Mavzu. Kartografik tasvirlash usullari (4 soat) Kartografik tasvirlash usullari Relefni tasvirlash usullari


-rasm. Harakatdagi belgilar usuli. Okean suvlari yuzasidagi oqimlar


Download 0.62 Mb.
bet9/14
Sana02.11.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1739544
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
107192 12-MAVZU. KARTOGRAFIK TASVIRLASH USULLARI

15-rasm. Harakatdagi belgilar usuli. Okean suvlari yuzasidagi oqimlar
Kartaning maqsadi va kartaga olinayotgan voqea va hodisa xususiyatiga mos holda harakatdagi belgilar yordamida voqea va hodisa yo’llarini, harakat usulini, yo’nalishini va ko’chib yurish tezligini, sifatini, quvvatini, tarkibini ko’rsatish mumkin. Grafik vositalar sifatida strelkalardan, shuningdek har xil rangdagi, shakldagi va kenglikdagi polosa (tilim) lardan foydalaniladi.
Kartodiagrammalar usuli. Kartada biror hodisaning jamlangan mutloq raqamli qiymatini, kartada ko’rsatilgan ma’muriy-hududiy birlik bo’yicha taqsimlanishini diagrammalar yordamida tasvirlash usuliga kartodiagramma deyiladi.
Kartodiagrammalardan alohida tasvirlash usuli sifatida ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi kartalarni (masalan, aholi, sanoat, qishloq va o’rmon xo’jaligi, fan, maorif va madaniyat kartalari) tuzishda keng foydalaniladi, chunki ko’pchilik statistik (raqamli) ma’lumotlar alohida aholi punktlari yoki obektlar bo’yicha qayta ishlanmaydi va chop etilmaydi, balki, mamlakatning ma’muriy bo’linishiga mos holda (viloyatlar, tumanlar bo’yicha) yoki boshqa hududiy birliklar bo’yicha to’planadi va chop etiladi. Bunday birliklar bo’lib, masalan, o’rmon zahiralari kartodiagrammasida - o’rmon xo’jaliklari, baliq sanoati uchun - alohida dengiz, ko’l yoki daryo havzalari xizmat qiladi.
Kartografiyada uzunligi taqqoslanayotgan kattaliklarga proportsional chiziqli diagrammalar - ustunchalar, tilimchalar (tasmachalar), taqqoslanayotgan kattaliklarga proportsional maydonli diagrammalar - kvadratlar, doira (aylana)lar, taqqoslanayotgan kattaliklarga proportsional hajmli diagrammalar — kublar, sharlar va boshqalar foydalaniladi (16-rasm).






Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling