Mavzu: Kasbiy maslahatning turlari va uning mazmuni
Download 26.61 Kb.
|
19 Kasbiy maslahatning turlari va uning mazmuni
Kasbiy saralashda pedagoglar, psixologlar, fiziologlar, tibbiyot xodimlari va ishlab chiqarish xodimlarning ishtiroki. Turli kasblarning konkret shaxs oldiga qo’yadigan talablari. Haydovchi, muhandis, chilangar, qishloq xo’jalik xodimi, temirchi, kosib va boshqa kasblarning shaxs ruhiyatiga qo’yadigan talablari. Kasbiy saralashda shaxslarning anotomik xususiyatlarini hisobga olish. Ruhiy sifatlarni e‘tiborda tutish haqida ma‘lumot berish. Bosh miya asab tolalarining qo’zg’aluvchanligi va tormozlanuvchanligi haqida tushunchalar berish. Kasbga saralashda shaxs xarakteri, temperamenti va boshqa shaxsiy sifatlarning tutgan o’rni. Kasbga saralashda kasbning shaxsiyatga hamda shaxsiy sifatlarning kasb mohiyatiga ta‘siri masalalari.
Bolalardagi maylni aniqlashda ularning mashg’ulotlari davomiyligi, qancha vaqt barqaror bo’lishini aniqlash muhim ahamiyatga ega. CHunki, ayrim bolalar bir yilda o’z niyatlarini bir necha marta o’zgartiradilar. Qiziqishni - psixologlar nimagadir ehtiyoj tufayli biror predmetga yoki faoliyatga yo’nalish sifatida izohlashadi. Bilimlarga mayl va qiziqishlar turlicha namoyon bo’ladi: faol, sust, chuqur, tor, astoydil, yuzaki. Mayl va qiziqishlar kasb tanlashda juda muhim, ammo yoshlarning mayl va qiziqishlari kasb-hunarlar kabi shu darajada ko’p va turfaki, ularni tanlayotgan kasbga qanchalik o’yg’unligi haqidagi savolga birdaniga javob berish qiyin. Umumiy tarzda yoshlarning nazariy sohalar, amaliy faoliyat, ijtimoiy tashkilotchilik ishlari, sport, turli ko’ngilxushliklarga bo’lgan qiziqish va mayllarni ko’rsatish mumkin. Tabiiyki, bolalarda qanday qiziqish va mayllarni o’rganish va shakllantirish kerak degan savol tug’iladi. Bu savolga javob topish uchun mavjud kasb-hunarlarning, aniqrog’i, har bir bolani qiziqtirgan kasbning kishilardan talab qiladigan jahatlarini yaxshi bilish kerak. Bu talablar mehnat qurollari, turi, maqsadi, faoliyatning shart-sharoitlaridan kelib chiqadi. Jamiyatdagi insoniyat olamida kasb-hunar ko’p bo’lishiga qaramay, ularni mehnat qurollari, ob‘ektlariga ko’ra, besh turga turkumlash mumkin (muqovalarga qarang): 1. Odamlar bilan ishlash ektakchi bo’lgan sohalar – bu turni biz shartli ravishda «Inson+inson» deb belgilaymiz. Bu turdagi kasb egalari asosan insonlar bilan muloqatda bo’ladi, ya‘ni ularning faoliyatida odamlar asosiy o’rinda turadi. Aslida hamma narsa inson uchun qilinadi. Ammo odamlar insoniyatga turli yo’l bilan bevosita va bilvosita xizmat qiladilar. Birinchi turdagi kasblar bevosita xizmat turiga kiradi. 2. Texnik jihozlar, asbob-uskunalar bilan mehnat qilinadigan kasblar «Inson Q texnika». Bu turdagi kasblarga qiziqqan yoshlar fizika, ximiya, elektrotexnika sohalari bo’yicha laboratoriya amaliyotlarini o’tkazishni xush ko’radilar. Har xil modellar tuzish, loyihalash, oilada maishiy texnika asboblarini ta‘mirlashga ishqiboz bo’ladilar. 3. O’smirlar va hayvonot dunyosi bilan bog’liq sohalar. «Inson + tabiat». Bu turdagi kasblarga qiziqqan bolalar tabiat bag’rida bo’lishni sevishadi. Turli jonivorlar boqishni, ekinlarni parvarish qilishni yoqtirishadilar. Botanika, biologiya, zoologiya fanlarini havas bilan o’rganishadi. 4. Belgilar tizimi, turli ramzlar bilan bog’liq sohalar. «Inson + ramzlar». Bu turdagi kasblar ishqibozlari turli hisoblash ishlari, chizmalar chizish, kartografiklar tuzish, obrazlar, ramzlar vositasida mulohaza qilish maylida bo’lishadi. Atrofni ko’zatishni sevishadi, turli tarqoq ma‘lumotlarni bir tartibga keltirishga intilishadi. 5. Badiiy obrazlar bilan ish ko’radigan sohalar. «Inson + badiiy obrazlar». Badiiy obrazlar bilan ish ko’radigan soha ishqibozlari xayolparastroq bo’lishadi. Rasm chizish, turli jihozlash ishlari, raqsni yaxshi ko’radilar. Kasbiy ma‘rifat ta‘limi tizimida mehnat qilayotgan pedagoglar bolalarda ana shu besh turdan qaysi biriga qiziqish yoki mayllari borligini aniqlab, ularni rivojlantirib borishlari kerak. Mayl va qiziqishlarni shakllantirishda sinfdan tashqari ishlar, muzeylar, hayvonot bog’i, botanika bog’i, korxonalarga, tabiat bag’riga sayohatlar uyushtirish ham samarali natijalar beradi. O’quvchilarda kasb-hunarga mayl va qiziqish uyg’otish, ularni shakllantirish hamda o’stirish ota-onalar bilan hamkorlikda olib borilsa kutilgan natijalarga erishish mumkin. Download 26.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling