Mavzu: Jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi asosiy funksiya va shakllari Reja


Download 32.22 Kb.
bet3/4
Sana20.12.2022
Hajmi32.22 Kb.
#1039451
1   2   3   4
Bog'liq
Asosiy funksiya va shakllari

1) Ta’lim va tarbiya funksiyasi. Jismoniy tarbiyaning umumiy ta’lim tizimidagi doimiy tarzdagi, hayotda kerak bo‘ladigan, harakat ko‘nikmasi va malakalarini, ular bilan bog‘liq bilimlarni tashkil topishida foydalanganda to‘liq ko‘rinadi.
2) Amaliy funksiyasi. Jismoniy tarbiyaning mehnat faoliyatida, professional amaliy tayyorgarlik omili sifatida maxsus tayyorgarlik tizimida qo‘llanganda ko‘rinadi.
3) Sport funksiyasi. Sportni yuqori ko‘rsatkichlar sohasida, jismoniy tarbiya maksimal natijalarga erishish omili hamda jismoniy va unga bevosita taalluqli imkoniyatlarni ko‘rsatishda aniq ko‘rinadi.
4) Rekriativ va sog‘lomlashtirish-reabilitatsiya funksiyasi. Jismoniy tarbiyani dam olishni tashkil qilish sohasida yoki organizmni maxsus qayta tiklash tizimida, charchashga qarshi kurash omili sifatida, emotsional talablarni qondirishda va organizmni vaqtincha yo‘qotgan funksional imkoniyatlarini qayta tiklashda ko‘proq ko‘rinadi. Ko‘pgina ilmiy ishlarda gipodinamiya yurak qon-tomir tizimi kasalliklariga olib kelishi isbotlangan. Shuning uchun ham rekriativ va sog‘lomlashtirish funksiyasining ahamiyati juda katta.
Jismoniy tarbiyaning bu funksiyalarini amalga oshirish obyektiv ravishda faqatgina kishining jismoniy sifatlarigagina bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki uning ruhiy va shaxsiy sifatlariga ham bog‘liqdir.
Umumiy funksiyalari. Tarbiyaga taalluqli bo‘lgan hamma umumiy funksiyalar, u yoki bu holda jismoniy tarbiya sohasida ham ko‘rinadi.
1) Estetik funksiyasi. Jismoniy tarbiyani o‘ziga xos xususiyatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, insonlarni jismoniy kamolotga, sog‘lom bo‘lishga, umumiy garmonik rivojlanishiga bo‘lgan talablarini qondiradi. Shuning uchun ham har xil san’at turlarida jismoniy tarbiya turlarini qayd qilish keng yo‘l olgan bo‘lsa, sportning o‘zi ham san’atning ko‘pgina ko‘rinishlarini qabul qiladi.
2) Normativ funksiyasi. Jismoniy tarbiyani jamiyatdagi amaliyotda ishlatilishi bilan, ma’lum mezonlar ishlab chiqiladi va mustahkamlanadi. Bular esa tartiblashtirilgan, sport ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirilgan ko‘rsatkichi, jismoniy kamolotning umumiy kriteriyalari, jismoniy yuklamani me’yorlashtirish qoidalari va h.k. bo‘ladi.Bular amaliyotda “Alpomish va Barchinoy” sport majmuasi va O‘zbekiston Respublikasi sport klassifikatsiyasida yaxshi ko‘rsatilgan.

Download 32.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling