Mavzu: Kayta moliyalashtirish stavkasi


Download 34.14 Kb.
bet1/5
Sana25.03.2023
Hajmi34.14 Kb.
#1295643
  1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqli ish makro iqt


Mavzu: Kayta moliyalashtirish stavkasi
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qisim

    1. Kayta moliyalashtirish stavkasi tushunchasi.

    2. Kayta moliyalashtirish stavkasi pasayishi va bu nima degani.

    3. Markaziy bank asosiy stavkasi

    4. Kayta moliyalashtirish stavkasi investitsiyaga tasiri.

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish
Qayta moliyalash — Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati vositalaridan biri bo‘lib, u ikkinchi daraja banklarining likvidlik holatini qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltiriladi.
Markaziy bank, O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan olgan, chet el valyutasi, xalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi valyuta boyliklari va boshqa boyliklar, davlat qarz majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari, Markaziy bankda depozitga o‘tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo‘lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan qonun doirasidagi boshqa xil operatsiyalar o‘tkazishi mumkin bo‘lgan aktivlar, to‘lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellari, shuningdek, Moliya vazirligini kafolatiga asoslangan holda banklarga qayta moliyalash kreditlarini beradi.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqadigan aniq maqsadli vazifalarga muvofiq, kreditlarni joylashtirish (sotish) va jalb etish (sotib olish) yo‘li bilan tijorat banklarini qayta moliyalash operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirayotganda Markaziy bank tijorat banklarining kredit potensiali (resurs imkoniyatlari) joriy holatini doimiy kuzatib turadi. Buning uchun u joriy monitoringlar o‘tkazadi, ular vakillik hisobvaraqlarini tahlil qiladi va asosan o‘zi kreditlarni joylashtirish (sotish) va jalb etish (sotib olish) uchun qatnashadigan banklararo kredit bozori — O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi huzuridagi kredit resurslari kimoshdi savdosini kuzatib boradi.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, tijorat banklariga milliy valyutada lombard kreditini berishi mumkin. Lombard krediti qayta moliyalash shakllaridan biri bo‘lib, ushbu kredit Davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini garovga qo‘yish yo‘li orqali beriladi.
Qayta moliyalash kreditlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan 1996-yil 20-apreldagi 41-sonli “O‘zbekiston Respublikasida kredit resurslari kimoshdi savdolarini o‘tkazish tartibi”ga muvofiq joylashtiriladi (sotiladi).
Keyinchalik, qayta moliyalash kreditlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus ko‘rsatmalari bo‘yicha, ularda belgilangan shartlar asosida Markaziy bank hududiy bosh boshqarmalari va tijorat banklari o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Hisob stavkasi, hisob foizi stavkasi, qayta moliyalashtirish stavkasi — markaziy banklarning tijorat banklari rezervlarini toʻldirish va ularning oʻz mijozlariga bank xizmatlari koʻrsatish uchun beradigan kreditlariga belgilaydigan foiz stavkasi; tijorat banklari Markaziy bankdan olgan kredit resurslari uchun toʻlaydigan haq. Hisob stavkasi bozor mexanizmidagi gʻoyat muhim iqtisodiy vosita, davlatning pul siyosatida qoʻllaniladigan kuchli iqtisodiy dastak. Hisob stavkasi pul bozoridagi talabga taʼsir koʻrsatishning asosiy vositasi hisoblanadi. Iqtisodiyotda oʻsishni tezlatish maqsadlarida Hisob stavkasi pasaytiriladi yoki aksincha iqtiso-dnyotda oʻsish jadallashib, tovarlarni sotish qiyinlashganda oʻsishni sekinlashtirish uchun Hisob stavkasi oshiriladi. Hisob stavkasiga pul bozoridagi talabdan tashq-ari kutiladigan inflyatsiya darajasi ham taʼsir koʻrsatadi. Inflyatsiyadan koʻriladigan yoʻqotish Hisob stavkasini oshirish orqali qoplanadi.


Download 34.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling