Mavzu: kasb-hunar maktabari haqida malumot


Download 29.76 Kb.
bet1/4
Sana13.11.2023
Hajmi29.76 Kb.
#1771139
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
kasb hunar maktablari haqida referat




REFERAT

MAVZU:KASB-HUNAR MAKTABARI HAQIDA MALUMOT


Guruh:
BAJARDI:BEGMATOVA B.
TEKSHIRDI:

REJA:
1. Ta’lim to`g`risida umumiy tushuncha. 
2. Umumiy va Kasbiy ta’lim tizimi islohatlari
3. Kasb-hunar ta’limi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar sharoiti
4. Kasbiy ta’limning maqsad va vazifalari


O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o'rta maxsus, kasbhunar ta’limini yangi turdagi ta’lim muassasasi sifatidagi rivoji, pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish kabi m asalalarga alohida e ’tibor qaratilgan. Bu m asalalarni hal etishda o 'rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish va boshqarish, kasb-hunar kollejlarida ishlab chiqarish ta’limini tashkil etish, ta ’lim usullarini tanlash va yangilarini ishlab chiqish davr talabi bo'lib qolmoqda. Kasb-hunar kollejlari tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beruvchi o'quv muassasasi bo'lib, u o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko'nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan kasb-hunar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisosni beradi. Kasb-hunar kollejlarining o'quv jarayoni ishlab chiqarish ta’limi, tarbiyaviy soatlar, darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlaridan iborat b o 'lib , ularning yaxlit p ed ag o g ik ja ra y o n sifatida takom illashtirilishi, amaliy tajriba-sinov ishlari natijalariga ko'ra belgilanadi. Bu jarayon kasb-hunar kollejlarida tegishli yo'nalishdagi mutaxassislik fanlarini o'qitish va ishlab chiqarish ta’limi (mutaxassislik fanlari bo'yicha Iaboratoriya va amaliy m ashg‘ulotlar, mashinalarni boshqarishga o'rgatish, o'quv va ishlab chiqarish amaliyoti)ni yuqori usulik saviyada o'tish orqali amalga oshiriladi. M as h g ‘ulotlar qayd etilgan tashkiliy shakllari o'quvchilarni tanlagan mutaxassisliklari bo'yicha amaliy faoliyatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladigan kasbiy ta'lim natijasida nazariy bilim, ko'nikma va malakalar tizimi shakllantiriladi. ishlab chiqarish ta’limi jarayonida esa, o'quvchilar, asosan, amaliy kasbiy-ko'nikma va malakalarni egallaydilar. Bu ikki mushtarak jarayon mahsuli sifatida muayyan kasb va malakaga ega bo'lgan kichik mutaxassisni tayyorlash ta'minlanadi. Zamonaviy mutaxassis kasbiy faoliyati sohasidagi yangiliklarni egallab borishi, istiqboldagi taraqqiyot yo'nalishlari hamda yuzaga keluvchi muammolarni yechish yo'llarini ko'ra bilishi lozim. Bunday talablar darajasidagi mutaxassisni tarbiyalash uchun o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini tashkil etish va boshqarish, kasb-hunar kollejlarida ishlab chiqarish ta’Iimini amalga oshirishning samarali shakllari, faol usullari hamda zamonaviy vositalari majmuasini ishlab chiqish hamda ilmiy-usulik jihatdan asoslash lozim bo'ladi. Kasb-hunar kollejlarida malakali kichik mutaxassis tayyorlash ishlari quyidagi talablarga javob berishi lozim: - mutaxassislik bo'yicha davlat ta’lim standartida belgilangan bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilganligi; - ta’lim mazmunida ko'zlangan ta’lim-tarbiya maqsadi va vazifalariga mos kelishi; - malakali kichik mutaxassis tayyorlash jarayonining barcha tarkibiy qismlari (nazariy mashg'ulotlar, laboratoriya-amaliy mashg'ulotlar, ishlab chiqarish amaliyoti) o'zaro bog'liq holda uzviy tashkillashtirilishi; - kasbiy t a ’lim berish mazmunining fan, texnika va texnologiya taraqqiyoti darajasi talablariga javob berishi. Bu talablarni bajarishda ishlab chiqarish ta’limining o'rni beqiyosdir. Chunki ishlab chiqarish ta’limining asosiy vazifasi - b o ‘- 4 1 aj а к malakali kichik mutaxassislarni muayyan mutaxassislik sohasida amaliy faoliyat ko'rsatishga tayyorlashdan iborat. U esa. o'z navbatida nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishga o ‘rgatish, zarur bo’lgan kasbiy ko'nikma va malakalarni shakllantirish, o'z mutaxassisliklari uchun xos bo’lgan ishlab chiqarish jarayonini rejalashtirish, tayyorlash, amalga oshirish. nazorat qilish va xizmat ko'rsatishga o'rgatishdan iborat.


Download 29.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling