Mavzu: Kanallarni va paketlarni komutatsiyaga EGA bo’lgan tarmoqlar, ularni ishlash prinsipi, afzaliklari va kamchiliklari. Reja: Paket va kanallarni kommutatsiyalash Paketlar kommutatsiyalanadigan Paketlarni buferlashtirish
Download 0.62 Mb.
|
Kanallarni va paketlarni komutatsiyaga EGA bo’lgan tarmoqlar, ul
- Bu sahifa navigatsiya:
- Deytagrammali uzatish . Axborotlarni deytagrammali uzatish usuli
Paketlarni buferlashtirish.Paketlarni kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda axborotlarni xarakatlanishining noaniqligi va asinxronligi bundek tarmoqlardagi kommutatorlarning ishlashiga aloxida talablar qo’yilishini talab etadi. Paketli kommutatorlarning (paketlarni kommutatsiyalovchi tarmoqlardagi kommutatorlarini “paketli kommutatorlar” deb ataymiz) kanallarni kommutatsiyalovchi tarmoqlardagi kommutatorlardan asosiy farqi, ular paketlarni vaqtincha saqlash uchun ichki bufer xotirasiga egadir. Kommutator uchun uning interfeyslariga ulangan buferlar aloqa yo’liga axborotlarni uzatish tezligini moslashtirish uchun kerak bo’ladi. Xaqiqatan, qandaydir vaqt davomida biror aloqa yo’lidan paketlarni kelish tezligi u paketlar yo’naltirilishi kerak bo’lgan aloqa yo’lining o’tqazish xususiyatidan ortib ketsa, u xolda paketlarni yo’qotishdan saqlanish uchun interfeysda chiqish navbatini maqsadli tashkil qilish zarur. Buferlashtirish shuningdek paketli kommutatorga paketlarni kelish tezligi bilan ularni kommutatsiyalash tezligini moslashtirish uchun xam zarur. Agarda kommutatsiyalash bloki paketlarga ishlov berib ulgurmasa (sarlovxalarni taxlillash va paketlarni kerakli interfeysga tashlash), u xolda kommutator interfeyslarida kirish navbatlari xosil bo’ladi. Kommutatorlarda buferlarning sig„imi chegaralangan bo’lgaligi uchun ba‟zida bir necha axborot oqimlarining tebranish davri ustma–ust tushishi sababli tarmoqning vaqtincha yuklamasi ortishi tufayli buferlarni to’lishi natijasida paketlar yo’qolishi sodir bo’ladi. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar uchun paketlarning yo’qolishi oddiy xoldir va bunday yo’qotishlarni bartaraf etish uchun ushbu tarmoq texnologiyasida qator maxsus mexanizmalar inobatga olingan. Paketli kommutatorlar paketlar xarakatlanishining uchta usulidan birining asosida ishlashi mumkun: deytagrammali uzatish; mantiqiy ulanishni o’rnatish orqali uzatish; virtual kanalni o’rnatish orqali uzatish. Deytagrammali uzatish. Axborotlarni deytagrammali uzatish usuli barcha uzatilayotgan paketlar bir xil qoida asosida bir-biriga bog„liq bo’lmagan xolda xarakatlanishiga (tarmoqning bir tugunidan boshqasiga uzatiladi) asoslangan. Paketlarga ishlov berish amali faqat undagi ko’rsatgichlarning qiymatidan va tarmoqning xozirdagi xolatidan (masalan, uning yuklamasiga bog„liq xolda paket ishlov berilishga navbatda ko’p yoki kam vaqt turib qolishi mumkun) kelib chiqqan xolda ishlov beriladi. Biroq uzatib bo’lingan paket xaqida tarmoqda xech qandek axborot saqlanib qolinmaydi va navbatdagi paketga ishlov berish jaroyonida inobatga olinmaydi. Yani xar bir aloxida olingan paket tarmoq tomonidan butkul mustaqil uzatish birligi sifatida qaraladi – deytagramma. Paketning xarakati xaqidagi yechim kommutatsiyalash jadvali asosida xal qilinadi, uni paketning borishi kerak bo’lgan manziliga mos ravishda tuzilib, yo’nalish bo’yicha keyingi tranzit tugunni (yoki oxirgi tugunni) aniqlaydi. Bunday axborot sifatida ushbu kommutator interfeys identifikatorlari yoki yo’nalish bo’yicha keyingi kommutatorlarning kirish interfeyslarining manzillari bo’lishi mumkun. 1.32-chizmada oxirgi tugun 7 dan oxirgi tugun 4 ga uzatilayotgan paket ko’rsatilgan. Bu paketni kommutator 1 ga kelishida kommutatsiyalash jadvalidan bu paketning xarakatlanish yo’nalishini aniqlaydi, u V interfeysga uzatilishi kerakligi va u bu paketning yo’nalishidagi keyingi kommutator 5 ga olib kelishini ko’rsatadi. Kommutator 5 da xuddi shunday amal bajariladi va uning natijasida paket borishi kerak bo’lgan 4 oxirgi tugunga kelib tushadi Deytagramma usuli tez ishlaydi, chunki axborotlarni uzatishdan oldin dastlabki amallar qilinishi ta‟lab etilmaydi. Biroq bundek usulda paketni manzili bo’yicha yetkazilganligi xaqidagi dalilni tekshirish qiyin masaladir. Bu usul paketlarni manziliga yetkazishni kafolatlamaydi, paketni yetkazish imkoniyat bo’yicha yoki maksimal xarakat (best effort) bilan yetkaziladi deyiladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling