Mavzu: Kasbga sadoqat inson omili. Reja
Download 22.15 Kb.
|
Kasbga sadoqat - inson omili Nodi
No''mon Nasimov esa mening tortinchoqligimni ko'rib, ko'p marta nasihat qilganlari yodimda:
— Alinazar, — derdi u kishi. — Hadeb tortinchoqlik qilavermang. Sizni bilmaydigan odam bizni nazarga ilmayapti deb o'ylashi mumkin, — derdi u kishi kuyinib. Shu tortinchoqligim tufayli uch-to'rt bor pand yegan paytlarim ham bo'lgan, — deydi ustoz jilmaygancha. “Sirdaryo haqiqati” gazetasidagi to'rt yillik ijodiy faoliyat uning qalami charxlanishida asosiy omil bo'ldi. Sirdaryoni qadamba-qadam kezib chiqdi. Mirishkor dehqonlar bilan tongotar gurunglar qildi. Eng asosiysi, yozayotgan ob'yektini mukammal o'rgangachgina qo'liga qalam oldi. Keyinchalik O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov tavsiyasi bilan “Toshkent oqshomi” gazetasiga ishga o'tganida sirdaryolik ustozlarning maktabini o'tagani judayam asqotdi. Hatto o'sha paytdagi gazeta bosh muharriri Sa'dulla Karamatov bunday tayyor jurnalist gazetaga doim ham kelavermaydi, deb e'tirof etgan edi. Mazkur gazetadagi o'n to'qqiz yillik ijodiy jarayon tufayli dolzarb mavzudagi ko'plab maqola va ocherklari dunyo yuzini ko'rdi. 1987 yilning o'rtalarida o'sha paytlardagi “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri O'tkir Hoshimov jurnalning publitsistika bo'limi faoliyatini kuchaytirish maqsadida Alinazar Egamnazarov nomzodini ma'qulladi. Uzoq yillik hamkorlik jarayonida hamkasbining halolligi, mas'uliyatni chuqur his qilishi, kasbga sadoqatiga ko'p guvoh bo'lgan adibimiz bu sharafli vazifani hech ikkilanmay unga topshirishga qaror qildi. Jurnaldagi o'n yillik faoliyati davomida yozgan qatag'on qurbonlarining fojiali hayoti haqida hikoya qiluvchi “Surgun” ocherklar to'plami, Antonina Xlebushkina rahbarligidagi Bolalar uyi haqida “Aziz dargoh” qissasi, milliy qadriyatlarga doir “Do'ppidagi dog'” essesi, ikkinchi jahon urushida besh farzandidan ayrilgan Zulfiya aya Zokirova haqidagi “Besh jangchining onasi” kabi ocherk va maqolalari o'quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Poytaxtdagi Respublika Markaziy davlat arxivi, Moskvadagi harbiy-tarixiy arxivda olib borgan izlanishlari natijasida dunyoga kelgan “Siz bilgan Dukchi Eshon” hujjatli qissasi minglab o'quvchilarning qalbini larzaga solgani ham haqiqat. Millat fidoyisi bo'lgan Dukchi eshon fojiasidan ta'sirlangan o'quvchilar tahririyatni xatga ko'mib tashlashgandi. Jurnalda birga ishlaganimiz bois muallifni birinchilar qatori qutlaganmiz. Katta mehnat va fidoyilik samarasi o'laroq dunyoga kelgan bu qimmatli asar haqidagi fikr almashuvlar chog'i ijodkorning aytgan so'zlari kechagiday yodimda. — Odamlarimiz ajdodlarining mardligini bilishi kerak va faxrlanishi lozim. Kamtarona xizmatimga muxlislar e'tibori menga kuch bag'ishladi, — degandi aka minnatdorligini yashirmay. — Ayniqsa, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari bu asar haqida “Hurmatli Alinazar Egamnazarovning “Siz bilgan Dukchi Eshon” kitobini katta qiziqish bilan o'qib chiqdim. Yoshligimizdan buyon eshitib yurgan uzuq-yuluq hikoyalar ta'siridanmi, Dukchi Eshon haqida biror narsa bilishga ko'pdan qiziqishimizga qaramay, bir ilmiy narsa topib o'qishga muyassar bo'lish qiyin edi… Mana, endi birodarimiz Alinazar Egamnazarovning chin dildan ter to'kib qilgan mehnatlari samarasi o'laroq, ajoyib hujjatli bir asar dunyoga kelibdi. Ha, “Siz bilgan Dukchi Eshon” kitobi aniq dalil va hujjatlar asosida qo'shib-chatimay yozilgan ilmiy asar. Unda hech qanday badiiy olib qochishlar, bo'rtirishlar yo'q. Hamma narsa sof ilmiy asosda, ashyoviy dalillar va arxiv hujjatlari bilan isbotlangan. Kitobda asarning bosh qahramoni Dukchi Eshon — Muhammadali Eshon Sobir o'g'li rahmatillohi alayhining tarjimai hollari, ijtimoiy kelib chiqishlari, milliy ozodlik yo'lidagi jihodlari katta aniqlik bilan yoritilgan”, — deya chiroyli fikrlar bildirib, duolar qilganlarini eshitganimda boshimiz ko'kka yetgan, — deydi Alinazar aka. — Bolaligim o'tgan qishlog'imizdagi Zulfiya ayaning jasorati haqida keksalardan xilma-xil hikoyalarni ko'p eshitgan edim. Niyatim katta bir ocherk yozish edi. Aya haqida yozish oldidan uzoq yillar tayyorgarlik ko'rdim. Nihoyat, orzuim amalga oshdi. 1989 yili Zangiota tumani, Xonobod qishlog'ilik Zulfiya ayaning besh farzandi Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgani haqida “Besh jangchining onasi” nomli ocherkim chop etildi. Bu matonatli ayol tog'lar ham ko'tarolmaydigan g'am-g'ussani mardonavor yengib, nabiralarini oyoqqa qo'ygani haqida hikoya qilgandim. Shu ocherk tufayli aya yashagan mahalla va Xonoboddagi maktabga u kishining nomi berilgandi. Afsuski, keyinchalik negadir uning nomi olib tashlandi… Download 22.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling