Mavzu: jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish usullari


Download 242.5 Kb.
bet1/12
Sana21.04.2023
Hajmi242.5 Kb.
#1368280
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Jismoniy tarbiya vosiitalaridan foydalanish usullari


MAVZU: JISMONIY TARBIYA VOSITALARIDAN FOYDALANISH USULLARI


REJA:


KIRISH ……………………………………………………………………………3
I.BOB. JISMONIY TARBIYA VOSITALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH USULLARI……………………………………………………5
1.1. Jismoniy tarbiya vositalariga tavsif…………………………...………….5
1.2. Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari va mazmuni………………...……..7
1.3. Jismoniy tayyorgarlikning vositalari va uslublari. ……………………....9

II.BOB. JISMONIY TARBIYA VOSITALARIGA UMUMIY TASNIF……16


2.1. Jismoniy mashqlar- jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi…...………….16
2.2. Jismoniy mashqlar tasnifi…………………………………………….....17
2.3. Jismoniy mashqlar- jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi……………....23
XULOSA ………………………………………………………………………...34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………………….35


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda mustaqillik yillarida aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratildi, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik hamda vatanparvarlik, ona-Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish va maqsadli tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach jismoniy madaniyat va sport masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Respublikamizda «Jismoniy tarbiya va sport» bilan bog’liq qonunlarning qabul qilinganligi jismoniy madaniyat va sport ishlarini rivojlantirishga keng yo’l ochib berdi. Buning natijasi o’laroq, ta’lim muassasalari va boshqa turdagi jamoalarda sport turlari bo’yicha to’garaklarni tashkil qilish, ulardagi mashg’ulotlarni har tomonlama takomillashtirish yo’lida ko’pgina ishlar amalga oshirilmoqda.Bolalar sportini rivojlantirishning eng muhim omillari: umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kolejlarida jismoniy madaniyat darslariga jiddiy e’tibor qaratish, iqtidorli va qobiliyatli o’quvchilarni aniqlash, ularni sport turlariga yo’naltirish, o’quvchilarning sport bilan muntazam va izchil qatnashishlari uchun sport mashg’ulotlari jarayonini puxta tashkil etish va ular uchun maksimal sharoitlar yaratib berish kabilardir. Bu kabi muammolarni hal etish uchun esa aniq va puxta ishlangan rejalar ilmiy va uslubiy tavsiya hamda qo’llanmalar talab etiladi.Shuni ham ta’kidlash joizki, joylarda viloyat, shahar, tuman hokimiyatlari qoshida jamg’armalarning tashkil etilishi va hukumat tomonidan bolalar sportini rivojlantirish masalasi bilan muntazam shug’ullanib borilishi hozirda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Biroq bu bilan muammoni uzil-kesil hal qilib bo’lmaydi.

Download 242.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling