Mavzu: Kadrlar yangilashlarining
Download 312.16 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqXakimov Diyorbek ins
Fanning nomi: Inson resurlarini boshqarish Mavzu: Kadrlar yangilashlarining mohiyati va tavsifi Tayorladi: Xakimov Diyorbek 19.123-guruh talabasi O’qituvchi: Xalildinov Azizbek Kadrlar yangilashlarining mohiyati va tavsifi Reja: u Xodimlarni boshqarish tizimi nazariyasi u Kadrlar tizimida innovatsiya u Kadrlar yangilashlarining mohiyati u Bugungi amaliyotda xodim va uni boshqarish muammosiga ikki xil yondashuv mavjud: u - inson resurslarini boshqarish; u - xodimlarni boshqarish. u "Inson resurslarini boshqarish" tushunchasi boshqarishning strategik jihatlarini, shuningdek, ijtimoiy rivojlanish masalalarini o‘z ichiga oladi vaularga ustuvorlik beriladi. "Xodimlarni boshqarish" tushunchasi esa ko‘proq kadrlar bilan tezkor ishlashni anglatadi. Agar birinchi yondashuv davlat miqyosida bandlik va uni muvofiqlashtirish vazifalaridan kelib chiqsa, ikkinchi yondashuv bevosita korxona darajasidagi mehnat munosabatlari va ularni muvofiqlashtirishdan kelib chiqadi Xodimlarni boshqarish deganda, korxonada band bo‘lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning normal (mo‘‘tadil) faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi. Bunday boshqaruv funksional va tashkiliy boshqaruvlarga bo‘linadi. Korxonada inson resurslarining yagona murakkab tizimini boshqrish yagona murakkab tizimni tashkil qiladi. Ushbu tizim tanlangan va aniq maqsadlarni belgilab, uning xatti-harakatlarini ijtimoiy jihatdan o‘zgartiradi. Bu boshqarishga juda sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, aniq yaxshi tanlangan ta‘sir usullari ishlab chiqarilgan invistitsiyalar bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ko‘pgina kompaniyalarda inson resurslarini boshqarish ko‘pgina kompaniyalarning rivojlanishida asosiy strategiya sifatida qaralmoqda. Xodimlarni boshqarish tizimi deganda, korxonada band bo‘lgan kishilar salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning me‘yoriy faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy shart-sharoit yaratish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan iqtisodiy- tashkiliy va ijtimoiy tadbirlar tizimi tushuniladi.Shuni alohida takidlash joizki korxona samaradorligini oshirishda aniq va qulay tarzda ishlab chiqilgan tizimning o‘rni juda kattadi Kadrlar tizimida innovatsiya u Kadrlar tizimi (KT) - ijtimoiy-iqtisodiy tizimning (tashkilotning) markaziy va eng murakkab tashkiliy kichik tizimi (yadrosi) bo‘lib, uning mehnat salohiyatini (uning miqdoriy, sifat va tarkibiy ko‘rsatkichlari), uning turli qismlari – kadrlarni, shuningdek, maqsadlar, qoidalar, ularni ishlashi va rivojlanishining mexanizmini qamrab oladi. u Kadrlar va kadrlar tizimining rivojlanishi - ularning miqdoriy va sifat jihatdan to‘xtovsiz yuqoriga o‘zgarishi (darajasining ortishi, yangilanishi), yangi maqsadlar, vazifalar, professional malaka kommunikatsiya ko‘rsatkichlari, tarkib, o‘zaro aloqa, boshqarish va sub’ektlari va usullariga ega bo‘lgan yangi holatga o‘tishidir. u Ko‘rinib turibdiki, KT rivojlanishi kadrlar, kadrlarni boshqarish sub’ektlari (bo‘limlar, xizmatlar), personal bilan ishlash shakllari va usullarining o‘zgarishidan iborat. Bu o‘zgarishlar progressiv tomonlarni (masalan yangi kasb kadrlarini tayyorlash) ham, resressiv tomonlarni (qayta tayyorlash mumkin bo‘lmagan eski kasblardagi kadrlarni bo‘shatish) qamrab oladi. u Shunday qilib, kadrlar innovatsiyasi ikkita o‘zaro bog‘liq blokdan iborat: u KTga yangi elementlar, shakllar va usullarni kiritish: u KTdan eskirgan elementlar, shakllar va usullarni chiqarish. Download 312.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling