Mavzu: Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari ksbiy faoliyatlarining mazmuni Reja: Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mutaxassisi faoliyati imkoniyatlari


Jismoniy tarbiya va sport mutaxassisi kasbiy malakasini


Download 1.46 Mb.
bet3/4
Sana28.03.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1301740
1   2   3   4
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT MUTAXASSISLARI FAOLIYATINING PEDAGOGIK JIHATLARI

Jismoniy tarbiya va sport mutaxassisi kasbiy malakasini


oshirish talablari

Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mutaxassisligi yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi maxsus fanlardagi mukammal bilimga va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.


Mutaxassislikka kirish: Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavri mutaxassisligini mazmuni. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari sport trenerlariva murabbiylari sport yo‘riqchilari kasbining maqsadi va vazifasi. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini kasbiy faoliyati. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini kasbiy tayrgarliklari. Jismoniy tayyorgarlik, texnik, taktik tayyorgarlik, ruhiy tayyorgarlik, nazariy tayyorgarlik, ma’naviy va ma’rifiy tayyorgarlik, umumiy va maxsus tayyorgarlik.


Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mutaxassislarini ish hujjatlarini tuzish. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlari. Yashash joylarida jismoniy tarbiya tadbirlari, ishlab chiqarish va sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaliklarida jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va boshqarish. Sport inshootlari va sport johozlaridan foydalanishni talab qoidalari, sport mashg‘ulotlarini tashkil etish va boshqarish. Sport turlari bo‘yicha o‘quv yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazish, sportga saralash va yo‘naltirish tadbirlarini tashkil etish.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha milliy tadqiqotlar o‘tkazish, jismoniy tarbiya va sportga doir uslubiy qo‘llanmalar, tavsiyanomalar, yo‘riqnomalar, darsliklar, ilmiy maqolalar, tezislar tayyorlash va ishlab chiqish. Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha qarorlar va farmonlar me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish va tahlil etish. Ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlari tashkil etish va boshqarish. Maktabgacha muassasalarida kasalxona, dam olish maskanlarida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil etish va boshqarish.


O‘zbekistonda jismoniy tarbiyani tashkil etish va boshqarish. O‘rta Osiyoning qadimgi halqlari tarixida jismoniy madaniyat Sak, Massaget, So‘g‘diy, Xorazmiy, Toxar qabilalarining jangavor hayoti. Kushon, Eftolitlar, Parfiya, Baktriya davlatlarida harbiy jismoniy tayyorgarlik usullari. Grek, Makedon qo‘shinlari Eronliklar, Qora xitoylar, Arab bosqinchilari, CHingizxon qo‘shinlari, Rossiya istelochilariga qarshi xalq ozodlik kurashlari va xalq qahramonlari. Shiroq, To‘maris, Spitamen, Muqanna, G‘urak, Abu Muslim, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik va boshqalar hayoti.


Temuriylar davrida harbiy jismoniy tayyorgarlik. Amir Temurning harbiy san’ati Temur tuzuklari. Amir Temurning davlat boshqaruvlari. Turkiy xalqlar tarixida milliy sport turlari va o‘yinlarining shakllanishi va rivojlanishi. Milliy urf-odatlar va an’analar. XX asr davomida O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning taraqqiyoti O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport tizimi jismoniy tarbiya va sportning boshqaruv organlari. Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi. Havaskorlik va professional sport uyushmalari. O‘zbekistonning halqaro sport va halqaro olimpiya harakatida ishtiroki. O‘zbek sportchilarining halqaro sport musobaqalaridagi ishtiroki. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi, jismoniy tarbiya sportni irvojlantirish hamda ommaviylashtirish bo‘yicha buyruq, qaror, farmon va nizomlari. Jismoniy tarbiya sportni rivojlantirish bo‘yicha jamg‘arma va fondlarni tashkil etish. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish tadbirlari.


Sport trenirovkalarini nazariy asoslari: jismoniy rivojlanish, mashq ko‘rganlik, sport shaklsi. Sportchining tayyorgarligi. Jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik tayyorgarlik, nazariy tayyorgarlik. Sport trenirovkasi vositalari. Maxsus jismoniy mashqlar sport natijalariga iqlim sharoiti va atrof muhitni ta’siri. Trenirovka davrlarini rivojlantirish, tayyorgarlik, musobaqa va o‘tish davrlari. Sport mutaxassisligiga erishish. Boshlang‘ich davr, rivojlantirish va takomillashtirish davri, yuksak natijalarga erishish davri. Sportga yo‘naltirish va saralash tadbirlari. O‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini tashkil etish. Sport bilan mustaqil shug‘ullanish. Sport bilan shug‘ullanishda to‘g‘ri ovqatlanish, dam olish, gigienik talablarga rioya qilish. Sport bilan shug‘ullanishda tibbiy nazorat va o‘z- o‘zini nazorat qilish.
Hakamlikni nazariy asoslari: Sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish va boshqarish. Tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi musobaqalar, halqaro musobaqalar, Qit’a va Jahon birinchiliklari, olimpiada o‘yinlari musobaqalari tartib qoidalari. Sport uyushmalari aro sport musobaqalari ishlab chiqarish sanoat korxonalari –ishloq xo‘jaligi ta’lim va tibbiyot tizimi, mudofaa va ichki ishlar uyushmalarini sport musobaqalari turlari mazmuni, maqsadi va jamoa birinchiliklari, an’anaviy sport musobaqalari, ochiq sport turnirlari. Musobaqalar nizomi. Musobaqalarga talabnoma berish tartibi. Musobaqalar bayonnomasini qayd etish. Musobaqalar o‘tkaziladigan inshootlarga qo‘yiladigan talablar. Musobaqalarni ommaviylashtirish. Axborot vositalari, tibbiy yordam, san’atkorlar, muxlis va jismoniy bilimlarni jalb etish. Musobaqalarni boshqarish, hakamlar tartibi, bosh hakam yordamchi hakamlar, maydondagi, gilamdagi hakamlar, orbitr referi, axborotchi hakam, vaqtni nazoratchi hakam, kompyuter psixologiyasini boshqaruvchi hakam e’tirozlarini hal etuvchi hakam, sport turlariga muvofiq hakamlar tartibi va vazifalari. Musobaqalarda qur’a tashlash va saralash tizimlari. Aylanma va olimpiya tizimlari. Sport turlari bo‘yicha hakamlar tayyorlash tizimi. Hakamlik toifalari. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, sport mutaxassisliklarini hakamlik bo‘yicha tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

Kichik maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi: boshlang‘ich sinf


o‘quvchilarini jismoniy tarbiyasi maqsadi va vazifasi. Jismoniy tarbiya vositalari, jismoniy tarbiya tadbirlari. Jismoniy tarbiya darslari. Jismoniy tarbiyada sinfdan va maktabdan tashqari ishlar. Yashash joylarida va oilada jismoniy tarbiya. Kuni uzaytirilgan guruxlarda jismoniy tarbiya. Boshlang‘ich


sinif o‘quvchilar, engil atletika, kross yugurishlari, gimnastika va xarakatli


o‘yinoarga o‘rgatish uslubiyoti.


Xarakatli o‘yinlar maqsadi va vazifasi. Xarakatli o‘yinlar turlari va


mazmuni. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy rivojlanishini nazorat qilish


va baxolash. Jismoniy tarbiya jarayonida tibbiy nazorat. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini sportga yo‘naltirish va saralash. Jismoniy tarbiya ta’sirida organizimda bo‘ladigan ijobiy va salbiy o‘zgarishlar. To‘g‘ri qadu qomatni shakillantirish. Xarakat faoliyati sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish.




Xulosa

Bitiruv malakaviy ishimizda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport murabbiylarining kasbiy faoliyati shakllari va turlari tahlil etildi. Jismoniy tarbiya mutaxassislari oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tayyorlanadilar. Ularning ta’lim tarbiya jarayoni nazariy bilimlar va amaliy malaka va ko‘nikmalar egallash shakllaridan iborat bo‘ladi.


Nazariy bilimlar ma’ruza, seminar va tajriba mashg‘ulotlari davomida berib boriladi va o‘zlashtiriladi. Amaliy mashg‘ulotlarda sport turlari va jismoniy harakatlarning texnik va taktik shakllari o‘rganiladi xamda jismoniy fazilatlar takomillashtirilib boriladi.


Shuningdek sport turlari bo‘yicha mutaxassislik mashg‘ulotlarida texnik va taktik xamda jismoniy tayyorgarlikdan ega bo‘lgan sport tayyorgarligi malaka va ko‘nikmalari shakllantiriladi. To‘liq mutaxassislikka ega bo‘lgan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport murabbiylari faoliyati ta’lim muassasalari xamda yashash joylarida jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etish va boshqarishdan iborat bo‘ladi.


Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlari ertalabki badan tarbiya, jismoniy tarbiya darslari, dars davomidagi fikult daqiqalar, katta tanaffusdagi harakatli o‘yinlar, sport to‘garaklaridagi mashg‘ulotlar, sport musobaqalari va bayramlar, kun tartibidagi sayrlar va sayyohlik yurishlaridan iborat bo‘ladi. Bolalar bilan yashash joylarida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya tadbirlari harakatli o‘yinlar, sport mashg‘ulotlari, musobaqalar, bellashuvlar va bayramlar shaklida tashkil etiladi.


Jismoniy tarbiya mutaxassislari bolalar va aholi bilan jismoniy tarbiya sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini nazariy mashg‘ulotlar, amaliy mashg‘ulotlar shakllarida tashkil etadilar. Nazariy bilimlar jismoniy mashqlar va sport turlarining maqsadi va vazifasi, shakllari xamda ularning organizmga ta’siri kabi masalalarni o‘rgatadi. Amaliy mashg‘ulotlarda jismoniy harakatlar malaka va ko‘nikmalari shakllantiriladi. Sport turlari harakatlarining texnika va taktikasi egallanadi xamda jismoniy fazilatlar rivojlantiriladi. Amaliy mashg‘ulotlarda


shug‘ullanuvchilar harakatlarni amalda bajarib malaka va ko‘nikma xosil qiladi. Buning uchun jismoniy tarbiya mutaxassislari mashqlarni amalda bajarib ko‘rsatadilar. Bu murabbiylarni amaliy tayyorgarliklari yuqori bo‘lishligini talab etadi.


Jismoniy tarbiya mutaxassislarining barcha faoliyat turlari bolalarni va aholini sog‘lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish vazifalarini hal etishga qaratilgan bo‘ladi. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining kasbiy tayyorgarliklarini takomillashtirish hamda ta’lim va tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etilishi bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash kasbiy tajribalarini ortirib borish keng tashkil etilgan.


Kasb hunar kollejlari jismoniy tarbiya mutaxasssilarining kasbiy tayyorgarliklarini takomillashtirish maqsadida har uch yilda kasbiy malaka oshirish va qayta tayyorlash tashkil etiladi. Kasbiy malakalarni oshirishda va qayta tayyorlash jarayonlarida tinlovchilarga jismoniy tarbiya va sport sohasining etuk mutaxassislari nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boradilar. Mashg‘ulotlar yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilib tinglovchilarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bilimlari bilan birga iqtisodiy va xaquqiy bilimlari, horijiy tillarni o‘rganish darajalari hamda ta’lim va tarbiya jarayonlarida kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish malakalari ortirib boriladi.





Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling