Mavzu: Kasperskiy, Doctor Web, Norton Antivirus dasturlari, Fayllarni arxivlash. Arxivator dasturlari


Download 468.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi468.38 Kb.
#210473
1   2   3   4   5
Bog'liq
antivirus

2. Doctor Web antivirusi haqida 

 

Windowslar  uchun  Doctor  Web  Bu  programma  32  bitli  Windows  turkumidagi 



operatsion sistemalar uchun mo`ljallangan bo`lib, qisqacha DrWeb32W deb ataladi. 

DrWeb32W  funksional  jihatdan  DOS  ning  DrWeb  antivirusiga  o`xshash.  Lekin 

DrWeb ning 4.0 versiyasidan boshlab antivirus programma ishlashining arxitekturasi 

va  algoritmiga  sezilarli  o`zgartirishlar  kiritilgan.  Bu  esa  o`z  navbatida  yangi 

antiviruslar yaratilishiga asos bo`ldi. DrWeb 4.0 antivirusining asosiy yangiligi modul 

prinsiplarining  qo`llanilganidir,  ya'ni  viruslar  bazasi  alohida  faylda  tashkil  etilgan 

bo`lib,  u  asosiy  programma  ishga  tushgandan  so`ng  qo`shimcha  fayl  sifatida 

yuklanadi.  Natijada  operativ  xotira  yetishmovchiligining  oldi  olinadi.  DrWeb32 

antivirus  programmasida  programma  biror  muhitda  (masalan,  Windows  95/98/NT) 

ishlaydigan qobiq programma va muhitga bog`liq bo`lmagan yadrodan tashkil topadi. 

Programmalarni bunday tashkil etish quyidagi afzalliklarga ega: 

bitta virus bazasining faylidan DOS ning DrWeb programmasi uchun ham, Windows 

95/98/NT, OS/2, Novell Netware uchun ham foydalanish mumkin; 

programmaning  yadrosini  boshqa  qobiq  programmalar  va  amaliy  dasturlarga  ulash 

mumkin; 

qobiq  programmalar,  yadrolar  va  virus  bazalarini  Internet  tarmog`i  orqali  avtomatik 

kengaytirish hamda yangilash imkonini beradi. 

DrWeb32  ning  yana  boshqa  yangiliklaridan  biri  uning  test  qilinadigan  obyektlarni 

ixtiyoriy  diskdagi  kataloglar  ro`yxatidan  (hatto  alohida  fayllarni  ham)  tanlash 

imkoniyatining mavjudligidir. 

DrWeb32  antivirus  programmasini  ishga  tushirganda  (Windows  ning  ish  stolidan, 

PUSK  menysining  quyida  asboblar  panelining,  menyu  bo`limlari  va  bandlarining 

asosiy funksiyalari berilgan. 

Asboblar paneli va funksiyalari 

Zararlangan fayllar ro`yxatini chiqarish holatiga o`tish. 



Tekshiriladigan sohani tanlovchi daraxt holatiga o`tish. 

Virusga tekshirish natijalarining ma'lumotlarini chiqarish. 

Zararlangan fayllar haqidagi ma'lumotlarni saqlovchi ro`yxatni tozalash. 

DrWeb bazasini Internet orqali to`ldirish. 

Antivirus programmaning ishlash parametrlarini o`rnatish. 

Chiqish (ishni tugallash). 

File (Fayl) menysi 

Davolashni boshlash 

Ishni to`xtatish 

ro`yxatni tozalash 

bazani to`ldirish 

ishni tugallash 

View (Ko`rish) menysi 

zararlangan fayllar ro`yxati 

ob’yektni tanlash 

statistika 

Options (Opsiya) menysi 

holat parametrlarini o`zgartirish 

holat parametrlarini saqlash 

holat parametrlarini tiklash 

Help (Yordam) menysi 

mavzular bo`yicha yordam 

programma haqida ma'lumot 

Ko'р turdagi viruslar shunday tuzilganki, kasallangan dasturni ishga tushirganda virus 

kompyuter  xotirasida  doimiy  qoladi  vа  vaqt  -  vaqti  bilan  dasturlarni  kasallaydi  vа 

kompyuterda zararli amallarni bajaradi. 




Virusning  barcha  amallari  yetarlicha  tez  vа  hech  qanday  ma'lumot  e'lon  qilmasdan 

bajariladi.  Shuning  uchun  foydalanuvchi  kompyuterda  qanday  jarayonlar  amalga 

oshayotganligini bilishi qiyin. 

Kompyuterdagi  dasturlarning  kamchilik  qismi  kasallangan  bo'lsa,  virus  borligi 

umuman  bilinmaydi.  Lekin  aniq  vaqt  o'tgandan  so'ng  kompyuterda  qiziq  holatlar 

paydo bo'la boshlaydi. Masalan, ba'zi dasturlar ishlamay qoladi yoki noto'g'ri ishlaydi, 

ekranga  begona  ma'lumotlar  уоki  belgilar  chiqariladi,  kompyuterning  ishlash  tezligi 

sezilarli  darajada pasayadi,  ba'zi  fayllar  buzilib  qoladi.  Bu  paytgacha  kompyuterdagi 

anchagina  dasturlar,  ba'zi  boshqa  turdagi  fayllar  ishdan  chiqadi.  Bundan  tashqari, 

virus disk уоki lokal tarmoq orqali boshqa kompyuterlarga o'tishi ham mumkin. 

Shuning  uchun  virusdan  himoyalanmasa  yoki  yuqishining  oldi  olinmasa,  juda  katta 

noxushliklarga  olib  kelishi  mumkin.  Masalan,  1989  -  yil  amerikalik  student  Morris 

yozgan virus bilan bir necha ming kompyuter, jumladan AQSH mudofaa vazirligining 

kompyuterlari  kasallangan  vа  ishdan  chiqqan.  Oqibatda  virus  muallifi  3  oу 

ozodlikdan mahrum qilinib, unga 270 ming dollar jarima solingan. 

Virus  dasturi  ko'rinmaydigan  bo'lishi  uchun  u  juda  kichik  bo'lishi  kerak.  Shuning 

uchun ham ularning ko'pchiligi assembler tilida yoziladi. 

Viruslarning  paydo  bo'lishiga  dastlabki  mualliflarning  «shumligi»  vа  o'zlari 

tushunmagan  holda  kimnidir  «tuzlashni»  maqsad  qilib  qo'yishlari  sabab  bo'lgan. 

Oqibatning bu darajada yomonlashuvi ularning xayoliga kelmagan bo'lsa kerak. 

Hozirgi  kunda  20000  dan  ortiq  kompyuter  viruslari  kompyuter  tizimlari  vа 

ma'lumotlari ishi uchun asosiy xavfni tashkil etadi. Bunda, asosan, zarar ko'radiganlar 

litsey,  institut,  universitetlar  vа  boshqa  tashkilotlardir.  Bunday  muassasa 

kompyuterlarida  ma'lumotlardan  foydalanish  ochiq  vа  chegarasiz  bo’lganligi  uchun 

viruslarning  qurboni  bo'linadi  vа  katta  moddiy  talafot  ko'riladi.  Shu  bois  kompyuter 

ishini nazoratga olish muhimdir. 

Kompyuter ishini nazoratga olish deganda nima tushuniladi? Unga quyidagilar kiradi: 

 



1) litsenziyasiz dasturiy ta'minotdan foydalanmaslik; 

2) tashqaridan kiritiladigan viruslarning oldini olish; 

3) tizimga sanksiyasiz kiruvchi xakerlarga imkon bermaslik. 

Axborot  vа  dasturlar  xavfsizligini  ta'minlash  uchun  quyidagilar  zarur  bo'ladi: 

birinchidan,  litsenziyalangan  dasturiy  ta'minotni  ishlatish;  ikkinchidan,  tashqi 

tarmoqlarga  ulanishda  filtr  cheklovchilar  o'rnatish  (viruslardan  himoyalanish  vа 

sanksiyasiz foydalanishni cheklash). 

Albatta, bunday himoya vositalari uzluksiz rivojlanib takomillashib bormoqda. 

Kompyuter viruslarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 

diskning yuklanish sektorlarini buzadigan yuklanish viruslari; 

bajariladigan fayllar -соm, ехе, sys, bat fayllarini buzuvchi fауl viruslari; 

diskning  yuklanish  sektori  va  bajariladigan  fayllarni  buzadigan  yuklanish  fayli 

viruslari; 

stels (stelth) – ko'rinmas viruslar; 

Microsoft  Word  muharriri  yordamida  hosil  qilingan  ma'lumotli  fayllarni  yozuvchi  – 

makrobuyruq viruslari. 

Bundan  tashqari  boshqa  turdagi  viruslar  ham  mavjud.  Viruslardan  himoyalanishda 

axborotni  himoya  qilishning  umumiy  vosita1aridan  foydalanish  kifoya  qilmaydi. 

Buning uchun maxsus dasturlardan foydalanish zarur bo'ladi. Вu dasturlarni bir necha 

turga  ajratish  mumkin:  detektorlar  vaksinalar  (immunizatorlar),  doktorlar,  revizorlar 

(fayl  va  disklarning  tizimli  sohalaridagi  o'zgarishlarni  nazorat  qiluvchi  dasturlar), 

doktor  revizorlar  va  filtrlar  (virusdan  himoyalanish  uchun  mo'ljallangan  rezident 

dasturlar. 

Revizor  dasturlar  -dastlab  dastur  va  diskning  tizimli  sohasi  haqidagi  rna'lumot1arni 

xotiraga  oladi,  so'ngra  ularni  dastlabkisi  bilan  solishtiradi.  Mos  kelmagan  hollar 

haqida foydalanuvchiga ma’lum qiladi. Masalan, CRCLIST va CRCTEST dasturlar. 




Doktor  revizorlar  -  revizor  va  doktorning  aralashmasi,  boshqacha  aytganda,  fауl  va 

diskning tizimli sohasidagi o'zgarishlarni nafaqat aniqlaydigan, balki o'zgargan holda 

ularni dastlabki holatga qaytarishi mumkin bo'lgan dasturlardir. 

Filtr  dasturlar  yoki  rezident  dasturlar  kompyuterning  tezkor  xotirasida  rezidentday 

joylanadi  va  viruslar  tomonidan  zararni  ko'paytirish  va  ziyon  yetkazish  maqsadida 

operatsion  tizimga  qilinayotgan  murojaatlarni  ushlab  qolib,  ular  haqida 

foydalanuvchiga  ma’lum  qiladi.  Foydalanuvchi  ushbu  amalni  bajarish  yoki 

bajarmaslikka ko'rsatma beradi. Masalan, Flushot Plus va Antivirus dasturlari. 

Virusga  qarshi  dasturlar  quvvatiga  qarab  bir  necha  turga  bo'linadi.  quyida  eng  ko'p 

tarqalgan  virusga  qarshi  DSAV  2.0  («Dialog-nauka  A.B.»)  kompleksi  va  uning 

tarkibiga quyidagilar kiradi: 

1.  AIDSTEST  –  viruslarni  aniqlash  va  yo'qotish  uchun  mo'ljallangan  virusga  qarshi 

ko'p qirrali dastur (har haftada yangilanib turadi). 

2.  Doctor  WEB  (Dr  Web)  –  yangidan  yaratilgan,  ma’lum  va  noma’lum  viruslarni 

aniqlash  va  yo'qotish  uchun  ishlatiladigan  virusga  qarshi  dastur.  U  arxivlangan  va 

vaksiyalangan  fayllarda  ham  viruslarni  aniqlay  oladi  (har  oyda  o'rtacha  2  marta 

yangilanadi). 

3.  ADINF  –  diskdagi  barcha  o'zgarishlarni  nazorat  qiluvchi,  fdisklarning  virusga 

qarshi  revizor  dasturi  (bir  yilda  bir  necha  marta  yangilanadi).  Diskdagi  barcha 

dasturlarning fizik kamchiliklarini nazorat qiladi. Diskning tizimli sohasini vа fayllar 

holatini eslab qoladi vа qayta yuklashda diskdagi o'zgarishlarni aniqlaydi, agar biror 

xavfli o'zgarishlar aniqlansa, foydalanuvchiga bu haqda xabar beradi. 

4.  ADINF  CURE  MODVLE  –  ADINF  disklar  revizoridagi  davolash  moduli  bo'lib, 

revizor  tomonidan  zararlanganligi  aniqlangan  fayllarni  avtomatik  holatda  tiklaydi 

(yiliga bir necha marta yangilanadi). 

5. SHERIF – qattiq diskdagi  operatsion tizim, dasturlar  va ma'lumotlar faylini 100% 

kafolat bilan himoyalovchi rezident dastur. 



Вu dasturlar asosan MS DOS muhitida ishlatiladi (ularni Windows muhitiga moslash 

ham mumkin). 

Amalda  yuqoridagilarning  bittasidan  foydalanish  maqsadga  muvofiq.  Biror  dasturni 

o'rnatib, uni doimiy ravishda yangilab borilsa, foydaliroq bo'ladi. 

Kompyuterlarga  virus  yuqqanda  (yoki  yuqqanlik  haqida  gumon  bo'lsa)  quyidagi 

qoidalarni esda tutish vа qo'llash lozim: 

1.  Dastlab,  qarshi  kurash  qarorlarini  qabul  qilishga  shoshmaslik  kerak.  O'ylamasdan 

qilingan harakatlar tiklash mumkin bo'lgan fayllarning bir qismni yo'qotishgina emas, 

balki kompyuterni yana qayta kasallantirishga olib kelishi mumkin. 

2.  Virus  o'zining  buzg'unchiligini  davom  ettirmasligi  uchun  kompyuterni  o'chirish 

lozim. 

3.  Kompyuter  kasallanishi  vа  davolash  ko'rinishini  aniqlashga  mo'ljallangan  barcha 

amallarni  yozishdan  himoyalangan  operatsion  tizimli  disk  bilan  kompyuterni  ishga 

tushirish orqaligina bajarish mumkin. 

Free Davolash Foyda Dr.WEB CureIT! - Sharhlar 

Afsuski,  kompyuter  viruslar  kompyuter  tizimlari  va  tarmoq  ma'murlari  bugungi 

foydalanuvchilar  eng  katta  muammolardan  biri  hisoblanadi.  Faqat  bu  emas,  ular  eng 

operatsion tizim yoki tarmoq uchun zararli bo'lishi mumkin, shuning uchun ular endi 

ko'proq  shug'ullanadi  va  shaxsiy  yoki  maxfiy  ma'lumotlarni  o'g'irlash.  maxsus  anti-

virus  paketlar  foydalanishni  himoya,  lekin  ular  tahdid  me'ros  ba'zan  qodir  uchun. 

Shuning uchun, juda ko'p foydalanuvchilar bilan ishlash mumkin ko'chma vositalarni 

ishlatish  afzal  o'rnatilgan  antivirus.  Dr.WEB  CureIT  tomonidan  tan  eng  kuchli  va 

samarali dastur biri!. bu haqda javob bu paketi har qanday tizim va to'la vaqtli brauzer 

sifatida tizimi mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday uchinchi tomon Antivirus 

dasturi huzurida to'g'ri muomala, deb ko'rsatadi. 

 

 



 


DR.WEB  CUREIT!  WINDOWS  7  VA  UNDAN  YUQORI  UCHUN,  VA  MOBIL 

TIZIMLAR UCHUN - BU NIMA? 

Dastur  o'zi  asosiy  paketini  ishlab  chiqilgan  versiyasi  bir  deb  atalmish  ko'chma 

versiyasidir.  Bunday  Android  kabi  har  qanday  Windows  versiyasiga  yoki  mobil  OS, 

shu  jumladan,  har  qanday  tizimida  bo'lishi  mumkin  o'rnating  (yoki  aksincha,  hatto 

o'rnatish va darhol foydalaning). 

To'g'ri, biz farqni ko'rish uchun kerak. Biz ham bir statsionar huzurida o'rnatish holda 

foydalanish  mumkin  ko'chma  yordam  dasturi  haqida  gapiryapsiz  yildan  anti-virus 

brauzer  bo'lib  tutmang,  bunday  narsalar  haqida  Windows,  Android.  Bu  ko'chma 

dasturlar ishga tushirish, bu OS qo'llab-quvvatlamaydi. Shuning uchun, keyingi dastur 

Dr.WEB CureIT! "Android" Shu nuqtai nazardan ko'rib bo'lmaydi. 

DAVOLAGANDAN  FOYDA  DR.WEB  CUREIT:!  YUKLASH  VA  ISHGA 

TUSHIRISH  




Download 468.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling