Mavzu: Joriy va spot valyuta operatsiyalari reja: Valyuta, valyuta kursi va operatsiyalari tushunchasi. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar


Foyda(zarar) = spot kurs–(strayk baho+premiya)


Download 217 Kb.
bet12/15
Sana11.05.2023
Hajmi217 Kb.
#1454607
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Joriy va spot valyuta operatsiyalari

Foyda(zarar) = spot kurs–(strayk baho+premiya)
= $ 0.595/Sfr-($0.585/Sfr+$0.005/Sfr) = $0.005/Sfr
SHuningdek, spekulyator kursni yana ham ko‘tarilishini ko‘tishi mumkin. YA’ni opsion bozorida yo‘qotish cheklangan (premiya bilan) daromad esa cheklanmagan bo‘ladi.
Kol opsionini yozib berishda spekulyator o‘ziga sotish majburiyatini oladi. Sotib oluvchi tomon esa belgilangan valyutani sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda u cheklangan foyda va cheklanmagan yo‘qotishda bo‘ladi. Spekulyatorning kol opsion yozib berishdagi daromad (zarar)i quyidagicha:
Foyda(zarar) = Premiya-(Spot kurs-Strayk baho)
= $0.005/Sfr-($0.595/Sfr+$0.585/Sfr) = -$0.005/Sfr
SHvetsiya frankiga 58.5 US/SF strayk baho bilan kol opsionni yozib beruvchi spekulyatorningning daromadi cheklangan bo‘ladi va u spot kurs 58.5 US/SF strayk bahodan quyi bo‘lgan holda 0.50 US/SF ga teng bo‘ladi. Spekulyatorning yo‘qotishi esa cheklanmagan darajada bo‘ladi, ya’ni agar spot kurs 59.0 US/SF (huquqdagi)dan yuqori bo‘lsa spekulyatorning yo‘qotishi cheklanmagan bo‘ladi.
Put opsionni sotib olish bilan spekulyatorda valyutani strayk bahoda sotish huquqi bo‘ladi. Kol opsion singari bunda ham cheklangan yo‘qotish, cheklanmagan yutuq bo‘ladi. Agar spot kurs strayk bahodan tushib ketsa ham spekulyator put opsionni strayk baho bo‘yicha amalga oshirib daromad oladi. Spekulyatorning put opsion sotib olishdagi foyda(zarari) quyidagicha bo‘ladi.
Foyda(zarar) = Strayk baho-(Spot kurs+Premiya) = $0.585/Sfr-($0.575/Sfr+$0.005/Sfr) = $0.005/Sfr
SHvetsiya frankini 58.5 US/SF strayk baho bo‘yicha put opsion sotib olgan spekulyator cheklangan miqdordagi, ya’ni spot kurs 58.5 US/SF dan yuqori bo‘lgan holda 0.50 US/SF zarar ko‘radi va cheklanmagan miqdordagi foyda olishi mumkin, ya’ni spot kurs 58.5 US/SF dan quyi bo‘lsa foyda ko‘ra boshlaydi.
Put opsionni yozib berishda spekulyator strayk bahoda belgilangan valyutani etkazib berish majburiyatini oladi. Bunda ham kol opsionni yozib bergandagi kabi cheklanmagan zarar, cheklangan yutuq bo‘ladi. Bunda spekulyatorning foyda(zarari) quyidagicha topiladi:
Foyda(zarar) = Premiya-(Strayk baho-Spot kurs) = $0.005/Sfr-($0.585/Sfr-$0.575/Sfr) = -$0.005/Sfr
YA’ni, spekulyator strayk bahodan ko‘ra spot kurs ko‘tarilib ketishidan daromad ko‘rishi mumkin
SHvetsiya frankini 58.5 US/SF strayk baho bo‘yicha put opsion yozib bergan spekulyator cheklangan miqdordagi, ya’ni spot kurs 58.5 US/SF dan yuqori bo‘lgan holda 0.50 US/SF foyda ko‘radi va cheklanmagan miqdordagi zarar ko‘rishi mumkin, ya’ni spot kurs 58.5 US/SF dan quyi bo‘lsa spekulyator zarar ko‘radi.



Download 217 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling