Mavzu: jizzax axolisi va uning joylashishi
Download 45.3 Kb.
|
JIZZAAXXXXXXXXXX
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Viloyat haqida
MAVZU: JIZZAX AXOLISI VA UNING JOYLASHISHIJIZZAX AXOLISI VA UNING JOYLASHISHI REJA: Kirish. 1.Jizzax viloyati haqida:geografik joylashuvi,aholisi va tarixi. 2.Viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. Xulosa Foydalanilgan saytlar ro’yxati. Kirish Jizzax viloyati O’zbekiston Respublikasining markaziy qismida joylashgan o’ziga xos tarixga ega,ulkan siyosiy,iqtisodiy,ma’naviy mavqega ega bo’lgan,fan,ma’daniyat,turizm ravnaq topgan viloyatlardan biridir.Jizzax-uzoq yillik tarixga,o’ziga xos madaniyatga ega yurt.Jizzax viloyati paxta va g’alla yetishtirish bo’yicha mamlakatda yetakchi viloyat hisoblanadi. Jizzax viloyati tarixining juda boyligi va oʼziga xosligi, shuning bilan birga, zamonaviy taraqqiyot imkoniyatlari kengligidan kelib chiqib, xalqaro tashkilotlar va xorijlik sayyohlarni ohanrabodek oʼziga tortib kelmoqda. Zomin, Baxmal togʼlari, jaxonga mashhur Jizzaxning somsasi, oshi, Zomin tandiri, Baxmal olmasi boshqa maskanlarda topilmas moʼjizalar sirasiga kiradi. 1.Viloyat haqida Viloyat 1973-yil tashkil etilgan bo’lib,ma’muriy markazi Jizzax shahri.Viloyat maydoni 21,2 ming kv.km bo’lib, respublika umumiy maydonining 4,7 foizini tashkil etadi.Aholisi 1450 ming (2022-yil holati bo’yicha) kishi yoki Respublika aholisining 4,1 foiziga teng.Aholining 89 foizini o’zbeklar, 3.1 foizini qirg’izlar, 2.3 foizini tojiklar, 1.2 foizini ruslar, 0.5 foizini tatarlar, 3.9 foizini boshqa millat vakillari tashkil etadi. Viloyat O’zbekistonning markaziy mintaqasida joylashgan.Uzunligi sharqdan g’arbga 180 km, janubdan shimolga 175 km. ni tashkil etadi.Viloyat shimol va shimoli-sharq tomondan 216.9 km uzunlikda Qozog’iston Respublikasi bilan,sharq tomondan 91.9 km uzunlikda Sirdaryo viloyati bilan,Sharq va Janubi-sharq tomondan 326,7 km uzunlikda Tojikiston Respublikasi bilan,janub va janubi-g’arb tomondan 199,8 km uzunlikda Samarqand viloyati va g’arb tomondan 83,7 km uzunlikda Navoiy viloyati bilan chegaradosh. Viloyat relyefi pasttekistliklar, choʼl va dashtlar, qirlar va togʼlardan hamda tabiiy koʼllardan iborat. Togʼ yon bagʼirlaridagi adirlarda lalmikor dehqonchilik, bogʼdorchilik, uzumchilik va chorvachilik rivojlangan. Hudud rang-barang tabiiy manzaralari,noyob va ekzotik relyefi, oʼziga xos moʼtadil iqlimga ega. Zomin, Baxmal, Forish va Yangiobod togʼlari va togʼ yon bagʼirlarida archazorlar, bodomzorlar, yongʼoqzorlar, kamyob shifobaxsh oʼsimliklar mavjud. Viloyatning Аrnasoy, Doʼstlik, Mirzachoʼl, Zarbdor, Zafarobod va Sharof Rashidov tumanlari viloyat qishloq xoʼjaligi yukini yelkasiga olgan. Bu tumanlarda dehqon va fermerlar gʼalla, paxta, pilla va boshqa qishloq xoʼjaligi mahsulotlari yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishmoqdalar. Viloyatning umumiy ekin ekiladigan maydonlarining 261,2 ming gektari sugʼoriladigan, 993,4 ming gektari lalmi yerlardir. Ushbu yer maydonlari asosan Sirdaryo daryosidan 127 km uzunlikdagi Sarkisov nomli Janubiy Mirzachoʼl kanali orqali suv oladi. Shuningdek, uzunligi 143 km boʼlgan Sangzor daryosi va 94 km uzunlikdagi Tuyatortar kanali orqali Zarafshon daryosidan suv oladi. Viloyatda oltin, mis, volfram, volostanit, qoʼrgʼoshin, rux, ohaktosh, marmar, silikat va boshqa qurilish materiallar zahirasi mavjud. Viloyatda tabiiy resurslarga boy 40 ta kon mavjud. Jumladan, 1 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta rangli metall konlari bor. Hozirgi kunda bu konlardan respublika va viloyat iqtisodiyoti uchun foydali boʼlgan materiallar qazib olinmoqda. Mineral xom ashyo resurslarining asosiy zaxirasi Baxmal, Gʼallaorol, Sh.Rashidov, Forish, Zafarobod tumanlari hududiga toʼgʼri keladi. Baxmal tumanida qoplanuvchi tosh, marmar, oxaktosh, Gʼallaorol tumanida sement xom ashyosi, vollostanit, marmar, Sh.Rashidov tumanida marmar, silikat mahsulotlari xom ashyosi, abraziv, korund, Forish tumanida sement xomashyosi, qum-shagʼal zahirasi mavjud. Jizzax viloyati tarixining juda boyligi va oʼziga xosligi, shuning bilan birga, zamonaviy taraqqiyot imkoniyatlari kengligidan kelib chiqib, xalqaro tashkilotlar va xorijlik sayyohlarni ohanrabodek oʼziga tortib kelmoqda. Shuningdek, Zomin, Baxmal togʼlari, jaxonga mashhur Jizzaxning somsasi, oshi, Zomin tandiri, Baxmal olmasi boshqa maskanlarda topilmas moʼjizalar sirasiga kiradi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 martdagi «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasini barpo etish toʼgʼrisidagi PF-4516-sonli farmoniga asosan tashkil etilgan «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida bugungi kunda 15 ta xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyat olib bormoqda. Jizzax – qadimiy voha. Viloyatda hali siru sinoati toʼliq oʼrganilmagan tarixiy tosh bitiklari, qoyatosh rasmlar, qadimiy konlar, xususan, Gʼallaorolda yilning mavsumlarini belgilashda foydalanilgan Quyosh kalendari boʼlgan. Jizzax tarixidagi eng qadimiy davlat – Ustrushona. Unda ijtimoiy-iqtisodiy hayot IX-XIII asrlarda, yaʼni moʼgʼullar bosqiniga qadar kuchli rivojlangan. Hunarmandchilik, savdo keng taraqqiy etgan. Sharq bilan Gʼarbni bogʼlab turgan qadimiy Buyuk ipak yoʼli shu yerdan oʼtgan. Sharof Rashidov, Hamid Olimjon kabi qalam sohiblari, davlat va jamoat arboblari ham Jizzax diyorida tugʼilgan. Bu tabarruk zamin Nazir Safarov, Shukur Saʼdulla, Toʼra Sulaymon, Oqiljon Husanov, Keldi Qodirov, Sattor Qoraboev, Sharofat Botirova kabi marhum adiblarni, bugungi kunda faol ijod qilib kelayotgan Saʼdulla Hakim, Аsror Moʼmin, Farogʼat Kamolova singari taniqli ijodkorlarni tarbiyalagan. Oʼzbekiston ilm-fani Sarvar Аzimov, Oʼktam Oripov, Rahmatilla Qoʼngʼirov, Orifjon Ikromov, Bozorboy Oʼrinboev, Inoyatulla Suvonqulov singari fidoyi olimlar bilan faxrlanadi. Jizzax viloyati milliy sanʼatimiz va madaniyatimiz rivojiga ham munosib hissa qoʼshmoqda. Oʼzbekiston xalq hofizi Orifxon Hotamov, Oʼzbekiston xalq artisti Eson Lutfullaev singari marhum sanʼatkorlarimizni, Oʼzbekiston sanʼat arbobi Bahrullo Lutfullaev, Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan artistlar Baxtiyor Xolxoʼjaev, Oliya Eshtoʼxtarova, Joʼra Isroilov, Аbduraim Lapasov, Аbdusoli Normatov singari ijodkorlarning nomlarini tilga olishimiz tabiiydir. Jizzax viloyatining faxriga, gʼururiga aylangan insonlar har bir sohada koʼplab topiladi. Oʼzbekiston Qahramonlari – mirishkor fermerlar Parda Ziyotov, Аnorboy Eshmatov, mohir pedagog Marat Zokirov, tajribali temir yoʼlchi Erkin Ummatovning el-yurt oldidagi xizmatlarini viloyat ahli yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi. Bundan tashqari Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning oʼtgan bir yarim yil ichida Jizzax viloyatigi qilgan uch marta tashriflari viloyat aholisining koʼp yillardan beri orzusiga aylanib kelayotgan qurilish ishlari, arzon uy-joylar koʼpriklar qurilishi, yoʼllarni kengaytirishi evaziga Jizzax shahar oʼzgacha qiyofa kasb etdi. Shu oʼrinda muhtaram yurtboshimizning tashabbuslari qayta qurilgan Doʼstlik tumani “Manas” qishloq fuqarolar yigʼinida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari “Manas” aholisining katta quvonchiga sabab boʼlganligini alohida taʼkidlash lozim. 2020-yil xayrli ishlarning davomi sifatida Jizzax viloyatida yana 33 ta mahallada ‘’Obod qishloq’’ dasturi doirasida keng ko’lamli qurilish,ta’mirlash,obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish amalga oshirilgan. Download 45.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling