zligini anglash birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug4 siymoligini anglash va o‘zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo‘lsa, ikkinchidan, uning o‘ziga xos milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, ma’naviy - insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining boMimlarida jismoniy madaniyatning umumiy ta’lim hamda kasb-amaliy tayyorgarligidagi va kundalik turmushdagi xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, sport jismoniy tarbiyaning asosiy unsurlaridan biri hamda sport faoliyatining maxsus shakli sifatida tahlil qilinadi. Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kursi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda maxsus kasb-hunar ta’limining ilmiy fundamentiga kirituvchi kengaytirilgan bilimlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Uning ahamiyati faqat bu bilimlar qiymati bilan ifodalanmaydi, u bo‘lg‘usi mutaxassisga jismoniy madaniyatning butun sohalarida kasbiy-faoliyat mazmunini toMiq tushunishiga imkoniyat beradi, uning dunyoqarashini o‘zgartiradi, jamiyat sohasidagi boshqa ishchilarning umumiy ishlari bilan bog‘laydi va shu yangi tipdagi bilim, metodlami egallashni, zarur boMgan kasbga nisbatan dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi - bu inson jismoniy kamolotini boshqarishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir. Bu fanni egallash jismoniy tarbiyaning barcha bo‘g‘inlariga tegishli masalalami hal qilishga to‘g‘ri yondashish imkonini beradi. 2.Jismoniy madaniyatning shakli va funksiyasiga xarakteristika. Ijtimoiy fanlarda "funksiya" atamasi matematika, fiziologiya va boshqa fanlarga qaraganda boshqacha ma’noga ega. Jamiyatshunoslikda bu atama (ya’ni "funksiya") qatnashmoq, ta’sir etmoq, faoliyatida qatnashmoq va shu kabi tushunchalar bilan chambarchas bog’langan. Demak, jismoniy madaniyat funksiyasi deganda insonga va insoniy munosabatlarga bo’lgan shaxs va jamiyatning ayrim talablarini qondiruvchi va rivojlantiruvchi obyektiv xususiyatlarini tushunish lozim. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, jismoniy madaniyat funksiyalari o‘z-o‘zidan emas, balki madaniy boylikka mos ravishda foydalanishga yo‘naltirilgan insonning faol harakat faoliyati orqali amalga oshiriladi. Agar bir odam gimnastika yoki boshqa sport bilan shug‘ullangan bo’lsa, jismoniy madaniyatning bu komponentlaridan foydalanish jarayonida uning ta’sirini to’liq sezadi, harakatdagi tabiiy talablarini qondiradi va shu bilan birga jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanuvchi boshqa odamlar bilan u yoki bu munosabatda bo’ladi. Shunday qilib, jismoniy madaniyat funksiyalarida, harakat jarayonida uning mazmuni oydinlashib, shaxs hamda butun jamiyat uchun ahamiyati ko‘rsatiladi. Jismony madaniyat funksiyalari boshqa funksiyalar kabi amaliyotda Bo’ladigan ma’lum shakllardan ajraladi. "Shakllar" atamalari bu yerda jismoniy madaniyatning tarkibiy turlarini, ya’ni tarkibiy aniqlikni bildiradi. Jismoniy madaniyat jamiyat va inson faoliyatining asosiy sohasidagi Bog’lanishlar hamda o‘zaro qonuniy munosabatlar turlarining yigindisisanaladi. Jismoniy madaniyatning o‘ziga xos funksiyalari awalo shunday xususiyatlarga egaki, ular insonning harakat faolligiga oid tabiiy talablarni qoniqtiradi. Shu asosda - jismoniy holatini hamda sog’liqni mustahkamlash qonuniy atlariga mos ravishda organizmni rivojlantiradi va hayotda zarur bo’lgan jismoniy qobiliyatni ta’minlaydi. Jismoniy madaniyatning o‘ziga xos funksiyalari mavjud. Ular quyidagicha farqlanadi: 1. Ta’limiy maxsus funksiyalar - umumiy ta’lim tizimida ko‘nikma va malakalar bilan bog’liq bo’lgan bilimni muntazam shakllantirish; 2. Amaliy maxsus funksiyalar - amaliy tizimda mehnatga va kasbiy yo‘nalishga qaratilgan; 3. Sport funksiyalari - yuqori natijalarni ko‘rsatish, bor imkoniyatini ishlata bilishga qaratilgan; 4. Rekreativ va sog’lomomlashtiruvchi - tiklovchi maxsus funksiyalar - dam olishda jismoniy mashqlarni ishlata olish, tiklash maqsadida Qo’llash; 5. Jismoniy madaniyatdan jamiyat foydalanish bilan bog’liq bo’lgan umumiy-madaniy, tarbiyaviy va boshqa ijtimoiy funksiyalar o‘zining jismoniy tayyorgarligini, sog’ligini qanoatlantirishga qaratilgan. Bazaviy jismoniy madaniyatga, birinchi navbatda, o‘sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim berish va tarbiyalash tizimiga xos jismoniy madaniyatning fundamental qismi kiritiladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlikning bazasi - negizi va asosiy jismoniy ta’lim hisoblanadi. Shunday qilib, bu yo‘nalishda jismoniy madaniyatdan foydalanish asosida erishilgan natija jismoniy madaniyatning asosiy shakli - "Jismoniy madaniyat maktabi" deyiladi. Chunki birinchidan, 11-12 yil davomida turmushda, hayotda zarur bo’lgan ,harakat ka‘nikma va malakalarga ega bo’ladilar; ikkinchidan, tanlab olingan ya’ni maxsuslashtirilgan sport turlariga, amaliy maxsus yo‘nalishlarga ko'maklashadi va ularning fundamental negizi hisoblanadi. Bunday jismoniy tayyorgarlikni, sportga yo‘nalishni va boshqalarni jismoniy madaniyat negizi amalga oshiradi va imkoniyat yaratadi. Shuning uchun ham bu maxsus funksiya deyiladi. 2. Sport - jismoniy madaniyatning komponenti sifatida Oldin aytib o ‘tilganga ko‘ra zamonaviy sport turlarining ko'pchiligi jismoniy madaniyat maxsus elementlari sifatida shakllana borgan. Boshqa komponentlarga qaraganda sport jismoniy sifatlarni va u bilan bevosita bog’liq bo‘lgan inson qobiliyatlarini asta rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilgan. Sportning maxsus funksiyalari "yuqori sport yutuqlarida va ommaviy sportda" bir xil ifodalanmagan. Katta sport yuqori natijalarni ko‘rsatishga, rekord natijalarni ko‘rsatishga, butun imkoniyatlarini shu natijani ko‘rsatish uchun sarflaydi, muntazam mashq qilib tayyorgarlik ko‘radi. Ommaviy sport - ommaviylikni oshirishga imkoniyat yaratadi. Jismoniy madaniyat negizi umumiy jismoniy tayyorgarlikni saqlash va oshirishga qaratilgan. 3. Kasb - amaliy jismoniy madaniyat. U xususiy kasb-amaliy va harbiy-amaliy jismoniy madaniyatga bo’linadi. Kasb-amaliy jismoniy madaniyat va bazali jismoniy madaniyat umumiy jismoniy tayyorgarlikni tashkil qilish asosida kasb-amaliy jismoniy tayyorgarlik ko‘riladi. 4. Sog’lomlashtiruvchi - tiklovchi jism oniy madaniyat. Jismoniy madaniyatning bu bo’limi jismoniy mashqlardan kasallikni davolovchi va kasallik, shikastlanish, charchash va boshqa sabablarga ko‘ra buzilgan yoki yo‘qotilgan organizm funksiyalarini tiklovchi vosita sifatida ajralib chiqdi - davolovchi gimnastika, vaqtni nazorat qilgan holda yurish, yugurish va h.k. 5. Fonli jismoniy madaniyat. Bunga gigiyenik jismoniy madaniyat (ertalabki gigiyenik gimnastika, sayrlar va boshqa jismoniy mashqlar bo4lib, katta yuklama bilan bog’liq bo’lmaydi) va reaktiv jismoniy madaniyat (faol turizm, ov, jismoniy madaniyat, sport o ‘yinlari va ko‘ngil ochishlar) kiradi. 6. Jismoniy-madaniyat va boshqa madaniyat bo‘lim!arining birlashgan komponentlari: A) Jismoniy madaniyat teatrlashtirilgan shakllari - Jismoniy madaniyat paradlari, ko‘rgazmali sport chiqishlari va h.k.. В) Jismoniy madaniyat arxitekturasi. Jismoniy madaniyat - jismoniy tarbiya nazariyasining eng keng tushunchasidir. U yuqorida ko‘rib o ‘tilgan hamma tushunchalarni o'z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, jismoniy tarbiya poydevorini qurish demakdir. 3.Jismoniy madaniyat fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Jismoniy tarbiya - insonni jismoniy kamolotga erishishiga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy madaniyat jarayonida aqliy, axloqiy, estetik tarbiya va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi ijtimoiy, tabiiy va pedagogik fanlar bilan Bog’liqdir. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling