Tokning xiliga qarab ular o‘zgaruvchan tok stabilizatorlari va o‘zgarmas tok stabilizatorlariga bo‘linadi. Stabilizatorlar parametrik va kompensatsiyalangan stabilizatorlarga bo‘linadi. Tokning xiliga qarab ular o‘zgaruvchan tok stabilizatorlari va o‘zgarmas tok stabilizatorlariga bo‘linadi. Stabilizatorlar parametrik va kompensatsiyalangan stabilizatorlarga bo‘linadi. Kompensatsiyalangan stabilizatorlar manfiy teskari bog‘lanishli yopiq zanjirli avtomatik sistemani tashkil etadi. O‘zgarmas tok stabilizatorlari quyidagicha bo‘linadi: siljituvchi elementning xiliga qarab va siljituvchi elementning ish holatiga qarab (impulsli va chiziqli). Impulsli stabilizatorlar kenglik-impuls modulyatsiyali(KIM) va releli ( ikki pozitsiyali rostlashli) stabilizatorlarga bo’linadi. Kenglik-impulsli modulyasiyali impuls stabilizatorining prinsipial sxemasi Kenglik-impul'sli modulyasiyali impul's stabilizatorining prinsipial sxemasi 1.1-rasmda keltirilgan. Stabilizatorning kuch zanjiri kuch kaliti VT1 tranzistor va LCD filtrdan tashkil topgan. Boshqarish sxemasi kuch kalitini boshqarish impul'slarini shakllantiradi va ularning kengligini boshqaradi. Yordamchi tranzistorlar VT2 va VT3, VT1 tranzistorning baza-emitter o‘tishiga boshqarish sxemasidan keladigan boshqarish signalini o‘tkazishni ta'minlaydi (VT1 tranzistorning baza-emitter o‘tishi boshqarish sxemasi bilan umumiy nuqtaga ega emas). VT3 tranzistorni signal orqali ochilishi VT2 tranzistor kollektor zanjirida tokni vujudga keltiradi va VT2 tranzistor ochiladi. O‘z navbatida VT2 tranzistor ochilishi rostlovchi tranzistor bazasini Ukir manbaning musbat qutbi bilan tutashtiradi va baza tokining ortishi bilan VT1 tranzitor ochiladi signalning 0 sathida VT3, VT2 tranzistor yopiladi, keyin esa VT1 tranzistor ham yopiladi. VT3 tranzistorni signal orqali ochilishi VT2 tranzistor kollektor zanjirida tokni vujudga keltiradi va VT2 tranzistor ochiladi. O‘z navbatida VT2 tranzistor ochilishi rostlovchi tranzistor bazasini Ukir manbaning musbat qutbi bilan tutashtiradi va baza tokining ortishi bilan VT1 tranzitor ochiladi signalning 0 sathida VT3, VT2 tranzistor yopiladi, keyin esa VT1 tranzistor ham yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |