Mavzu: jismoniy tarbiya vositalari


Download 13.89 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi13.89 Kb.
#1792632
Bog'liq
Jismoniy tarbiya o\'qitish prinsiplari. Maxsus tamoyillar




Mavzu: Jismoniy tarbiya o'qitish prinsiplari. Maxsus tamoyillar
Reja:
1.Jismoniy tarbiya o`qitish prinsiplari
2.O‘quvchi faoliyatini uzluksiz-ulab tashkillash usuliyati
3. Maxsus tayyorgarlik 
Jismoniy tarbiya darsida o’quvchilar faoliyatini tashkil etish usullari
Jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy printsiplari
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti umumiy printsiplari va jismoniy tarbiya nazariyasi usuliyatining printsiplari deb ataladigan printsiplarga tayanadi: Bo’lardan tashqari, jismoniy tarbiyaning ayrim ko’rinishlari va xususiyatlarini ifodalovchi (masalan, sport, trenirovkasi, kosmonavtlar, o’t o’chiruvchilar trenirovkasi va hokazo) printsiplari ham mavjud. Ular bir-biri bilan uzviy bogliq bo’lib, printsiplarning yagona tizimini tashkil etadi. Eng avvalo, biz jismoniy tarbiya nazariyasining umumiy printsiplari bilan tanishib chiqaylik. Ular: a) jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bogliqligi; b) shaxsni har tomonlama rivojlantirish; v) jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga yo’naltirish printsipi deb guruhlanadi.
Jismoniy tarbiya jarayonida nazariy printsiplar, bir tomondan, nizom vazifasini o’tasa, ikkinchi tomondan, jismoniy tarbiya jarayonida o’qituvchini nazariy va metodik jihatdan ma’lum ramka (qolip)ga, yo’nalishga soladi. Pedagogik jarayon va amaliy faoliyatda printsip majburiyat, qonun tarzida ahamiyat kasb etishi mumkin.

O‘quvchi faoliyatini uzluksiz-ulab tashkillash usuliyati. Mashqni bajarish navbatini tushuntirishlarsiz, uslubiy ko‘r-satmalarniharakatni bajarish ritmiga moslab, xatolarni tuzatish uchun guruhni to‘xtatmay, yuqori zichlikka erishish maqsadidaharakat faoliyatini to‘la bajarish tarzida namoyon bo‘ladi. Bu uslubiyatning afzalligi yuklama meoyorini, unihajmini, intensivligini guruhdagi barcha o‘quvchi uchun (jis-moniy tayyorgarligidan qatoiy nazar) bir xilda bo‘lishligiga erishishdir. Bu bilan sinf, guruh o‘quvchilari umumiy jismoniy tayyorgarligini baholash, ayniqsa, o‘quvchilarning o‘zlari uchun tengdoshlariga nisbatan o‘zharakat imkoniyatlari darajasini taqqoslash, solishtirish imkoniyati yaratiladi. Asosan darsning tayyorlov, yakunlov qismlarihamda yangi materialni o‘zlashtirish boshlangan darsning asosiy qismida ko‘proq foydalaniladi.


O‘quv guruhi (sinf)ni guruhlarga ajratish usuliyatining mazmuni jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi, darsda qo‘yilgan vazifalarni turli-tumanligi, unihal qilish uchun lozim bo‘lgan jihozlarnihisobga olish bilan, ko‘p sonli o‘quvchilar guruhini mayda, kichik guruhlarga ajratishdir. U uslubiyatdan asosan darsning asosiy qismida foydalaniladi. O‘quvchi faoliyatini tashkillash, guruhchalarga ajratish uslu-biyati taolim jarayonida jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarliginihisobga olib shug‘ullanish imkoniyatini yara-tadi. Bu o‘z navbatida o‘qitish jarayonini kuchiga yarasha, jismoniy imkoniyatinihisobga olishdek afzalliklarni vujudga keltiradi va taolim jarayoni uchun sarflanayotgan vaqtni tejaydi.har bir guruh o‘qituvchi topshirig‘i bilan mustaqil, alohida vazifanihal qilishga yo‘naltiriladi.

Maxsus tayyorgarlik esa, muayyan sport turi uchun – xos bo’lgan sifat va qobiliyatlarni rivojlantirishni ta’minlaydi, shuningdek, unga xos texnik va taktik bilim va malakalar bilan qurollantiradi.


Umumiy tayyorgarlikni ham, maxsus tayyorgarlikni ham, mashgulot jarayonidan olib tashlab yoki birini ikkinchisi bilan almashtirib bo’lmaydi. Chunki umumiy va maxsus tayyor-garlikning orasida o’zaro uzviy bogliqlik mavjud. Ularning o’rtasidan chegara o’tkazish mumkin emas. Ayrim mutaxassislar shunga tayanib, sport trenirovkasining bu jihatlarini ajrat-maslikni taklif qiladilar. Bizning fikrimizcha esa umumiy va maxsus tayyorgarlik o’zining xususiy funktsiyalari, vosita-lari, usullari va shuningdek, mashgulot jarayonlari bilan birmuncha farq qiladi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik sport ixtisosining muhim omilidir, umumiy jismoniy tayyorgarlik esa sportchi rivojlanishining u yoki bu tomonlari orasidagi turli xil aloqalar orqali ixtisoslashish jarayoniga bilvosita ta’sir qiluvchi omildir.
Sportchining umumiy tayyorgarligi ixtisosligi xususiyatlarini ham aks ettirishi lozim. Chunki, alohida jismoniy mashqlar davomida ijobiy va shuningdek, salbiy ta’sirlar uchrab, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida bir xil bo’lishini cheklab turadi.
Ko’rganimizdek, umumiy tayyorgarlik har xil sport turlarida turlicha bo’ladi, ammo uni maxsus tayyorgarlik bilan aralashtirib bo’lmaydi.
Umumiy va maxsus tayyorgarlik sport trenirovkasida har doim, ko’p yillar davomida amalga oshiriladigan uzluksiz jarayon: qator mualliflar sportchining mahorati ortib borishi bilan umumiy jismoniy tayyorgarlik

mashgullarining soni va unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish kerak deb ishontirishga urinadilar. UJTning hajmi unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish hisobiga emas, balki maxsus jismoniy tayyorgarlik ustida ko’proq ishlash hisobiga qisqartilishi kerak. Mashgulot turkumlarida UJT va MJTning o’zaro munosabatiga kelsak, u quyidagicha ifodalanadi: tayyorgarlik davrining I bosqichida ayniqsa poydevor mezotsiklida UJT ustunlik qiladi, keyin-chalik asta-sekin u kamaytiriladi, tayyorgarlikning II bosqi-chida va musobaqalashish davrida MJT ortadi, bu davrda UJT faol dam olish shaklida markaziy o’rin egallaydi.


Jismoniy madaniyat tizimining vujudga kelishi uning tarkib topishi
U yoki bu kasb egalari o`zaro muloqot davomida o`z kasbi va hunariga oid ma’lum tushunchalar va iboralardan foydalanadilar. Fanning ma’lum sohasini o`rganish va uni o`zlashtirish ana shu yetakchi tushunchalarning mazmuniga bog`liq. Ularning mazmuni va hajmini aniqlamay turib, jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining ko`pdan-ko`p hodisalari va masalalarini to`g`ri tushunib olish qiyinlashadi, jismoniy tarbiya nazariyasi fanini muvaffaqiyatli egallab bo`lmaydi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatida qo`llaniladigan yetakchi tushunchalarga quyidagilar kiradi: jismoniy rivojlanish, jismonan tayyorgarlik, jismoniy tarbiya, inson jismining madaniyati, sporti, jismoniy kamolot.
Download 13.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling