Mavzu: Kembrij maktabi. A. Marshalning talab va taklif nazariyasi. Reja
Kembridj maktabi a. Marshall ta’limoti
Download 26.53 Kb.
|
000.Kebrij maktabi. A. Marshallning talab va taklif nazariyalari
Kembridj maktabi a. Marshall ta’limoti
A.Marshall (1842-1924) iqtisodiyotda neoklassik (yangi klassik) yo’nalishning yetakchi vakili, marjinalizmning «kembrij maktabi»lideri hisoblanadi. Kembrij universitetida o’qidi, uni tugatdi va shu yerda butun hayoti davomida o’qituvchilik qildi. U siyosiy iqtisod fanidan (1863 yildan to 1908 yilgacha) dars berdi. 1902 yildan boshlab yangi «Ekonomiks» fanini kiritdi va siyosiy iqtisod fani asta-sekin siqib chiqarildi. Marshall marjinalizm g’oyasini musbat ravishda (Jevonsni bilmagan holda) aniqladi. «Ekonomiks printsiplari» (1890) A.Marshallning bosh asari bo’lib, olti jilddan iborat. Bu kitob doim to’ldirib borildi va olim hayoti davomida 8 marta qayta nashr etilgan (ruschaga - «Printsipы ekonomiki» tarjima qilingan). Kitob boshidayoq fanning predmeti to’g’risida fikr yuritiladi. Bu fan inson jamiyatining normal hayot faoliyatini tadqiq qilish bilan shug’ullanadi. Individual va ijtimoiy jarayonlarning farovanlikning moddiy asoslarini yaratish bilan chambarchas bog’liq bo’lgan sohani o’rganadi. Mashhur «Ekonomiks» kitobining muallifi P.Samuelson bu fan predmeti nomi «iqtisodiyot» bo’lib, iqtisod yoki maksimizatsiyani bildiradi. Unda ishlab chiqarish hajmlari optimal bo’lganda, sof foyda maksumumga erishuviga katta e’tibor qaratilgan. Ilk majinalistlarning baho, talab va taklif kabi omillarning funktsional bog’lanish umumlashtiriladi. U xususan, baho pasayishi bilan talab ortishi (baho ortishi bilan talab pasayishi), baho pasayishi bilan taklif pasayishi (baho ortishi bilan taklif ortishi)ni ko’rsatib berdi. Mo’’tadil (muvozanat) baho talab va taklif nuqtalari kesishgan yerda o’rnatiladi (yuqori aytildi). SHularga mos ravishda bozorda baholarning o’zgarishi ro’y beradi. Daromadlar nazariyasida kapitalga foiz, ish haqi marjinalistik hal etiladi. Avvalgi klassiklarning tovar qiymati sarflangan mehnat bilan o’lchanishi qat’iyan rad etiladi. Foiz stavkasi darajasi to’g’risida fikr yuritilib, foiz kamayishi bilan insonlar kam jamg’aradilar (va aksincha) degan xulosa chiqariladi. Bu qoida keyinchalik uning shogirdi J.M.Keyns tomonidan keng foydalanildi (yuqorida berilgan). Xulosa Marshall ko'pincha zamonaviy iqtisodiyotning hurmatli otalaridan biri hisoblanadi. Uning rahbarligida Kembrij universiteti iqtisodiyotni o'rganish bo'yicha dunyoga mashhur markazga aylandi. Uning shogirdlari iqtisodiyotda etakchi shaxslar bo'lishdi, jumladan Gerbert Foksvell, Jon Nevill Keyns (Jon Maynard Keynsning otasi) va Artur Sesil Pigu. Uning eng muhim merosi kelajakda iqtisodchilar uchun hurmatli, akademik va ilmiy asosli kasbni yaratish edi, bu esa XX asrning qolgan qismiga to'g'ri keladi. Uning talab va taklif, narxning egiluvchanligi va hatto iste'molchi profitsiti haqidagi iqtisodiy nazariyalari bugungi kunda ham tirik. Marshall oddiy matematik mulohazalarni izohlar va qo'shimchalar bilan chegaralab, oddiy odam uchun qulay uslubda yozgan. Shunday qilib, uning nashrlari murakkab iqtisodiy tushunchalarni keng kitobxonlar ommasiga olib keldi. Biroq, uning tafsilotlarga bo'lgan diqqati va iqtisodiyotning barcha jabhalarini qamrab olish istagi uning ishlab chiqarish hajmini kamaytirdi va uning ikkinchi jildi Printsiplar hech qachon tugallanmagan. Download 26.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling