Mavzu: Keng polosali tarmoqlar
Keng polosali tarmoq xizmatlari
Download 331.45 Kb.
|
2TTva Tl
Keng polosali tarmoq xizmatlari.Keng polosali abonent kirish tarmoqlari Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlari abonent kirish tarmoqlarini qurish asosiy texnologiyalariga: mavjud mis simli telefon juftliklari; xDSL texnologiyalari; gibrid tolali-koaksial tarmoqlar (HFC); simsiz tarmoqlar (Wi-Fi,Wi-Max, 4G, 5G); optik tolali tarmoqlar (passiv optik texnologiyalar PON)ni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Doimiy takomillashib borayotgan xDSL texnologiyasidan abonent kirish tarmoqlarida foydalanish – bu mis simli juftliklar asosidagi mavjud kabel tizimning o‘tkazish qobiliyatini oshirishning eng sodda va qimmat bo‘lmagan usuli hisoblanadi. Lekin, mavjud kabel tizimida, uzoq masofalarni (6 kmdan ortiq) va mis sim sifatini pastligini hisobga olgan holda 10M/s uzatish tezligini amalga oshirish murakkab va qimmat yechim hisoblanadi. Bunday texnologiyalariga misol qilib: ADSL (Asymmetric Digital Subscriber Line) assimmetrik raqamli abonent liniyasi texnologiyasida 5,5 km masofada joylashgan foydalanuvchilarga ma’lumotlarni uzatish va qabul qilishda , uzatishda (ATS tomonidan)- 8- Mbit/s tezlik va qabul qilishda 64 Kbit/s gacha tezlikni xosil qilish mumkin. IDSL (raqamli abonent liniyasi) texnologiyasi 144 Kbit/s tezlikda ma’lumotlarni dupleks usulda uzatishni ta’minlaydi. IDSL texnologiyasini ADSL dan farqi ma’lumotlarni uzatish cheklanganidadir. NDSL (yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi)texnologiyasi ma’lumotlarni uzatishda simmetrik liniya asosida ko‘rib chiqadi, ya’ni tarmoq orqali foydalanuvchiga va tarmoqdan foydalanuvchiga ma’lumotlarni uzatish tezligi tengdir. NDSL texnologiyasi 3,5 – 4,5 km gacha ma’lumotlarni uzatishi mumkin. SDSL (bir liniyali raqamli abonent liniyasi) bu texnologiya ham NDSL texnologiyaga o‘xshab ma’lumotlarni simmetrik uzatish imkoniyatiga ega. SDSL texnologiyasi boshqa texnologiyalardan 2 ta hususiyati bilan farq qiladi: 1. Bir juftlik o‘ralgan simlardan foydalaniladi. 2. Maksimal ma’lumotlarni uzatish oralig‘i 3 km gacha. VDSL (o‘ta yuqori tezlikli raqamli abonent liniyasi). Bu texnologiya XDSL texnologiyasiga qaraganda tez (yuqori) hisoblanadi. VDSL texnologiyasi bir juft 110 o‘ralgan telefon simlaridan chiqishdagi ma’lumotlarni uzatish oqimi chegarasi 13 dan 52Mbit/s gacha, kirishdagi ma’lumotlarni uzatish oqimi chegarasi 1,5 dan 2,3 Mbit/s gacha uzatishi mumkin. Lekin, bu texnologiyani maksimal uzatish oralig‘i 300 metrdan 1300 metrgacha bo‘ladi. VDSL texnologiyani ADSL dan farqi video uchun so‘rovni va yuqori chastotali TV signallarini uzatishni ta’minlayd Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlariga turli abonentlarni ulash strukturasi Download 331.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling