Geografik elementlar hamma kartalarda bir xilda mukammal tasvirlanmaydi. Masalan, biron mavzuga bag`ishlangan kartada uning mazmuniga mos holda georgafik elementlar tanlanadi. Misol uchun tuproqlar kartasiga aloqa yo`llari va aholi vositalari, rel’yef kartalari uchun esa aloqa yo`llari va aholi yashaydigan joylarning hammasi tasvirlanishi shart emas. Lekin, kartaning mazmuni va maqsadiga, tasvirlanayotgan elementlarning ahamiyatiga qarab ba’zi bir geografik elementlarning hamma mavzuli kartalarda bo`lishi shart. Masalan, o`rta osiyoga tegishli mavzuli kartalarda gidrografik ob’ektlarni ahamiyati katta bo`lgani uchun imkoni boricha to`laroq ko`rsatiladi. Chunki, suv ob’ektlari (gidrografiya) mavzuli kartalarning boshqa elementlarini bir-biriga bog`lovchi zarur elementdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |