Mavzu: Kaliy xlorid ishlab chiqarishda barabanli quritgichning mukammal hisobi bilan quritish bo‘limining loyihasi
Download 30.84 Kb.
|
Mavzu Kaliy xlorid ishlab chiqarishda barabanli quritgichning m-fayllar.org
II.2 Barabanli quritgichlar
Barabanli quritgichlar: 1) to'g'ridan — to'g'ri issiq almashuvchi, ya'ni quritilayotgan mahsulot va issiq gazning bevosita to`qnashuvi (mahsulot bilan gazning bir yunalishida va qarama-qarshi yunalishida ) . 2) bilvosita issiq almashuvchi, ya'ni issiqlik quritiluvchi mahsulotga metal devor (to'siq) orqali beriluvchi quritgichlarga bo'li imadi. Kontsentrat va mineral hom ashyoni quritish uchun birinchi turdagi quritgichlar ishlatiladi. Ikkinchi turdagi quritgichlar esa atrof-muxit ifloslanishini oldini olish uchun, hamda quritilayotgan mahsulotning rangini o`zgartirish uchun ishlatiladi. To`g'ridan-to'g'ri issiq almashuvchi barabanli quritgich 1-5? burchak ostida o`rnatilgan (mahsulot bo'shatish tomonga qarab) aylanuvchi barabandan iborat bo'lib, barabanga ikkita bandaj (kamar) va uzatmaning tishli halqasidan iborat. Baraban bandajlar orqali tayanch tamalariga o'rnatilgan erkin harakatlanuvchi roliklarga tayanadi, barabanning bir uchi o'txona va mahsulotni beruvchi moslama bilan tutashsa, ikkinchi uchi quritilgan mahsulotni tushirib oluvchi kamera bilan tutashgan. Burabanli quritgichlar 1-2,2m diametr va 4-16m uzunlikda; 2,5-3,5m diametr va 14-27m uzunlikda tayyorlanadi. Issiqlik yuqolishining oldini olish uchun barabanning tashqi yuzasi po'lat bilan qoplanadi. Bunda tashqi devorning harorati 40 dan oshmasligi kerak. Barabanli quritgichlar. Bunday apparatlar atmosfera bosimi bilan uzluksiz ravishda turli sochiluvchan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Barabanli quritgich silindrsimon barabandan iborat bo’lib, gorizontga nisbatan kichik og‘ish burchagi (3- 60) bilan joylashtirilgan bo’ladi. Baraban bandajlar va roliklar yordamida ushlab turilib, elektromotor va reduktor yordamida aylantiriladi. Apparat uzunligining diametriga nisbatan L/Dab -5/6. Barabanning aylanishlar soni 5-6 min-1. Nam material ta‘minlagich orqali vintli qabul qiluvchi nasadkaga beriladi., bu yerda material aralashtirish ta‘sirida bir oz quriydi. So’ngra material barabanning ichki qsimiga o’tadi. Barabanning material bilan to‘lish darajasi 25% dan ortmaydi. Barabanning butun uzunligi bo’yicha nasadkalar joylashtiriladi. Nasadkalar barabanning kesimi bo’yicha materialni bir me‘rda tarqatish va aralashtirishni ta‘minlaydi. Bunday sharoitda material bilan qurituvchi agentning o’zaro ta‘siri samarali bo’ladi. Quritilgan material donalarining o’lchamlari va xossalariga ko’ra apparatlarda xar xil nasadkalardan foydalaniladi. Katta bo’lakli va qovushib qolish xususiyatiga ega materiallarni quritish uchun ko’taruvchi -parrakli nasadkalar, yomon sochiluvchan va katta zichlikka ega bo’lgan katta bo’lakli materiallarni quritish uchun esa sektorli nasadkalar ishlatiladi. Kichik bo’lakli, tez sochiluvchan materiallarni quritishda tarqatuvchi nasadkalar ishlatiladi. Mayda qilib ezilgan, chang xosil qiluvchi materiallarni berk yacheykali dovonsimon nasadkalari bo’lgan barabanlarda quritish maqsadga muvofiqdir. Ayrim sharoitlarda murakkab nasadkalardan foydalaniladi. Baraban ichida materialning o‘ta qizib ketish darajasini kamaytirish uchun material va qurituvchi agent (tutunli gazlar yoki qizdirilgan havo) bir- biriga nisbatan to’g’ri yo‘nalishda bo’ladi, chunki bunday sharoitda yuqori temperaturali issiq gazlar katta namlikka ega bo’lgan material bilan kontaktlashadi. Mayda sochiluvchan materiallar uchun havoning baraban ichidagi tezligi 0,5-1,0 m/s, katta bo’lakli materiallar uchun esa 3,5-4,5 m/s dan ortmasligi kerak. Ishlatilgan gazlar atmosferaga chiqarilishidan oldin mayda changlardan siklonda tozalanadi. Quritilgan material barabandan tashqariga tushiruvchi qurilma orqali chiqariladi. Barabanli quritgichlarda materiallarning yaxshi aralashishiga erishiladi, natijada qattiq va gaz fazalari oralig‘ida uzluksizsiz kontakt yuz beradi. Bunday ko’rsatkichlarning ish unumdorligi bug’lanayotgan namlik bo’yicha 100-120 kg m3 . soat gacha yetadi. Barabanning diametri esa 1200 dan 2800 mm gacha boradi. Barabanli apparatlar katta miqdordagi mahsulotlarni quritish uchun ishatiladi. Tasmali vakuum-filtrlar yuqori dispers suspenziyalarni suzish uchun moʻljallangan. Birinchi navbatda, yirik zarrachalarning cho’kmaga tushishi matoning teshiklari mayda kristallar bilan bekilib qolishini kamaytiradi. Tuzilishining soddaligi va ayrim suzish operatsiyalarining davomiyligini boshqarishda hamda choʻkmani koʻpbosqichli yuvishni tashkil qilish imkonining mavjudligi tasmali filtrlarning afzalligi hisoblanadi. Suzish yuzasining kichikligi, suzish va yuvish zonasining aniq chegaralanmaganligi bu filtrlarning kamchiligi hisoblanib, bunda filtrlangan suyuqlik (filtrat) ma'lum darajada suyuladi. Tasmali vakuum- filtrlar bor kislotasi va ekstraksiya yoʻli bilan olinadigan fosfor kislotasi, kaliy xlorid ishlab chiqarishda ishlatiladi. K-100-15K va K-50-11,5 K aylanma vakuvum-filtrlari ekstraksiya yoʻli bilan fosfor kislotasi ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. U doira shaklidagi gorizontal aylanuvchi romadan iborat boʻlib, aylanib yuradigan relslarda sirpanadigan roliklarga tayanadi. Ramaga ag'darma filtrlovchi novlar (nutchlar) oʻrnatilgan boʻlib, ularga yuzasiga filtrlovchi mato qoplangan teshik-teshik tayanma toʻsiqlar joylangan. Novlarning vakuum boʻshligʻi egiluvchan shlang yordamida taqsimlovchi qopqoqqa ulangan. Rama 'aylanganda har bir nov birin-ketin filtrlash, ikki (yoki undan koʻproq) marta choʻ“kmani yuvish, uni to“kish va matoni qayta tiklash zonasidan oʻtadi. Filtrlash va har bir yuvish tugallangandan soʻng cho`“kma orqali havo oʻtkazish yoʻli bilan suvsizlantiriladi. Toʻkish zonasida nov avtomatik tarzda agʻdariladi va cho“kma o`z og`irligi hamda siqilgan havo ta'sirida bunkerga toʻkiladi. Cho`kma uzilib-uzilib (nycechpyromat) to`kiladigan gorizontal sentrifugalar zarrachalar oʻlchami 0,1 mm dan ortiq boʻlgan konsentrlangan suspenziyalarni ajratish uchun moljallangan boʻlib, suspenziyadagi qattiq faza massa ulushining eng maqbul qiymati 50— 6096 ni tashkil etadi. Bunday sentrifugalar ammoniy va natriy sulfat, natriy xlorid, kaliy karbonat kabi mahsulotlarni suzishda qoʻllaniladi. Ularning afzalligi quyidagilardan iborat: jarayon uzluksiz kechadi; kam energiya sarflangan holda ish unumi yuqori boʻladi; kristallar nisbatan kam maydalanadi; choʻkmaning suvsizlantirilish darajasi yuqori. Choʻkma uzilib to“kiladigan sentrifugalarda qattiq fazaning filtrat bilan tez-tez choʻkishi, abraziv materiallarga ishlov berilganda elaklar chidamliligining pasayishi kabi qator kamchiliklar ham mavjud. Bunday sentrifugalar bir, ikki va koʻp bosqichli boʻlishi mumkin. Bir bosqichli sentrifugalar tuzilishiga xos bo`lgan umumiy belgi — bu rotor ichida itargich boʻlib, orqaga-oldinga harakati bilan choʻ“kmani elak chetlaridan rotorning chetidagi to“kish joyiga suradi. Ikki bosqichli (kaskadli) sentrifugalarda orqaga-oldinga harakatni rotorning ichki obecheykasi bajaradi (birinchi kaskad). Noorganik moddalar ishlab chiqarish sanoatida tuzilishi oddiyligi va ishonchliligi tufayli ikki kaskadli sentrifugalar keng miqyosda ishlatiladi. Tuzlarni tonnalab ishlab chiqarishda ikki kaskadli, uzilib to'kiladigan (pulslanuvchi) qoʻshaloq sentrifugadan foydalaniladi (2/2 «PTTI 1201K-1). Uning unumdorligi kaliy xlorid suspenziyasini ajratishda kristallarning o“lchami va mahsulotning oxirgi namligiga qarab, soatiga 30—40 tonnani qyuviladi, soʻngra siqilgan havo yordamida quritiladi. siqib chiqarish va suyultirish usuli bilan koʻp bosqichli yuvish. Yuvishning bu turida cho“kma va yuvish suvi bir-biriga qarama-qarshi harakatlanganda siqib chiqarish va suyultirish jarayonlari birgalikda ketma-ket olib boriladi. 17-rasmda barabanli vakuum-suzgichlardan foydalanib, cho“kmani 3 bosqichda qarama-qarshi oqimda siqib chiqarish va suyultirish usuli bilan yuvish sxemasi keltirilgan. Dastlabki suspenziya barabanli vakuum- suzgichda filtrat / (I oqim) va cho“kmaga ajratiladi. Bu cho“kma xuddi shu suzgichning oʻziga siqib chiqarish usuli bilan 2-bosqichda tushayotgan yuvish suvining (III oqim) bir qismi bilan yuviladi. Tarkibida yuvib olingan moddaning miqdori filtratdagiga (I oqim) qaraganda ancha kam bo`lgan birinchi bosqichdan tushayotgan yuvish suvi (II oqim) keyingi ishlov berish uchun yo`naltiriladi, cho“kma esa to`zg`itgich 2ga tushib, u yerda 3-bosqichdan berilgan suv (V oqim) va 2-bosqichdan tushayotgan yuvish suyuqligining (IV oqim) bir qismi bilan suspenziyaga aylantiriladi. Shunday qilib, 2-bosqich suvining bir qismi uning ichida to'zg`itgich va suzgich oʻrtasida aylanib yuradi. Bunda vaqt birligida cho`kmani toʻzg'ʻitish uchun kerak boʻlgan suyuqlik miqdori, uning tayyor cho“kma qatlamidan sizib oʻ'tgan miqdoridan ko`p boʻlishi talab etiladi. Lekin 2-bosqichga (IV va V oqimlar) tushayotgan suvlar aralashmasidagi yuvib olinayotgan moddaning miqdori, cho“kma birinchi bosqichda yuvilgandan keyingi suyuqlikdagi miqdoridan har doim kam boʻladi. 2-to`zgʻitgichda hosil bo`lgan suspenziya keyingi 3 suzgichda choʻkmaga va filtratga (VII oqim) ajratiladi. O“z navbatida, bu filtrat keyin ikkita (III va IV) oqimni hosil qiladi. Cho“kma xuddi shu suzgichning o`zida (3-bosqich) toza suv bilan yuviladi (IV oqim), bu suv cho“kma qatlamidan sizib oʻtib yuvish suvini (V oqim) hosil qiladi. Tozalab yuvilgan choʻ“kma transportyor yoki bunkerga toʻkiladi. Keltirilgan sxemadan koʻrinib turibdiki, birinchi va uchinchi bosqichlarda cho“kma suzgichda siqib chiqarish usuli bilan, ikkinchi bosqichda esa suyultirish usuli bilan yuviladi. Bu usul yuvish bosqichlarining sonini oshirish imkonini beradi, lekin bunda texnologik sistema murakkablashadi. Suspenziyani ajratish uchun apparatlar tanlashga koʻpgina omillar ta'sir koʻrsatadi. Bulardan asosiylari quyidagilar: suspenziyaning xossalari, jarayon sharoiti, ajratishdan koʻzda tutilgan maqsad, ishlab chiqarish quvvati va ishlatiladigan konstruksion materiallar. Masalan, S$/Q nisbat yuqori bo`lgan oson qatlamlanadigan suspenziyalari bilan (ayniqsa, agar suyuqlikning narxi arzon), cho“kma esa chiqindi boʻlsa, yaxshisi choʻktirgichlarda ajratgan ma'qul. Solishtirma qarshiligi bosim ortishi bilan oshadigan oʻta qisiladigan cho“kma beruvchi suspenziyalarni hamda cho`kmasi kuchli adgeziya xususiyatiga ega boʻlgan suspenziyalarni avtomatlashtirilgan filtr-presslarda va sentrifugalarda ajratish maqsadga muvofiq emas. Bunda yig'ishtirib olinadigan tasmali yoki cho“kmani yigʻib oluvchi tizimchali moslamasi bor barabanli vakuum-suzgichlardan foydalangan maqsadga muvofiq. Choʻktiruvchi sentrifugalar tanlashda qattiq fazaning zichligi alohida ahamiyatga ega. Agar suyuq va qattiq fazaning zichligi orasidagi farq 200 kg/m? dan anchagina kam boʻlsa, bunday suspenziyalarni ajratish uchun choʻktiruvchi sentrifugalardan foydalanish mumkin (masalan, «DTIJI, rusumidagi sentrifuga yoki filtrlar). Agar jarayonni vakuum ostida olib borish mumkin boʻlsa, vakuum- filtrlar qollagan ma'qul, chunki ular OTIAKM yoki sentrifugalarga qaraganda arzonroq apparatlar hisoblanadi. Filtrlarni tanlashda filtratning konsentratsiyasi va uning tozaligi, cho'kmaning tozaligi va namligiga qo'yilgan talablar yuqori bo'ladi. Eng past namlikdagi cho“kma avtomatlashtirilgan filtr-presslarda, Choʻkma eng toza yuvilgan — yuvish suvida yuvib olinayotgan yuqori Konsentratsiyali modda esa aylanma filtrlarda olinadi. Suspenziyadan 5 mkm dan ortiq oʻlchamli erimaydigan zarrachalarni ajratib olish uchun ish unumi yuqori bo“lgan uzluksiz harakatlanuvchi OTSh turidagi choʻktiruvchi sentrifugalardan foydalanish mumkin. Ular S/Q nisbatning keng oralig'ida (1,5—20) ishlashi mumkin. Lekin bu xil sentrifugalarda choʻ“kmani yuvib boʻlmaydi, uning namligi barabanli vakuum-filtrlardagi singari bo`lib, 20—4095 ni, qattiq fazani fugat bilan birga chiqib ketishi esa 396 — 1096 ni tashkil etadi. Sentrifugalarni dastlab sanoatda foydalanish tajribasidan kelib chiqib tanlash lozim. Bunda avval suspenziyaning xossalari o'rganiladi, u yoki bu usul bilan uni ajratish samaradorligi baholanadi.Sanoat sinovlaridan keyingina sentrifugani oxirgi hal qilinuvchi tanlash amalga oshiriladi. Bir nechta konkurensiyalashadigan omillar bo'lganda iqtisodiy jihatdan hisob-kitoblar solishtiriladi. Suspenziyani yuvib ajratish va suvsizlantirish uchun bunday hisobot olib borish juda mushkul. Butun uskunaning tannarxini va unga xizmat koʻrsatishni hisoblashdan tashqari har xil apparatga olingan mahsulot sifatini, mahsulotdan yoʻqotishlarni, shuningdek, navbatdagi ishlov berishlar narxini ham solishtirish lozim boʻladi. Ishlab chiqarishning quvvati ham suspenziyalarni ajratishning avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish darajasini belgilaydi. Kam tonnali ishlab chiqarishda cho“kmani qo’lda, mexanizatsiyalashmagan apparatlardan foydalanib, koʻp tonnali ishlab chiqarishlarda esa avtomatik ishlaydigan apparatdan foydalanib toʻkiladi. Agar suspenziyani ajratish operatsiyasi oraliq bosqichda joylashgan boʻlib, undan keyin jarayon uzluksiz texnologiya bo'yicha olib boriladigan boʻlsa, u holda uzluksiz ishlovchi qurilmalardan foydalangan ma'qul. Download 30.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling