Mavzu: Kanada Bajardi
Download 67 Kb.
|
Kanada
3. Aholisi.
Kanada «ko'chirilgan kapitalizm» mamlakati hisoblanadi. Kanadaning hozirgi aholisi ommaviy immigrasiya ta'sirida shakllangan. Bular Yevropadan va dunyoning boshqa regionlaridan ko'chib kelganlar avlodi bo'lib, Kanada ko'p millatli mamlakatdir. Hozirgi vaqtda mamlakatda 2-ta millat va 80 ga yaqin xalqlar yashaydi. Kanadada jami aholining 40 foizini kanadalik inglizlar,28 foizini kanadalik fransuzlar, 27 foizini esa boshqa millat vakillari tashkil etadi. Hozirgi vaqtda Kanada tub joy aholisi hindular 780 ming kishi,eskimoslar esa 49 ming kishini tashkil etadi. Mamlakatda hindular 58 tilda so'zlashsada,biroq ularning ko'pchiligi rasmiy davlat tili hisoblangan ingliz tilida so'zlashadi. Kanada aholisining joylashuviga uning tarixiy mustamlakachilik davri ta'sir ko'rsatgan. Mamlakatda fransuzlar asosan Kvebek va Nyu-Bransuik provinsiyalarda yashaydi, qolgan rayonda Kanadalik inglizlar yashaydi. Kanadada ingliz va fransuz millatlaridan tashqari nemislar, italyanlar, skandinaviyaliklar, polyaklar, ukrainlar va ruslar ham yashaydi. Mamlakatda yashovchi slavyan diniga e'tiqod qiluvchilar tub joy aholi metislar ko'proq yashaydigan Dasht provinsiyalarida yashaydi. Kanadada hindular janubdagi rezervasiya hududlarida, eskimoslar esa mamlakatning Shimoli-G'arbiy hududlarida yashaydi. Hozirgi vaqtda mamlakatda yashovchi tub joy xalqlari va Kanadalik fransuzlar bilan bog'liq milliy masalalarni hal etish muhim muammoligicha qolmoqda. Kanada aholisining 90 foizidan ortig'i AQSH chegarasi bo'ylab janubda to'plangan. Mamlakat hududining 2\3 qismini egallagan shimoliy qismida 20-25 km2 yerga bir kishi to'g'ri keladi. Kanada- yuqori urbanizasiyalashgan mamlakat, aholining 77 foizi shaharlarda yashaydi. Toronta, Monreal, Vankuver kabi shaharlar mamlakatning millioner shaharlari hisoblanadi.
Download 67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling