Ta’lim oluvchilarning kitob va xujjatlar bilan ishlashi. Ilmiy va amaliy pedagogikada ta’lim oluvchilarning kitob bilan ishlashlarini bir qator metodik turlari ko‘rsatilgan: tez o‘qitish, konspekt olish, asosiy joylarni aniqlash va reja tuzish, misollar muhokamasi, nazorat savollariga javob va hokazolar. Biroq texnika va texnologik kitoblar bilan ishlaganda mazkur usullarni to‘liq qo‘llash mumkin emas. Texnik fanlar yuzasidan ta’lim oluvchilarning kitob bilan ishlashlari jarayonida texnika va texnologiya bo‘yicha materialni, vazifani yaxshilab o‘rganish kerak bo‘ladi. Bu vazifalarni tablitsa to‘ldirish orqali ham o‘rganish mumkin. Jadvalda quyidagi grafiklar bo‘lishi kerak: mashinaning ahamiyati, mexanizmlari, qismlari, qismlarning vazifalari. - Reproduktiv mashq - bu tipdagi mashqlarni bajarishda ta’lim oluvchilar qurilmaning tuzilishi, materiali, asbob-uskunalar, yozma vazifalarini o‘rganishadi. Reproduktiv mashqda chizma, sxema, grafik va diagrammalar muhokama qilinadi hamda ta’lim oluvchilar tomonidan ular bajariladi. Kasbiy fanlar bo‘yicha texnik xujjatlar – stanok pasportlari va texnologik kartalarni o‘rganish mumkin.
- Badiiy mashq. Ta’lim oluvchilar bu turdagi mashqlarni bajarishda egallagan bilim va malakalaridan turli xil kombinatsiyalarda foydalanishadi, ya’ni oldiga qo‘yilgan vazifalar yuzasidan mustaqil ravishda original javoblarini topishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |