Mavzu: k va m rusumli filtrlar


Download 70.91 Kb.
bet3/7
Sana08.05.2023
Hajmi70.91 Kb.
#1445706
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
k va m rusumli filtrlar

Filtrlar ichida barabanli vakuum-filtrlar sanoatda ko‘proq qo‘llaniladi. Ularning afzalligi shundaki, filtrlash jarayoni uzluksiz olib boriladi va cho'kmani filtrning o‘zida yuvish mumkin. Nisbatan murakkab tuzilganligi va sikldagi ayrim operatsiyalarni ixtiyoriy ravishda keng oraliqda o‘zgartirib bo'lmaslik ularning kamchiligi hisoblanadi. Shuning uchun suspenziyaning xossalarini doim birdek ushlab turishga to‘g‘ri keladi. Bu filtlar yuqori dispers suspenziyalami suzishga yaramaydi.Filtr yon tomonlari parmalab teshilgan ichi havol barabandan iborat bo‘lib, uning ichki tomoni uyachalar shaklida to‘g‘ri burchakli uchastkalarga bo'lingan. Baraban sirti awal metall to‘r, so‘ngra filtrlovchi mato bilan qoplanadi. U bir uchi elektr yuritmaga ulangan, ikkinchi uchi esa taqsimlash qurilmasiga tutashgan g‘ovak valda aylanadi.Taqsimlash qurilmasi har bir uyani vakuum va siqilgan havo manbayiga ketma-ket ulash uchun xizmat qiladi. Bu filtrlash, cho‘kmani yuvish, uni suvsizlantirish, chiqarib yuborish va matoni qayta tiklash operatsiyalarini navbatma-navbat bajarish imkonini beradi. Cho‘kmani birlamchi suvsizlantirilgandan va yuvilgandan keyin uni zichlash uchun filtrlarga zichlovchi jo‘valar yoki boshqa maxsus moslamalar o‘rnatiladi. Bu cho‘kmaning yorilib ketishini oldini oladi va undan suvning butunlay chiqarib yuborilishiga yordam beradi.

  • Filtrlar ichida barabanli vakuum-filtrlar sanoatda ko‘proq qo‘llaniladi. Ularning afzalligi shundaki, filtrlash jarayoni uzluksiz olib boriladi va cho'kmani filtrning o‘zida yuvish mumkin. Nisbatan murakkab tuzilganligi va sikldagi ayrim operatsiyalarni ixtiyoriy ravishda keng oraliqda o‘zgartirib bo'lmaslik ularning kamchiligi hisoblanadi. Shuning uchun suspenziyaning xossalarini doim birdek ushlab turishga to‘g‘ri keladi. Bu filtlar yuqori dispers suspenziyalami suzishga yaramaydi.Filtr yon tomonlari parmalab teshilgan ichi havol barabandan iborat bo‘lib, uning ichki tomoni uyachalar shaklida to‘g‘ri burchakli uchastkalarga bo'lingan. Baraban sirti awal metall to‘r, so‘ngra filtrlovchi mato bilan qoplanadi. U bir uchi elektr yuritmaga ulangan, ikkinchi uchi esa taqsimlash qurilmasiga tutashgan g‘ovak valda aylanadi.Taqsimlash qurilmasi har bir uyani vakuum va siqilgan havo manbayiga ketma-ket ulash uchun xizmat qiladi. Bu filtrlash, cho‘kmani yuvish, uni suvsizlantirish, chiqarib yuborish va matoni qayta tiklash operatsiyalarini navbatma-navbat bajarish imkonini beradi. Cho‘kmani birlamchi suvsizlantirilgandan va yuvilgandan keyin uni zichlash uchun filtrlarga zichlovchi jo‘valar yoki boshqa maxsus moslamalar o‘rnatiladi. Bu cho‘kmaning yorilib ketishini oldini oladi va undan suvning butunlay chiqarib yuborilishiga yordam beradi.

Download 70.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling