Gorizontallarni jihozlash. Gipsometrik shkalalar. Mayda masshtabli umumgeografik kartalarda gorizontallar oralig’ini tanlash tasvirlanadigan hududlarga bog’liqdir. Masalan, O’rta Osiyoning relefi har xil bo’lganligi uchun quyidagi shkalalar qabul qilingan: 0 metrdan past joylar to’q yashil rangda (asosan botiqlar tasvirlanadi), 0-100 metrgacha yashil rangda, 100-200 metrgacha to’qroq yashil rangda tasvirlanadi. 200-400 metrgacha och jigar rang, balandligi oshib borgan sari jigar rang to’qlashib boradi (O’zbekiston hududi tasvirlanganda 1000-gorizontal albatta ko’rsatiladi, chunki undan baland joylarda paxta ekilmaydi). Bunday usul gorizontallar oralig’ini bo’yash usuli deb yuritiladi. Bu usulda relefni tasvirlash kartografiyada gipsometrik usul deb ataladi. Bu usul izogipslarga (teng balandlik) asoslangan. Gipsometrik usulda tasvirlangan relef 10-16-pog’onalarda (shkalalarda) berilishi mumkin.
Rangli shkalalarni ishlab chiqishning bir nechta printsiplari mavjud:
“Qancha baland bo’lsa shuncha qora” shkalalar - ularda tekislik balandligi oshgan sari ranglar och yashildan to’q yashilga qarab o’zgarib boradi, tog’li hududlarda esa, och sariq-jigar rangdan to’q jigar rangga qarab oshib boradi. Bunday shkalalar mantiqan to’g’ri, chunki ular balandlik va qiyalik oshganini bildiradi, lekin uyg’unligi kam va relefning nafis (plastikali) tasvirlashi yetarli darajada emas.
“Qancha baland bo’lsa shuncha yorug” shkalalar - ularda tekislik uchun tanlangan kul rangdan, baland tog’larning och sariq yoki deyarli oq rangiga qarab shkala tanlanadi. Bunday shkalalar juda ifodali, chunki tog’lar quyosh balan yoritilgandek tuyuladi, bu esa relef tasvirida nufuzilikni ta’minlaydi. Bu shkalalar Alp, Pomir, Tyanshan va boshqa tog’lar relefini tasvirlashda ishlatiladi. Noqulaylik tomoni kartaning eng ko’p yuk joylashgan qismi - tekislik qorong’ilashib boradi.
“
Do'stlaringiz bilan baham: |