Unga qo‘yiladigan talablar: Kasb-hunar ta’limining og‘zaki metodlari - Suhbat. Bu kasb ta’limining shunday usulidirki, unda o‘qituvchi savollar yordamida ta’lim oluvchilarning ilgari o‘qlashtirilgan bilimlari asosida ularni esga tushiradi hamda mustaqil ravishda yangi bilimlar xosil qilishga undaydi. Ta’lim oluvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va boshqarish savol-javob metodi orqali ham amalga oshiriladi. Bunday suhbat evristik suhbat deyiladi.
- Suhbatning didaktik mohiyati o‘qituvchi ta’lim oluvchilar oldiga savol-javoblar qo‘yib, ularning mantiqiy manolari yechiladi va o‘quvchilarda o‘quv materiali bo‘yicha aniq fikrlar hosil qilinadi. Bu orqali o‘qituvchi o‘quvchilarga oldin egallagan bilimlaridan, kuzatuvlaridan, hayotiy va ishlab chiqarish tajribalaridan foydalanishga, ularni taqqoslashga, mantiqiy xulosalar chiqarishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |