Mavzu: Kam tarqalgan sabzavotlar turlari ularni yetishtirish texnologiyasi Reja: Sabzavotlarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati va sabzavotchilikning qishloq xo’jaligidagi o’rni, hozirgi holati


Download 40.92 Kb.
bet5/6
Sana03.12.2023
Hajmi40.92 Kb.
#1806715
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kam tarqalgan sabzavotlar turlari ularni yetishtirish texnologiyasi

Birinchidan: Sabzavot ekinlari hosildorligini oshirish va tannarxini arzonlashtirish.
Ikkinchidan: Aholini sabzavot bilan ta’minlashda mavsumiylikni bartaraf etish.
Uchinchidan: Sabzavotlar turini kengaytirish va sifatini yaxshilash.
Respublikamizda muntazam yuqori, sifatli hosil yetishtirishga to’siq bo’layotgan va sabzavotchilik samaradorligini oshirishdagi vazifalar quyidagilardan iborat: 1. Iqlim va tuproq sharoitlari turli sabzavot o’simliklarini yetishtirish imkoniyatini bersa – da, ekilayotgan sabzavot ekin turlari 20 dan oshmaydi.
Sabzavotlarning assortimentini kengaytirish aholining o’sib borayotgan ehtiyojinigina emas, balki mamlakatimizga kelib – ketayotgan va shu yerda istiqomat qilayotgan xorijliklar talabini ham qondiradi, tarmoq salohiyatini boyitadi. 2. Muayyan ekin turiga ixtisoslashgan xo’jaliklarning bo’lmasligi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish darajalarini kamaytirib, qo’l kuchiga bo’lgan ehtiyojni oshirmoqda. 3. Sabzavotchilikda yuqori hosilli geterozisli duragaylardan keng foydalanish. 4. Organik va mineral, azotli, fosforli va mikrobiologik o’g’itlardan ekin turi, tuproq xossalari va rejalashtirilgan hosilga qarab foydalanish. Kaliyli o’g’itlarni qo’llash. 5. Ekinlarni faqat egatlab sug’orish usulidan emas, yangi progressiv usullardan (tomchilatib, yomg’irlatib sug’orish va h.k.) foydalanish.
6. Texnologiyalarni joriy etishdagi kamchiliklarni bartaraf etib, ishlab chiqarish jarayoni tadbirlarini o’z vaqtida va sifatli bajarish. Urug’larni ekishga tayyorlashda ilg’or usullarni qo’llash. 7. Begona o’tlar, kasallik va zararkunandalarga tabaqalashtirilgan usullar asosida qarshi kurash. Urug’larni zararlantirish ishlarini yetarli darajada o’tkazish. 8. Poliz ekinlarining har xil kasalliklari, ayniqsa, qovunda fuzarioz so’lish kasalligining keng tarqalganligi va unga qarshi samarali choralarni ishlab chiqish. 9. Poliz ekinlari yaxshi hosil beradigan tog’ oldi mintaqalaridagi lalmikor va adir yerlardan keng foydalanish. 10. Noyob qovun navlari maydonini kengaytirib, dunyo bozoriga mahsulot eksportini oshirish. 11. Ekinlarni asosiy va takroriy qilib o’stirishda zamonaviy tejamkor texnika, urug’, o’g’it va samarali himoya vositalaridan foydalanishga erishish.Sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlari yetishtirishni ko’paytirish uchun mazkur tarmoqlarda sifat o’zgarishlarini amalga oshirish kerak. Buning uchun intensivlashtirish omillari yordamida tuproq unumdorligini oshirish va o’simliklarning agrobiologik, mahsuldorlik imkoniyatlaridan to’liq foydalanish talab etiladi. CHunki, tuproq – o’simlik (nav, urug’) – texnika – kimyo – melioratsiya – tashkillashtirish – inson kabi ishlab chiqarishning tarkibiy qismlarini yagona yaxlitlikka keltirish eng oliy omil hisoblanadi.
Xulosa
Hosil shakllanishini jadallashtiruvchi omillarni ishga solish uchun fan – texnika tomonidan zamonaviy texnologiyalar yaratilib ishlab chiqarishga tavsiya etiladi. Natijada hosildorlik va mahsulot sifati oshadi, o’simlik va iqlim sharoitining barcha ijobiy imkoniyatlaridan foydalanish darajasi ko’tariladi.Har qanday texnologiya insonning mehnat unumdorligini oshirishga yangi imkoniyatlar yaratadi, lekin amaliyotda yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish osonlik bilan kechmaydi va barcha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni talab etadi.Respublikamizda har bir sabzavot ekinlarining umumiy ishlab chiqarishdagi salmog’i ham o’zgarmoqda. Hozirgi paytda umumiy sabzavot ekinlar maydonining 40 - 45 % i pomidor, 15 – 17 % i - karam, 20 - 23 % i piyoz va sarimsoq, 6 - 8 % i - sabzi, 3 - 5 % i - bodring, 5 - 8 % i - lavlagi, 12 -15 % ini - boshqa sabzavot ekinlari (rediska, boyimjon, qalampir, kabachka, patisson, ko’katlar) egallaydi.Sabzavotlar biokimyoviy tarkibining xususiyati shundan iboratki, ular tarkibida suv ko’p (65 - 96 %), oziq moddalar (oqsil, moy, uglevodlar) esa kam. Bundan tashqari ularning kaloriyasi ham yuqori emas Lekin, odam organizmi uchun zarur bo’lgan biologik aktiv moddalar, vitaminlar, fermentlar, mineral tuzlar kabilarga g’oyat boy Ba’zi sabzavotlar (boshpiyoz, sarimsoq, shivit, petrushka, xren, turp) tarkibida fitontsidlar saqlaydi. SHu tufayli fungitsid va bakteritsid xususiyatiga ega bo’lib, inson organizmini infektsiyalardan tozalaydi.

Download 40.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling