Mavzu. Kartografik tasvirlash usullari (4 soat) Kartografik tasvirlash usullari Relefni tasvirlash usullari
–rasm. Joyni perespektiv usulda tasvirlash (Seleziya kartasining bir qismi, Martin Xelvig, 1561 y)
Download 0.62 Mb.
|
107192 12-MAVZU. KARTOGRAFIK TASVIRLASH USULLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm.
1–rasm. Joyni perespektiv usulda tasvirlash (Seleziya kartasining bir qismi, Martin Xelvig, 1561 y)
Kartada obektlarni planli geometrik xususiyatlarini berish nuqtai nazaridan kelib chiqib, kartografik shartli belgilar o’z xususiyatlari va vazifalariga ko’ra masshtabsiz, maydonli (konturli) va chiziqli shartli belgilarga bo’linadi (1-rasm). 2-rasm. Topografik kartalarning ayrim masshtabsiz, chiziqli va maydonli shartli belgilari: 1-davlat geodezik shaxobchalarining punktlari; 2-radiomachtalar, televizion machtalar; 3-benzokolonkalar; 4-neft va gaz vishkalari; 5-meteorologik stansiyalar; 6-haykallar, monumentlar; 7-davlat chegaralari; 8-davlat qo‘riqxonalarining chegaralari; 9-yaxshilangan shosse; 10-metali va temirbeton asosli elektr uzatish liniyalari; 11-yer ostidan о'tkazilgan quvurlar; 12-daryo va soylar; 13-tikonli tutash butazorlar; 14-tutash saksovulzorlar; 15-sochilgan holdagi toshlar va shag'ali yerlar; 16-o'tib bo‘ladigan sho'rxok yerlar; 17-barxanlar bilan qumloq yerlar; 18-mohli botqoqlik. Masshtabsiz shartli belgilar bilan konturlarini karta masshtabida ko’rsatish mumkin bo’lmagan obektlar tasvirlanadi. Masalan, alohida turgan, orientir ahamiyatiga ega bo’lgan daraxtlar, buloq, quduq, tegirmon, zavod va fabrikalar, neft va gaz ishlab chiqarish markazlari, yodgorliklar va boshqa shu kabi obektlar masshtabsiz shartli belgilar bilan ko’rsatiladi. Bunda obektlarning tashqi ko’rinishi (qiyofasi) saqlanmaydi. Obektning joydagi o’rni esa, odatda shartli belgining markaziga yoki tagiga to’g’ri keladi (2-rasm). Maydonli shartli belgilar bilan karta masshtabida konturini saqlab qolish mumkin bo’lgan obektlar tasvirlanadi. Masalan, o’rmon, botqoqlik, o’tloq, bog’, poliz, ko’l va boshqalar maydonli shartli belgilar bilan ko’rsatiladi, obektlarning tashqi ko’rinishi (qiyofasi) saqlanadi. Ularning konturlari turli rangga bo’yaladi yoki boshqa maydonli grafik vositalar bilan to’ldiriladi. Botqoq va sho’rxok yerlarning konturlari ichiga turli xil shtrixlar chiziladi. Bu belgilar uchun “konturli belgilar” yoki “masshtabli belgilar” terminlari qo’llanilgan. Chiziqli shartli belgilar bilan uzunligi karta masshtabida ifodalanadigan va uzunasiga davom etgan obektlar — daryo, ko’l va dengizlarning qirg’oq chiziqlari, siyosiy-ma’muriy chegaralar, yo’llar, telefon hamda telegraf tarmoqlari va boshqa shu kabi chiziqli obektlar tasvirlanadi (2-rasm). Ular obektlarning o’xshashlik belgilarini saqlab qoladi, lekin obektning kengligini orttirib yuborishi ham mumkin (mayda masshtabli kartalardagi yo’llar belgilari). Kartografik shartli belgilar shakli, katta-kichikligi, rangi, kengligi, orientirovkasi, tiniqligi va ichki tuzilishi (rasmi) bo’yicha bir-biridan farqlanadi (3, 4 va 5-rasmlar). Kartografik belgilarni o’rganishda, tahlil qilishda, takomillash-tirishda va yangilarini ishlab chiqishda ularni kartografik tasvirlash usullari bo’yicha farqlash qulay. Chunki ular kartaga olinayotgan voqea va hodisalarning joylanish xarakterini va mohiyatini hisobga oladi. Foydalanilayotgan va foydalanishi mumkin bo’lgan kartografik belgilar ko’p bo’lishiga qaramasdan kartografik tasvirlash usullarining soni unchalik ko’p emas. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling