Mavzu: Kartografik tasvirlash usullarini tanlash
Download 17.44 Kb.
|
10.Mavzu Karta loyiha
Mavzu: Kartografik tasvirlash usullarini tanlash. Kartografik tasvirlash usullarini o’rganish , ularni hududlar bo’yicha Hodisalarni joylashtirish xususiyatiga bog’liq holatda qo’lashning ko’rsatkichlarni kartalarda ifodalashda turli xil kartografik tasvirlash usullarini birgalikda qo’lashning o’rganish. Amaliy ish bajarilish tartibi: 1)Tarkibida va legendasini o’rganish, kartada qanday hodisalar tasvirlanganligini tushuntirish Ularning hududlar bo’yicha joylashish xususiyatlarini ( masalan obyektlarning nuqtalarda chiziqlarda, maydonlarga joylashganligini ularning tarqoq yoki uzluksiz tarqalganligini ) o’rganish. 2) Kartada hodisalarni ko’rsatish uchun qo’laniladigan kartografik tasvirlash usullarini aniqlash. 3) Quyidagi holatlarni ko’rsatib berish. a) Kartalarda kartografik tasvirlash usullari bilan qanday xususiyatiga ega hodisalar (miqdorli sifatli ) ko’rsatilgan. b) Kartada vorqe hodisalar qanday grafik vositalar yordamida tasvirlangan. 4) Kartani undagi kartografik tasvirlash usullarining maqsadli qo’llanilishi ularni karta o’qilishidagi ahmiyati kartaning umumiy ko’rinuvchanligini va boshqa xususiyatlari bo’yicha baholash. 8.Harakatdagi belgilar usuli . 9. Nuqtalar usuli 10.Kartodiagrammmalar usuli 11.Kartogrammalar usuli Kartografik tasvirlash usullari Usullar joylashgan manbalar 1.Belgilar usuli. 2. CHiziqli belgilar usuli 3.Sifatli fon (rang) usuli 4.Izoliniyalar (teng chiziqlar) usuli 5. Miqdorli rang (fon) usuli 6. Joylashtirilgan diagramalar usuli 7. Ariallar usuli 1.Belgilar usuli : Belgilar alohida tasvirlash usuli sifatida odatda karta masshtabida ifodalanmaydigan Obyektlat o’xshashgan joyini ko’rsatish uchun va umuman aniq punktlarda joylashgan hodisalani tasvirlab berish uchun qo’llaniladi. Masalan ,topografik kartalarda belgilar bilan joydagi predmentlar, kilometr va yo’l ko’rsatkichlarni Yakka o’sgan oriyentir ahmiyatiga ega bo’lgan daraxtlar , radiomatchalar. Mayda masshtabli mavzuli Va umumgeografik kartalarda belgilar obyektlarning o’rnashgan joyini va turini ko’rsatishdan tashqari ko’pincha boshqa vazifalarni ham bajaradi. Masalan , obyektning miqdor ko’rsatkichlarni (kata-kichikligini ), ahmiyatini, uning vaqt mobaynida o’zgarishini va hokozolarni tasvirlaydi. Masalan aholi punkti belgisi shu punkdagi aholi joylanish tipini (shahar,shaharcha tipidagi posyolka qishloq ) aholi sonni shuningdek ushbu punktni mamuriy ahamiyatini ko’rsatish mumkin. Shuningdek belgilarni sanoat va qishloq xojalik koorxonalarni foydali qazilma konlarni tasvirlash uchun ham qo’llash mumkin. O’zining shakliga ko’ra ular uchta turga bolinadi : 1)Geometrik, 2) Harfli 3) Ko’rgazmali belgilarga bo’linadi. 2. Chiziqli belgilar usuli: Chiziqli belgilar alohida tasvirlash usuli sifatida uzunasiga davom etgan Kengligi karta masshtabida ifodalanmaydigan chiziq bo’ylab joylashgan obyektlarni tasvirlash uchun qo’laniladi. Masalan , suvayirg’ich chiziqlari, siyosiy va ma’muriy chegaralar, yo’llar, telefoon telegraf liniyalari, daryo ko’l va dengizlarning qirg’oq chiziqlari, front chiziqlari va ular holatining o’zgarishi va boshqa obyektlarning asosiy yo’nalishlari (tog’lar burmalarini, yo’nalishlari relyeflarni sklet chiziqlari va hakozo) tasvirlanadi. Obyektlarning sifat va miqdor ko’rsatkichlarini berish uchun odatda chiziqli belgilar shaklidan, rangidan ichki strukturasidan, ayrim hollarda kengligidan foydaniladi. 3.Izoliniyalar (teng chiziqlar) usuli: “Izos “ grekcha –teng, bir xil degan ma’nolarni anglatadi. Izoliiyalar deb kartada voqea va hodisalarni birorta miqdor ko’rsatkichi asosida bir xil qiymatga ega bo’lgan nuqtalar bo’yicha o’tgan yoki ularning birlashtiruvchi egri chiziqa aytiladi. Odatda bu usul bilan uzluksiz tarqalgan (yoyilgan) va fazoda asta sekin o’zgaradigan voqea va hodisalar tasvirlanadi. Topografik kartalarda relyefning tasvirlashning asosiy usuli bo’lgan go’rizontalar yoki izogipislar izoliniyalar xarakterli misol bo’ladi. 4. Sifatli fon (rang): Bu usul bilan kartalarda tasvirlanayotgan hudud chegarasida tasvirlanayotgan voqea va hodisalar u yoki bu ma’lum sifat belgisi bo’yicha qismlarga bo’lish va ularning har birini maydonli garafik vositalar yordami qoplash yoki to’ldirish yo’li bilan o’sha voqea va hodisaning sifat farqlari tasvirlanadi. Hududiy qismlarga bo’lish tasvirlanayotgan voqea va hodisaning sifat ko’rsatkichlari bilan uzviy bo’g’langan bo’ladi. Masalan: tuproq kartalarida ushbu qismlar orasida chegara qayerda bitta tuproq tipi (kichik tipi, turi) Boshqasi bilan almashinsa, o’sha yerda o’tkaziladi. 5. Miqdorli rang (fon) usuli: Bu usul bilan kartada tasvirlanayotgan hudud chegarasida tasvirlanayotgan voqea va hodisani u yoki bu ma’lum bir miqdor ko’rsatkichi bo’yicha qismlarga bo’lish va ularning har birini maydonli grafik vositalar yordamida qoplash yoki toldirish yo’li bilan o’sha hodisaning miqdor farqlari tasvirlanadi. Hududiy qismlarga bo’lish tasvirlanayotgan hodisalarning miqdor ko’rsatkichlari bilan uzviy bog’langan bo’ladi. Ushbu qismdalar orasidagi chegaralar aks etiralayotgan voqea va hodisa bilan uzviy bog’langan belgilar bo’yicha o’tkaziladigan va har bir qism uchun u yoki bu raqamli ma’lumotlar bo’yicha aks etiralayotgan hodisaning miqdor tavsifi ko’rsatiladi. 6. Joylashtirilgan diagrammalar usuli: Joylashtirilgan diagrammalar usuli – uzluksiz va chiziqli tarqalgan mavsumiy va boshqa davriy voqea va hodisalarni ularning rivojlanishi, miqdorli, davom etishi qaytalanishini tavsiflash uchun keng ishlatiladi. Bu usul bilan odatda iqlimga tegishli mavzular havo haroratining yil davomida o’zgarishi davomida o’zgarishi, oylar bo’yicha yog’in sochin miqdorining taqsimlanishi qor qoplamining dinamikasi, daryolarning yillik oqimi oylar bo’yicha taqsimlanishi, shamollarning yo’nalishi , kuchi va h,k tasvirlanadi. 7. Areallar usuli: Areal lotincha “ areal” maydon, fazo, makon, boshliq degan manoni anglatadi . Birorta voqea va hodisaning, masalan o’simliklar turlarini, haydaladigan yerlar tarqalgan joylariga areal deyiladi. Joylanish xarakteri bo’yicha voqea va hodisa o’zini arealining chegarasida uzluksiz, yaxlit, butun (masalan yer yuzasi muzlashi) yoki tarqoq ( masalan g’oza ekiladigan areal) bo’lishi mumkin. Areallar absolyut va nisbiy turlarga ajratiladi. 8. Harakatdagi belgilar usuli: Harakatdagi belgilar alohida tasvirlash usuli sifatida kartalarda har xil: ham tabiiy, ham sotsial – iqtisodiy voqea va hodisalarga tegishli fazoviy o’rin almashinishlari ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Masalan, dengiz va okean oqimlari, qushlarning ko’chib yurishi, sayohatlarning mashruti aholi migratsiyalar yuk tashishlar va boshqalar.Ko’pincha ulardan harbiy aperatsiyalarning rejasi va borishinig Ko’rgazmali qilib tasvirlash uchun ham foydaniladi. 9. Nuqtalar usuli: Bu usul bilan kartada yoyilib tarqalgan joylashgan voqea va hodisalarni har xil miqdor birliklarida Belgilaydigan uni joylashini va to’planishiga mos joylashtirilgan bir xil o’lchamdagi ko’pchilik nuqtalar bilan tasvirlanadi. Kartada voqea va hodisalarni tasvirlashdan oldin nuqtani “og’irligi “ vaznini aniqlaniladi, yani bitta nuqta qaysi o’lchamdagi miqdor ko’rsatkichiga mos keladi (masalan bitta nuqta 500 kishiga yoki 10 000 gektar sholi ekin maydoniga tog’ri keladi ).Ayrim hollarda bitta kartada ikkita o’lchamdagi nuqta berilishi mumkin masalan yirik nuqta 1000 kishi, kichik nuqtada esa 100 kishi. Nuqtalar usulini yaxshi tanlash tasvirlanayogan hudud chegarasida obyekt yoki voqea va hodisasi tarqalishi to’g’risidagi ko’rgazmali tasavvur beradi. 10. Kartodiagrammalar usuli : Kartada biror hodisaning jamlangan mutloq raqamli qiymatini kartada ko’rsatilgan ma’muriy hududiy birlik bo’yicha taqsimlanishini diagrammalar yordamida tasvirlash usuliga kartodiagramma deyiladi. Kartadiagrammalardan alohida tasvirlash usuli sifatida ayniqsa sotsial – iqtisodiy mavzudagi kartalarni (masalan aholi, sanoat, qishloq va o’rmon ho’jaligi va madaniy kartalar va boshqalar) tuzishda keng foydaniladi chunki ko’pchilik statistik raqamli ma’lumotlar alohida aoli punktlari yoki obyektlar bo’yicha qayticha ishlanmaydi va chop etilmaydi balki, mamlakatning mamuriy bo’linishiga mos holda (viloyatlar bo’yicha, tumanlar bo’yicha va h,k). 11. Kartogrammalar usuli: Kartogrammada tasvirlanayotgan voqea va hodisalarni bir – biri bilan taqoslash uchun shkalalar yoki pog’onalar orasidagi miqdorlar farqi bir xil bo’lishi kerak. Kartogrammani tuzishda kartaning maqsadi va uni kimlar uchun mo’ljalangan bo’lsa pog’onalar Soni 3-5 tadan oshmaydi karta oliy o’quv yurlari talabalar uchun mo’ljalangan bo’lsa pog’onalar soni ko’proq tanlanadi, bu bilan ko’rsatkichlarni aniqligi oshadi. Lekin kartogramma voqea va hodisaning hududiy birlik ichidagi intevsifligida farqlarni ko’rsatmaydi. Kartogrammada voqea va hodisalarning dinamikasini va strukturasini ko’rsatish qiyin. Download 17.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling