Mavzu: Kasbga hunarga yo'naltirish O’qituvchi va Ota-onalar bilan ishlash Reja


Download 42.27 Kb.
bet1/8
Sana07.03.2023
Hajmi42.27 Kb.
#1245251
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kasbga hunarga yo\'naltirish O’qituvchi va Ota-onalar bilan ishlash


Mavzu: Kasbga hunarga yo'naltirish O’qituvchi va Ota-onalar bilan ishlash
Reja:
Kirish
1.Kasblar xarakteristikasi- professiogramma.
2.Kasb hunarga yonaltirish ishlariga qo’yiladigan talablar.
3. O’qituvchi va Ota-onalar bilan ishlash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Kasblarni tanlash maqsadi, shart-sharoitlari, kasblar tasniflagichi. Kasb tanlash formulasi, kasbiy tavsifnoma. O`zbekistondagi kasblar turkumlari: Odam-odam; Odam-texnika; Odam-tabiat; Odam — belgilar tizimi; Odam — badiiy obraz. Kasbiy mahorat asoslari. Kasb-hunar yo`nalishini tanlashda qiziqish, moyilliq qobiliyat, kasbiy yarokdilikning ahamiyati bilan bosqichma-bosqich tanishtirib borish.O`quvchilarning xududiy, jurrofiy, mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, o`rta maxsus, kasb-hunar o`quv muassasalarida o`zlari qiziqqan sohalar yo`nalishini (akademik liseylarda o`qish yo`nalishini) ixtiyoriy tanlashlariga yordamlashish. Soғligi tanlagan kasbiga mos kelish-kelmasligini hisobga olish. Kelgusi kasbiy hayot yo`lini ongli tanlay olish ko`nikmalarini shakllantirish.O`quvchilarni mehnat ta’limi va kasblarga yo`naltirish fanidan:
Bozor iqtisodiyoti sharoitida insonlarning yaxshi yashashida, faoliyatida to`rri kasb tanlashning ahamiyatini turli xil kasblarning insonga qo`yadigan talablarini; kasblar olami, kasblar shajarasi, O`zbekiston xalq xo`jaligidagi muhim kasblar, kasblar tasniflagichi; kichik mutaxassislar tayyorlash tizimi; kasblar, mehnat shart-sharoitlari, vositalari, fani, maqsadi bo`yicha shajaralanishi, o`quvchilarni o`z qiziqish va moyilliklari, o`z xarakterining o`ziga xos xususiyatlarini, o`z nerv tuzilishi, psixikasi, o`z qobiliyati va ehtiyojlarini kasblar to`ғrisida ma’lumot olish maktablarini ayrim kasb mehnat bozori talablari asosida ehtiyojning o`zgarib borishini, salomatligining tanlagan kasbiga mos kelishi, hududda joylashgan o`rta maxsus, kasb-hunar o`quv yurtlarida ta’lim yo`nalishini ixtiyoriy tanlashi; o`qishni davom ettirish imkoniyatlari. Kelgusi mavqeini bilishi zarur.O`quvchilar kasblarni tahlil qila olishi; o`zlarining shaxsiy sifatlarini, qiziqishini va salomatlik darajalarini to`rri baholay olishlari, kasblarning insonga qo`yadigan talablari bilan o`zlarining individual xususiyatlarini taqqoslay olishlari, shaxsiy kasbiy rejalarini tuza olishlari zarur.O`quvchilar

Xalq xo`jaligi asoslari bo`limi bo`yicha xalq xo`jaligi sohalarini, xalq xo`jaligida ro`y berayotgan islohotlarni, bozor iqtisodiyoti talablarini, davlat xususiy korxonalarini, kooperasiya, firma, shirkat, konsernlar, ularda ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari, texnologik jarayonlar, mahsulotlarni tayyorlash bosqichlari, tabiatni ishlab chiqarishning zararli ta’siridan muhofaza qilish, mahsulot qiymatini arzonlashtirish yo`llari, qishloq xo`jaligida ishlab chiqarishning davriyligini, maromli, oqimligi; ishlab chiqarishni rejalashtirish, irrigasiya va meliorasiya ishlarini; mehnat qonunchiligini.O`quvchilarda shakllanishi zarur bo`lgan ko`nikmalar:Xalq xo`jaligi sohalari bilan tanishish, sanoat, qishloq xo`jaligi, ishlab chiqarishni boshqarish, tashkil etish, korxonalarda mehnat intizomini yaxshilash; mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillar, foyda va qo`shimcha qiymat, mehnat unumdorligini oshirish, engil sanoat korxona-larida tikuv mashinalarida ishlash, nosozliklarni bartaraf qilish, ta’mirlash; uy-xo`jalik elektr mashinalarini va asboblarini ishlata bilish, mehnat va texnika xavfsizligiga rioya qilish.


Kasb harakteristikasi - professiogramma


To’g’ri kasb tanlash mehnatning mazmuni, harakterini iloji boricha ko’proq bilishni hamda bo’lg’usi mehnat faoliyati jarayonidagi munosabatlar xususida iloji boricha to’laroq ma’lumotga ega bo’lishni taqazo etadi. O’quv mashg’ulotlari, sinfdan tashqari olib boriladigan turli ish formalari, ijtimoiy foydali, ishlab chiqarish mehnati, mutaxasislar bilan bo’ladigan uchrashuv va suhbatlar, adabiyotlarni mustaqil ravishda o’rganish va boshqa shu singari tadbirlar kasb to’g’risida tegishli bilimga ega bo’lish manbaidir.
Kasblar to’g’risisdagi eng muhim manabalardan biri professiogramma hisoblanadi. Professiogramma – kasbga berilgan xarakteristika bo’lib, o’sha kasb odamning shaxsiy fazilatlari: aqliy, psixologik, jismoniy va boshqa fazilatlariga qo’yiladigan asosiy talablarni o’z ichiga oladi.
Barcha professiogrammalar taxminan quyidagicha sxema asosida tuziladi:
Kasbning nomi;
Kasbning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyati va o’rni;
Mehnatning turi: qo’l mehnati, mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan mehnat ;
Mehnat predmeti va mahsuloti;
Ish bajarish uchun zarur bo’lgan bilim va mahorat;
Ish sharoitlari, ish joyi;
Mehnat tartibi (smenalilik, bir xillik va shu kabilar) va dam olish tartibi;
Kasbning sog’likka to’g’ri kelmasligi haqida tibbiy xulosa;
Shaxsning irodaviy, ishchanlik va boshqa fazilatlariga qo’yiladigan talablar;
Kasbning shaxsga: uning umumiy madaniyat darajasining shakllanishiga, aqliy qobiliyatlarining rivojlanishiga, xarakteriga va shu kabi sifatlariga ko’rsatadigan ta’siri;
Kasb o’rganish yo’llari, ta’lim muassasalarining xarakteristikasi va ularga kirish shartlari;
Kasbiy o’sish istiqbollari;
Turdosh kasblar.
Har bir o’smir o’z mehnat yo’li qanday boshlanishi to’g’risida o’ylar ekan, o’zi uchun mo’ljallanayotgan kasbning professiogrammasini tuzib chiqish foydali bo’ladi. Bunday ish unga o’zining bo’lajak kasbi to’g’risida ko’proq narsalarni bilib olish, o’sha kasbga o’zining kasb jihatidan qay darajada mos kelishini baholash imkonini beradi. Professiogramma tuzish siz o’zingizda shakllantirishni yoki rivojlantirishni zarur deb hisoblayotgan kasb jihatidan muhim sifatlarini belgilab olishga yordam beradi ( ular professional rejaga asos qilib olinmog’I kerak). Professiogramma tuzayotgan vaqtda “Kasblar olami” ensiklopediyasidan olingan maqolalardan, har xil so’rovnoma nashrlaridan foydalanish mumkin. Amaliy harakterga oid ba’zi ma’lumotlarni buyurtmachi korxona mutaxasislari bilan yoki kasbiy maslahatchi bilan o’tkaziladigan suhbatlardan olish mumkin.
Masalan: “Stanoklar va avtomat liniyalarining sozlovchisi”, sozlovchilik kasbi eng yangi va istiqbolli kasblardan biridir. U sanoatda murakkab avtomat va yarim avtomat uskunalar bilan bir vaqtda paydo bo’ldi. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish sharoititda bu kasbning ahamiyati doimiy ravishda ortib bormoqda.
Sozlovchining ishlab chiqarishdagi asosiy vazifasi stanoklarni va avtomat liniyalarini ma’lum bir turdagi mahsulotlarga ishlov berishga tayyorlashdan iboratdir. Sozlovchi detallarga sinov tariqasida ishlov berish tadbirini amalga oshiradi, asbob-uskunalarning ishini kuzatib boradi. Berilgan o’lchamlardan qandaydir chekinishni sezganda sozlovchi mashinaning qayeri buzilganligini aniqlaydi hamda o’z bilimi, mahorati va malakalariga tayangan holda kamchiliklarini yo’qotib, mashinani tuzatadi. Shuningdek, u turli xildagi remont ishlarida, uskunalarni sinash tadbirlarida qatnashadi, har xil tipdagi stanoklarni control avtomatlarni, avtomat liniyalarining transport qurilmalarini sozlab beradi, robotlarni sozlaydi. Stanoklarni sozlash bilan bog’liq bo’lgan tegishli hisob-kitob ishlarini bajaradi.Stanoklar va avtomat liniyalarining sozlovchisi yuksak darajada texnik bilimga va yaxshi xotiraga ega bo’lishi kerak. Turli-tuman texnik vazifalarni hal qilish zaruriyati bilan bo’g’liq bo’lgan ishlarni bajarayotgan sozlovchi uchun mantiqiy jihatdan to’g’ri o’ylash va ijodiy fikrlash g’oyat muhim ahamiyatga egadir. Uskunalardagi buzuqlik ko’zga yaqqol ko’rinib turmasligi sababli odatda kuzatuvchanlik va hushyorlik bilan ish yuritadigan sozlovchilar o’z ishida ijobiy natijalarga erishishlari mumkin. Shuningdek, o’g’ir vaziyatlar vujudga kelib qolganda sabr-toqatli bo’lish, puxta ishlash va o’zini yo’qotib qo’ymaslik ham muhimdir.
Sozlovchilar mashinasozlik, oziq-ovqat, to’qimachilik sanoati korxonalarida va boshqa shunga o’xshash joylarda mehnat qiladilar.
Bu kasb ni kasb-hunar kollejlarida o’rganish mumkin. Bu sohada bilim olishni esa mashinasozlik kasblari bo’yicha oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish mumkin.
Mashina va uskunalarni sozlovchi, dastur bilan boshqariladigan stanoklarning operatori, texnik-mexanik kasblari turdosh kasblar hisoblanadi.

2.Kasbga yo’naltirish ishlariga qo’yiladigan talablar.


O’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishini amalga oshirishda o’qituvchilar va sinf rahbarlari; yoshlar ijtimoiy harakati bo’limi tashkiloti; ota-onalar qo’mitasi kengashi; to’garaklarning rahbarlari bevosita ish olib boradilar.
Maktabdan tashqari muassasalar, odatda, qiziqishlari va mayllari yetarli darajada namoyon bo’lgan bolalarni birlashtiradi. Bunday bolalarda ijodkorlik va tashabbus ruhi ustunlik qiladi, ular amaliy faoliyatining xususiyati esa muayyan ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Maktabdan tashqari muassasalar (o’quvchilar uyi, bolalar kutubxonalari, yosh tabiatshunoslar va yosh tajribachilar texnika stansiyalari, yoshlar klublari, kashfiyotchilar uyushmalari va shu kabilar) kasbga yo’naltirish umumiy ishi tizimida faol qatnashadilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishda o’quvchilarning maxsus qiziqishlari shakllanadi va ularning qobiliyatlari rivojlanadi.

Bular umumiy ta’limni va mehnat politexnik ta’limini to’ldiradi, o’quvchilarda kasb tanlashning ijtimoiy ahamiyatga molik asosli sabablarini shakllantirishga yordam beradi, xalq xo’jaligi turli tarmoqlari bilan tanishishni kengaytiradi, o’quvchilarni qiziqtiradigan kasblar va mutaxasisliklarni, avvalo, o’z tuman, viloyatidagi kasblar va mutaxasisliklarni chuqur bilib olishga imkon beradi. Kasbga yo’naltirish bo’yicha fakultativ kurs kasbga oid ma’lumot olish, uzil-kesil kasb tanlash, real ishga joylashish masalalari yuzasidan o’quvchilarga maslahat berish imkoniyatlarini kengaytiradi.


O’quvchilarni kasbga yo’naltirish ishi shakllarini bir qancha belgilariga qarab quyidagicha tavsiflash maqsadga muvofiqdir:
O’tkazilayotgan tadbirlarda qatnashadigan o’quvchilar soniga qarab:
1.Bir necha parallel sinflar, aralash sinflar qatnashadigan tadbirlar.
2.Yakka tartibda o’quvchilar qatnashadigan tadbirlar.
B. Tashkil etish usullariga qarab:
1.Yalpi tadbirlar – ma’ruzalar, yig’ilishlar, konferensiyalar, olimpiadalar, videofilmlarni ko’rish; tematik kechalar, ishlab chiqarish ilg’orlari bilan o’tkaziladigan uchrashuv kechalari; kasb bo’yicha calendar kunlari.
2. Guruhda o’tkaziladigan tadbirlar – ekskursiyalar, maslahatlar, kasblar bo’yicha tanlovlar, yosh texniklarning musobaqalari, korxonalar va yetakchi kasblar bilan tanishish maqsadida jonajon o’lka bo’ylab sayyohlik yurishlari.
3. yakka tartibda o’tkaziladigan tadbirlar – kasb haqida maslahat beriladigan suhbatlar, kasblar to’g’risida tavsiya etilgan kitoblarni o’qish, uchrashuvlar, konstruktorlik, tajriba ishi yuzasidan yakka tartibda beriladigan topshiriqlar; o’quvchini qiziqtiradigan fan va texnika sohasini chuqurlashtirish va rivojlantirish maqsadida qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash
D.Mazmun manbalariga qarab:
Kasblar bilan tanishtirish; sayohatlar, malakali ustozlar va mutaxasislar bilan uchrashuvlar, o’qituvchining hikoyasi yoki suhbati, kinolardan parchalar, fotosuratlar, ro’znoma va oynomalardan olingan maxsus materiallarni namoyish qilish uchun kompyuter vositalaridan foydalanish; taklif qilingan ishlab chiqarish ta’limi bilan bog’liq kasblar to’g’risidagi hikoyalarni o’qish; mutaxasislar bilan suhbatlar o’tkazish yordamida axborot materiallarini to’plash fotosuratlar, fotoalbomlar ko’rsatish; ishlab chiqarish sharoitida malakali mutaxasislar kasbiy faoliyati to’g’risidagi kinofilmlarni namoyish qilish; bazaviy xo’jalikda ishlab chiqarish tajribasi vaqtida kasblar bilan tanishish.
E.Kasbga yo’naltirish tadbirlarini ro’yobga chiqarish vositalari bo’yicha:
“O’qish uchun qayerga kirish kerak?” ma’lumotnomasini nashr etish, kasblar va kasb-hunar kollejlari haqidagi plakatlar, e’lonlar, reklama varaqalari; mazkur iqtisodiy tumanda mavjud kasblarning qisqacha tavsiflari bo’lgan to’plamlar; “Mehnat yo’lini tanlash”, “Mening kasbim eng yaxshi kasb” mavzusidagi videofilmlar; reklama qilinadigan television filmlar, sexlar, o’quv yurtlaridan olingan televizion reportajlar; kasblar va musobaqa ilg’orlari to’g’risida radioeshittirishlar, kasb-hunar kollejlarida yoshlarning turmush va o’qishi haqida hikoya qiluvchi respublikada va mahalliy ro’znomalarda boshqa maqolalar; shahar kinoteatrlari foyelarida, supermarketlarning vitrinalarida, katta ko’chalarning chorrahalarida kasblarni targ’ib qiluvchi bannerlar va ko’rgazmalar; ko’chalar va maydonlardagi yoshlarni kasb-hunar kollejlariga o’qishga kirishga da’vat etuvchi yorqin bo’yoqli chaqiriqlar.
Maktab kasbga yo’naltirish ishi tizimini tarkib toptirish hali nihoyasiga yetkazilgani yo’q. Kasbga yo’naltirish tizimi tarkibiy tuzilishi kasbga yo’naltirish maqsad va vazifalarini; maktab ta’limi bosqichlari bo’yicha uning mazmunini; bazaviy korxonalar, ota-onalar jamoatchiligi ishtirokida kasbga yo’naltirish ishining yo’nalishlarini; kasbga yo’naltirish tadbirlarini amalga oshirish shakllari, metodlari va vositalarini; muayyan ishchi kasblari bo’yicha unumli mehnatda maktab yoshlari ishtirokining aniq yo’llarini o’z ichiga olishi lozim.Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarni kasbga yo’naltirishni rivojlantirish quyidagicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, bular:
I.Bozor iqtisodiyoti tarmoqlari bilan umumiy tanishtirish.II.Ishlab chiqarish texnikasi, texnologiyasi va iqtisodiyotini o’rganishIII.Kasblarning asosiy guruhlari bilan tanishtirish.IV.Viloyat, tuman xo’jaligi biron tarmog’ining, bazaviy qo’shma korxonaning tanlangan kasbini dastlabki egallash bosqichlaridir.Kasbga yo’naltirish maktab tizimining asosiy tamotillari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:Kasbga yo’naltirish har tomonlama kamol topgan, faol shaxsni shakllantirishga qaratilgan pedagogic jarayonning rejali ravishda amalga oshiriladigan uzviy qismi sifatida;Ijtimoiy ishlab chiqarishning haqiqiy talabi asosida mehnat yo’lini tanlashning shaxsiy vaijtimoiy muammosini to’g’ri hal qilish; Kasbga yo’naltirishning og’zaki metodlarini atrof-tevarakdagi korxonalar yetakchi kasblari asoslarini egallash borasidagi aniq amaliy harakatlar bilan qo’shib olib borish;Maktabdagi barcha darslarda yuqoriga ko’tarilib boruvchi chiziq bo’yicha kasb ta’limi va kasbni targ’ib qilishning pog’onali tuzilishi;Maktab, oila va ishlab chiqarishning birgalikdagi kuch-g’ayratlari bilan ishchi kasblariga qiziqishini tarbiyashning faol metodlari.Na’munaviy dastur talablariga muvofiq har bir o’quv fani bo’yicha darslar mazmunini hisobga olib, kasbga yo’naltirishni sinfdan sinfga rejalashtirish masalalari eng murakkab ishidir.

Download 42.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling