Mavzu: Kartografiya va geoinformatika Geoaxborot tizimida ma’lumot lar tushunchasi
Yordamchi geografik ma’lumot olish turlari
Download 488.83 Kb.
|
Mavzu 3 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqamli fotogrammetriya orqali ma’lumot olish.
- GPS qurilmasi orqali ma’lumot olish.
- Fazoviy ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va boshqarish
- Ma’lumotlar Bazasini Boshqarish Tizimi
Yordamchi geografik ma’lumot olish turlari. Yordamchi manbalardan geografik ma’lumotlar olish bu rastr-vektor fayllar va ma’lumotlar bazasini kartalar, suratlar hamda boshqa bosma (qattiq) formatdagi hujjatlardan yaratish jarayonidir. Skanerlash rastr ma’lumot olish uchun qo‘llaniladi. Planshetli raqamlashtirish (table digitizing), proyeksiyali raqamlashtirish (xeads-up digitizing), stereofotogrammetriya va COGO ma’lumot kiritish vektor ma’lumot olish uchun qo‘llaniladi.
Raqamli fotogrammetriya orqali ma’lumot olish. Fotogrammetriya - bu qisqacha qilib aytadigan bo‘lsak, tasvirlar, aerofotosuratlar orqali o‘lchovlar amalga oshiriladigan fandir. Bunday aerofotosuratlar yordamida an’anaviy fotogrammetriyada joyning ikki o‘lchamli modeli hosil qilinsa, hozirgi GAT va masofadan zondlash tizimlari orqali juft stereosurat hamda tasvirlarni bir-biriga birlashtirish orqali joyning ikki va uch o‘lchamli modellari hosil qilinmoqda. Fotogrammetriya kurslaridan ma’lumki, samolyot orqali suratga olinayotganda, keyinchalik aerofotosuratlarni bir-biriga birlashtirish uchun syomka bo‘ylab keyingi olingan surat oldingi suratning kamida 60% ini va o‘sha chiziqlar orasidagi surat o‘zidan keyingi suratning kamida 30% ini qamrab olishi zarur. Xuddi shunday jarayonning o‘zi aynan masofadan zondlashda ham amalga oshiriladi. Qamrab olish (suratlarning bir-biriga ustma-ust tushib qoplab olishi) qiymati uch o‘lchamli model hosil qilish maydonini ko‘rsatadi. GPS qurilmasi orqali ma’lumot olish. GPS qurilmasi orqali GAT dasturlariga ma’lumot olish turli xil usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Masalan, syomka qilingandan so‘ng maxsus dasturlar yordamida GPS qurilmasining xotirasidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va bu ma’lumotlarni GAT dasturlariga jo‘natish yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri maxsus GATning ichida joylashgan dasturlar orqali qayta ishlash mumkin. Hozirgi kunda yer resurslarini boshqarish tashkilotlarida ishlatilayotgan Panorama dasturida ham shunday dastur mavjud va bu ma’lumot olish NMEA 0183 tizimi orqali amalga oshiriladi. NMEA 0183 bu GPS navigatsiya qabul qilgichlari va undan foydalanuvchilar o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvini uzatuvchi format turidir. GPS import dasturi orqali koordinatalar dasturi File/Import from/GPS Koordinates/NMEA or File/Refresh/Koordinates GPS/NMEA orqali amalga oshiriladi. rasm. Trimble GeoXH GPS qurilmasi (Manba: Trimble veb - sahifasi) Import rejimi orqali karta yangidan hosil qilinishi mumkin. Yangilanish mobaynida obyektlar berilgan kartaga yoziladi. Kiruvchi ma’lumot sifatida NMEA 0183 format protokoli yozuvlarga ega bo‘lgan matnli fayl, shuningdek, uch o‘lchamli koordinata sistemasiga ega bo‘lgan nuqtali yoki chiziqli (maydonli) obyektlar xizmat qiladi. Hosil qilinayotgan obyekt turi dastur dialog oynasidan tanlanadi. Bunda bir xil koordinatali ketma-ket kelgan yozuvlar o‘tkazib yuboriladi. Agar yangilanayotgan kartalar proyeksiyasi WGS-84 ellipsoidida bo‘lsa, u holda geodezik koordinatalar o‘zgartirilmasdan yoziladi, aks holda koordinatalar Krasovskiy ellipsoidi sistemasiga o‘zgartiriladi. rasm. GPS qurilmasi orqali ma’lumot olish (Manba: Internet) Fazoviy ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va boshqarish GATning keng masshtabda qo‘llanilishi geografik ma’lumotlar bazasiga asoslangan. Ma’lumotlar bazasi GATni ishlatish uchun zarur bo‘ladigan omillardan biri bo‘lib, inson resurslari omilidan keyingi asosiy munozarali qism hisoblanadi. Buning sababi, ma’lumotlar bazasini tashkillashtirish va to‘g‘rilashning qimmatligi, bazani loyihalash shaklining talablari, tahlili va qaror qabul qilishdagi o‘rnidir. Hozirgi kunda keng masshtabda qo‘llaniladigan raqamli GATda barcha axborotlar tarmoq ichida ishlovchi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan maxsus dastur - Ma’lumotlar Bazasini Boshqarish Tizimi (MBBT)da saqlanadi. Ma’lumotlar bazasining to‘g‘ri tashkil etilishi qidiruv hamda boshqa tizimli operatsiyalarning to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi. Ma’lumotlar bazasi deganda maxsus obyekt to‘g‘risida integratsiyalashgan axborotlar to‘plami tushuniladi. Geografik axborotlar bazasi esa oddiy bo‘lib, u aniq maydon va obyektga tegishli geografik axborotlardan tashkil topgan bo‘ladi. Ma’lumotlar bazasida "fazoviy" (spatial) atamasi ko‘p ishlatiladi. Avval ta’riflaganimizdek, "fazoviy" atamasi biror-bir joyning geografik hamda geografik bo‘lmagan xususiyatini bildiradi. Hozirgi kunda ko‘plab katta kompaniyalar MBBTni ma’lumotlarni saqlash va fayllar jamlanmasi uchun ishlatadilar. Download 488.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling