Mavzu: jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari
Download 51.21 Kb.
|
JISMONIY TARBIYANING DIDAKTIK TAMOYILLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Umumiy didaktik tamoyillar
Tamoyillar tizimi
Jamiyatda tarbiyalash strategiyasining umumiy ijtimoiy tamoyillari Shaxsni xar tomonlama rivojlantirish tamoyili Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy faoliyat bilan bog’liqligi tamoyili Sog’lomlashtirishga yo’naltiruvchi tamoyil Ta’lim va tarbiyaning umumiy tamoyillari Onglilik va faollik tamoyili; Ko’rsatmalilik tamoyili; Muntazamlilik Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish tamoyili Talablarni asta sekin va tobora oshirib borish tamoyili Jismoniy tarbiya jarayonida tartibga soluvchi (boshqaruvchi) tamoyillar Jismoniy tarbiyaning maxsus tamoyillari Uzluksizlik tamoyili; Yuklama va dam olishning tizimli uyg’unlashuvi tamoyili; Rivojlantiruvchi-mashqlantiruvchi ta’sirlarni asta-sekin oshirib borish tamoyili; Takroriylik va variatsiyalash (shaklini o’zgartirib qo’llash) tamoyili Yuklamalar dinamikasining moslashtirilgan muvozanat tamoyili; Mashg’ulotlarning siklli tuzilishi tamoyili; Jismoniy tarbiya yo’nalishlarining yoshga mosligi tamoyili. 3.Umumiy didaktik tamoyillar Umumiy didaktik tamoyillar – jismoniy tarbiya jarayonining umumiy metodikasini belgilab beruvchi dastlabki qoidalardir. Inson organizmi va psixikasiga jismoniy mashqlar bilan muntazam ta’sir ko’rsatish jismoniy mashqlarning qo’llanish metodikasi bu ta’sirlar qonuniyatlariga mos kelgan hollardagina muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. Ular asosiy va umumiy qoidalarni, shuningdek, jismoniy tarbiya jarayonining har xil tomonlarini o’rganuvchi qator fanlarning ma’lumotlarini taqqoslash orqali berilgan tavsiyalarni aks ettiradi. Jismoniy madaniyat nazariyasida amal qilinadigan “jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqligi”, “Jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiyaning sog’latashtirishga yo’naltirilganligi”, “shaxsni har tomonlama rivojlantirishga yo’naltirilganligi» dek nazariy (ayrim adabiyotlarda “umumiy tamoyillar” yoki “nazariy tamoyillar” deb ataladigan) tamoyillardan tashqari jismoniy madaniyat ta’limi jarayonida foydalaniladigan uslubiy tamoyillar ham mavjud bo’lib ularga oid bilimlar kasbiy nazariy tayyorgarlikning asoslarini tashkil qiladi. Ta’lim va tarbiya jarayonidagi qayd qilingan tamoyillar inson tarbiyasining o’ziga xos xususiyligi orqali jarayonga alohida mazmun va talablar qo’yadi. Ular inson faoliyatining biologik, fiziologik, bioximik, biomexanik qonuniyatlari bilan bog’liq va jismoniy madaniyat ta’limi jarayonida kutilgan natijalarga “Onglilik va faollilik (aktivlik)”, “Ko’rgazmalilik”, “Munatazamlilik”, “Kuchiga yarashalik va individu allashtirish”, “Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish”dek uslubiy printsiplar va qoidalarga tizimli rioya qilish orqaligina erishilishini amalda isbotlab qo’ydi. Download 51.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling