Mavzu: jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish usullari


UMUMTA’LIM MUASSASALARIDA JISMONIY TARBIYA DARSLARINI TASHKIL QILISH


Download 46.43 Kb.
bet2/18
Sana15.11.2023
Hajmi46.43 Kb.
#1774733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1 .UMUMTA’LIM MUASSASALARIDA JISMONIY TARBIYA DARSLARINI TASHKIL QILISH.

Dars – jismoniy tarbiya mashgʻulotlarining tizimli shakli boʻlib, bir xil yoshdagi, bir xil kontingentdagi bolalarga belgilangan vaqt ichida dastur mavzularini oʻqitish jarayonidir.
Maktab darsi jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish uchun mashgʻulotlarning alohida shakli boʻlib u akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy oʻquv yurtlari, gimnaziya va boshqa oʻquv muassasalardagi mashgʻulotlardan oʻzining maqsadi va vazifalari bilan farqlanadi.
Jismoniy tarbiya jarayoni bir yillik emas. Mazmuni va tashkillanishining turli tumanligi bilan xarakterlanadigan mashgʻulotlar, darslar turkumi orqaligina tarbiyaning bu yoʻnalishida ma’lum natijalarga erishishni maqsad qilib qoʻyish mumkin. Har bir darsda alohida vazifalar hal qilinadi. Oldin oʻqitilgan (oʻrgatilgan)ni va keyin oʻqitiladigan mavzulari bir biri bilan harakatning ayrim yoki boʻlaklari bilan albatta bogʻlanishi va tuzilishi bilan farqlanadi hamda belgilangan tizim asosida olib boriladi.
Jismoniy tarbiya darslarining xarakterli tomoni shundaki, u maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis tomonidan, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarligi taxminan bir-biriga yaqin kontigent bilan bir necha yilga moʻljallangan dastur asosida hamda ma’lum tizimga solingan jadval asosida tashkillashtiriladi. Darslar umumiy jismoniy tarbiya, kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi va sport ixtisosligini yoʻlga qoʻyish maqsadida oʻtkaziladigan mashgʻulotlarning tizimli va nisbatan tejamli, samarali shaklidir.
Jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish mashgʻulotlarning boshqa tipik shakllari oʻzining davriyligi, tizimli emasligi, faqat bir marotabaliligi, individualligi bilan darslardan tubdan farqlanadi. Koʻpincha mashgʻulotlarning yuqorida qayd qilingan shakllari darsni toʻldiradi va uni xususiy va umumiy vazifalarini toʻldirishda qoʻshimcha rol oʻynaydi. Lekin ular aholini fizkulptura boʻyicha ma’lum darajadagi talablarni toʻla qondirib mustaqil ahamiyat kasb etadi.

Download 46.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling