Мавзу: Кaсбгa йўнaлтириш билaн боғлиқ турли жaрaёнлaрнинг моделлaрини ишлaб чиқиш вa унинг тaркибий қисмлaрини aсослaш
Download 19.07 Kb.
|
5-ma\'ruza
5-Mavzu: Kasb tanlashga yo’naltirish ishlari, ularning bosqichlari va o’tkazish metodikasiReja:
Maktab yoshlarni o’z qobiliyatlariga yarasha ongli ravishda aniq maqsadga yo’naltirilgan kasb tanlashga tayyorlashga mas`uldir. Kasbni ongli ravishga yo`naltirish kichik mutaxassis shaxsining shakllanishiga ijobiy ta`sir ko’rsatmoqda. O’rta maktab o’quvchilarining ishchi ixtisosini tanlashlari, o’z mahoratlarini takomillashtirishlari, kasb-hunar kollejlar, institutlar, universitetlar va akademiyalarni o’qib o’z malakalarini oshirishlari ishlab chiqarishning chinakam, mohir ustalari bo’lib etishishlari, ijtimoiy hayotda bozor iqtisodiyoti mehnat jarayonida faol qatnashishlari allaqachon qonuniy tusga kirib qoldi. Biroq o’quvchilarni kasbga yo`naltirish ishi har bir kishining individual sifatlari, qiziqishlari, uning qobiliyat va mayllarini, jamiyat ehtiyojlari, shuningdek, sanoat, qishloq xo’jaligi, bozor iqtisodi barcha sohalarining istiqbolli rivojlanishini hisobga olgandagina samarali bo’lishi mumkin. O’quvchilarda jismoniy mehnat kishilariga nisbatan hurmatni boshdan, muntazam ravishda, maktabdagi barcha ta`lim davomida tarbiyalab borish kerak. O’z o’quvchisi qobiliyatini o’qituvchidan boshqa hech kim yaxshiroq bilmaydi. O’qituvchi o’quvchilardagi ishlab chiqarishga ongli ravishda olib keladigan fazilatlarni rivojlantirishga doir ishlarni. juda ehtiyotkorlik bilan olib borishi lozim. Shu bilan birga, kasbga yo’naltirish bo’yicha ishlarning muvaffaqiyati ishning barcha forma va metodlarining jamuljam bo’lishiga: sinfdagi fanlarga oid darslar, ishlab chiqarish ilg’orlari bilan uchrashuvlar, «Kasb tanlash haqida»gi ma`ruzalar va hokazolarga bog’liq. Maktab bu ishlarni amalga oshirishda o’quvchining ota-onasi, maktab jamoasi va “Kamolot” YOIX tashkilotlari, otaliq korxonalarining jamoat tashkilotlari, shuningdek, birlashgan kasaba kengash organlarining qo’llab-quvvatlashiga tayanmog’i kerak. Kasbga yo’naltirish. O’quvchi Qiziqish, moyillik, qobilyat. Ishlab chiqarish haqida ma’lumot O’qituvchi Dars jarayonida va darsdan tashqaridagi ma`lumotlar Kasbga yo’naltirish ishini amalga oshirishning umumiy tizimida maktab tizimi dastlabki bosqich hisoblanadi. Download 19.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling