Mavzu “Kaliyli


Kaliyli xom-ashyolar. Tabiiy kaliyli tuzlar


Download 115.01 Kb.
bet4/4
Sana03.11.2023
Hajmi115.01 Kb.
#1742618
1   2   3   4
Bog'liq
1 mavzu (2)

1.2. Kaliyli xom-ashyolar. Tabiiy kaliyli tuzlar
Kaliy ma’danlari – xloridlar, sulfatlar va silikatlardan iborat foydali (kaliyni o‘z ichiga olgan) minerallardan va ma’danga aralashib qolgan keraksiz jins minerallari aralashmalaridan hosil bo‘lgan tuzli tog‘ jinslarini o‘z ichiga oladi.

Nomi

Tuz tarkibi

K2O, %
Miqdori

Zichligi,
kg/m3

Silvin
Karnallit


Kainit
Shenit
Langbeynit
Poligalit
Alunit
Nefelinli konsentrat
Leonit
Kalunit
Kaliborit
Glazerit
Leysit
Glaukonit

Kaliy minerallari
KCl
KCl ∙ MgCl2 ∙ 6H2O
KCl ∙ MgSO4 ∙ 3H2O
K2SO4 ∙ MgSO4 ∙ 6H2O
K2SO4 ∙ 2MgSO4
K2SO4 ∙ MgSO4 ∙ 2CaSO4 ∙ 2H2O
(K,Na)2SO4 ∙ Al2(SO4)3 ∙ 4Al(OH)3
(K,Na)2O ∙ Al2O3 ∙ 2SiO2

K2SO4 ∙ 2MgSO4 4H2O


K2SO4 ∙ CaSO4 ∙ H2O
K2O ∙ 4MgO ∙ 11B2O3 ∙ 18H2O
3K2SO4 ∙ Na2SO4
K2O ∙ Al2O3 ∙ 4SiO2
(K,Na)2O∙(Mg,Ca,Fe)O∙(Fe,Al)2O3∙4SiO2∙2H2O

63
17


19
23
23
16
23
6 – 7

17,4
28,66


6,97
49,37
21,56
12,27

2000
1600


2100
2100
2800
2700
2700
2600

2250
2600


2100
2700
2500
2200-2800

Kaliy ma’dani tarkibiga loy-karbonat jinslari, minerallar, qo‘shimchalar: galit – NaCl, gips – CaSO4·2H2O, kizerit – MgSO4·4H2O lar kiradi.


Yerning ustki qattiq qatlamida kaliy miqdori 1,5%ga yaqin. Kaliy ko‘p jinslardan tarkib topgan alyumosilikatlar, dala shpatlari, granitlar, shenitlar, qattiq qazib olinadigan tuz qatlamlari va tuz eritmalari tarkibiga kiradi.
Kaliy ma’danlari – ularda u yoki bu minerallar miqdorining ko‘pligi bo‘yicha aniqlanadi.
Kaliy ma’danlarining qimmatli aralashmalari – brom, yod, rubidiy, mis, rux va boshqalar.
Kaliyning muhim tuzlaridan – xlorid, sulfat va ulardan hosil bo‘ladigan minerallar hisoblanadi.
Kaliyning xloridi va boshqa galogenidlari NaCl turdagi suvli eritmalardan krisstallanadi. 0ºS dan yuqorida (KF·2H2Odan tashqari) suvsiz tuzlar kristallanadi. Evtektik harorati KCl·H2O + muz = −9,8ºS ga teng, -5,3ºSda eriydigan, KCl·H2O kristallogidrat mavjuddir.
KCl kristallarning zichligi taxminan 2,0 g/sm³, erish issiqligi 26,86 kJ/mol; sublimatsiya issiqligi (KCl kr.-KCl g.) 223,75 kJ/mol. Kaliy galogenidlarining erish va qaynash harorati I-F qator bo‘yicha oshib boradi.



Birikma

Terish, ºS

Tqay, ºS

1.

KI

682

1330

2.

KBr

728

1376

3.

KCl

768

1417

4.

KF

856

1505

Kaliy poligalogenidlar Kl3·3H2O, KlCl4 va boshqalarni hosil qiladi.


Kaliy galogenidlarining to‘yingan suvli eritmalari quyidagi erigan moddalar miqdorini (og‘ir. %) tashkil qiladi.



Birikma

0ºC

25ºC

100ºC

1.

KI

56,20

59,80

67,35

2.

KBr

34,92

40,70

51,20

3.

KCl

21,90

26,45

35,90

4.

KF

30,70

48,90

59,80

KCl-NaCl-H2O tizimida eruvchanlik diagrammasi 1.1-rasmda keltirilgan.
100ºSda to‘yingan eritmalar ustidagi suv bug‘i bosimi KCl uchun – 567,8 mm.simob ustuni, K2SO4 uchun – 723,8 mm. simob ustuni.
Kaliy tuzlari, asosan, mineral o‘g‘itlar sifatida qo‘llaniladi.
Kaliy sanoati mahsulotining asosiy turlaridan biri kaliy xlorid hisoblanadi, uning 95% mineral o‘g‘itlar sifatida ishlatiladi, qolgan 5% o‘yuvchi kaliy va kaliyning boshqa birikmalariga qayta ishlanadi.
Kaliyli o‘g‘itsimon tuzlarining umumiy miqdoridan 8-10%, sifati xlor ionii ta’siri ostida yomonlashadigan xlorofob ekinlari (tabak, sitrusli va boshqalar) ekilgan tuproqni o‘g‘itlash uchun, kaliy sulfati va kaliy va magniy sulfatining ikkilanma tuzlari (K2SO4·MgSO4), kaliymagneziya turida ishlab chiqiladi.
Texnik maqsadlar uchun ishlab chiqariladigan kaliy xlorid– oqartiruvchi preparat sifatida va portlovchi moddalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan – o‘yuvchi kaliy, xlorat, kaliy perxloratni, farmasevtika va fotografiya sanoatida qo‘llaniladigan – bromid va kaliy yodidni, maxsus oyna (shisha) va sir olish uchun qo‘llaniladigan – kaliy karbonatni, yog‘ochga shimdirish, gazlamalarni oqartirish va boshqa maqsadlar uchun – kaliy silikati (K2Si2O5)ni rudalardan oltinni ajratib olish uchun reagent – kaliy sianidni, havoni regeneratsiyalash uchun – kaliy peroksid (KO2) va boshqa peroksid birikmalarini va boshqa kaliy birikmalarini olish uchun qo‘llaniladi. KCl kristallari infraqizil nurlar uchun juda yuqori shaffoflikka ega bo‘ladi, shuning uchun ular ayrim optik asboblarda ishlatiladi.





Download 115.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling